O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Borliq va mavjudlik. 
Atrofimizdagi odam, olam, tabiat, jamiyat, tafakkur
g’oyalar, oy-xayollarimiz barchasi birday mavjuddir, ular turli tarzda va shakllarda 


103 
namoyon bo’lib, hammasi mavjudlik belgisi ostida umumlashib, borliq tushunchasiga 
kiradi. 
Materialistik mazmundagi borliq tushunchasi ta’rifiga faqat obycktiv real olam, 
ongdan tashqaridagi, unga bog’liq bo’lmagan jismoniy mohiyatga ega bo’lgan 
narsalargina kiritiladi. Borliqning ideal, virtual, potensial, abstrakt, ma’naviy 
shakllari bu ta’rifdan lashqarida qoladi. 
Aslida esa, borliq kategoriyasi umumiy abstraksiya bo’lib, mavjudlik belgisi 
bilan barcha narsa va hodisalarni o’ziga qamrab oluvchi o’ta keng tushunchadir. U 
o’ziga nafaqat obektiv reallikni, balki subektiv reallikni ham qamrab oladi. 
Borliq mavjudlik va reallik tushunchalariga qaraganda ham kengroq 
tushunchadir. Mavjudlik — borliqning hozirgi paytda namoyon bo’lib turgan qismi 
bo’lib, o’tgan va mavjud bo’ladigan narsa va hodisalar ham borliq tushunchasiga 
kiradi. Reallik esa, mavjudlikning hammaga ayon bo’lgan, ular tomonidan tan 
olingan qismi. Borliq o’ziga reallikni ham, mavjudlikni ham qamrab oladi. An’anaviy 
falsafiy qarashlarda borliqning uchta sohasi ajratib ko’rsatiladi. Ularga: tabiat 
borlig’i, jamiyat borlig’i, ong borlig’i kiradi. Bular uchun eng umumiy belgi, ularning 
mavjudligidir. 
Shuningdek, falsafiy adabiyotlarda tabiat borlig’i va jamiyat borlig’ining 
quyidagi shakllari ham farqlanadi. Tabiat borlig’i odatda tabiatdagi narsalar (jismlar), 
jarayonlar, holatlar borlig’i sifatida tushuniladi. U ikkiga bo’linadi: azaliy tabiat 
borlig’i (yoki tabiiy tabiat borlig’i, u insondan ilgari va uning ishtirokisiz ham 
mavjud bo’lgan) va odam mehnati bilan ishlab chiqarilgan narsalar borlig’i 
(«ikkinchi tabiat» borlig’i, ya’ni madaniyat). Ikkinchi tabiat borlig’i esa, o’z 
navbatida, quyidagi ko’rinishlarda uchraydi: 

inson borlig’i (insonning narsalar olamidagi borlig’i va odamning o’ziga 
xos bo’lgan insoniy borlig’i); 

ma’naviy borliq (individuallashgan va obektivlashgan ma’naviy borliq); 

sotsial borliq (ayrim odamning tarixiy jarayondagi borlig’i va jamiyat 
borlig’i), u ijtimoiy borliq ham deb ataladi. 


104 
Keyingi yillarda virtual borliq (lot. virtus — ehtimol tutilgan, mumkin bo’lgan; 
realis — haqiqiy, mavjud) — zamonaviy texnika vositalari va informatsion 
kommunikatsiyalar yordamida yaratiladigan va insonga olamni o’ziga xos idrok etish 
va anglash imkonini beradigan sun’iy dunyo shakli haqida ham ko’plab fikrlar 
bildirilmoqda. Borliqning turli kompyuter modellari va elektron borliq uning 
sinonimlaridir. XX asrning 60-yillari oxirida Mayron Kryuger tomonidan «Sun’iy 
borliq» tushunchasi ilmiy muomalaga kiritilgan bo’lsa, Jaron Laner hozirgi kunda 
keng tarqalgan «vertual borliq» atamasini 1989-yilda ilmiy muomalaga kiritgan edi. 
U 1984-yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama 
kompyuterda yaratiladigan muhitda olam, borliq shakllari va insonning mavjudligi 
g’oyasini ifoda etadi. 
Virtual borliqni odamlar yaratadi. Shu bois unda mavjud barcha narsalarning 
manbayi inson ongidir. Binobarin, u obektiv tarzda, ya’ni inson miyasida emas, balki 
kompyuterda mavjud bo’ladi. Inson tomonidan yaratilganidan keyin u inson ongidan 
qat’i nazar yashashda davom etadi, bu ongga har xil ta’sir ko’rsatadi, mazkur ongning 
mazmuniga — bilimlar, emotsiyalar, kayfiyat hamda ongning boshqa unsurlariga 
qarab, har xil idrok etiladi. 
Borliqning moddiy shakli materiya o’ziga barcha jismlarni, hodisalarni, 
jarayonlarni va ularning xususiyatlarini qamrab oladi. Bundan tashqari u tafakkurni 
ham, olamda mavjud bo’lgan barcha aloqadorliklarni va munosabatlarni ham qamrab 
oluvchi umumiy falsafiy tushunchadir. Borliqning moddiy shakliga xos umumiylikni 
axtarishning bir yo’nalishi moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni 
axtarish yo’li bo’lib, yuqorida qayd etganimizdek, substansiyani aniqlash yo’lidir. 
Ikkinchi yo’l esa — moddiy olamning asosiy tarkibiga kiruvchi «qurilish 
elementlarini» — substratni axtarish yo’li. Uchinchi yo’l — hamma narsaning 
vujudga keltiruvchi bosh sababchisini, ota moddani, ya’ni pramateriyani axtarish 
yo’li. Mana shu yo’l haqida maxsus to’xtab o’taylik. 
Moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish falsafada 
materiya haqidagi tasavvurlarning maydonga kelishiga to’g‘ri rivojlanishiga sababchi 
bo’ldi. Materiya tushunchasi moddiy unsurga nisbatan ham, atomga nisbatan ham


105 
pramateriyaga nisbatan ham umumiyroq bolgan tushunchadir. Faylasuflar «Tom 
ma’nodagi materiya faqat fikrning mahsuli va abstraksiyasidir» deb yozishadi. 
Faylasuflar barcha moddiy obektlarga xos xususiyatlarni umumiy tarzda ifodalash 
uchun qo’llaydigan tushuncha materiya deb ataladi. Demak, materiya moddiy 
obektlarga xos eng umumiy tushuncha falsafiy kategoriyadir. 
Borliqning asosida yotuvchi mohiyatni axtarish tarixi ham fanning uzoq 
o’tmishiga borib taqaladi. Masalan, qadimgi Hindislon va Xitoyda, Misr va Bobilda, 
qadimgi O’rta Osiyo va Yunonistonda ba’zi faylasuflar olamning asosida qandaydir 
modda yoki muayyan unsur yotadi, deb hisoblashgan. Ularning ba’zilari bu unsurni 
olov, boshqalari suv yoki havo, ayrimlari esa — tuproqdan iborat deb hisoblashgan. 
Ba’zi bir falsafiy ta’limotlarda csa, olamning asosida — olov, havo, suv va tuproq 
yotadi, barcha narsalar ana shu to’rtta unsurning birikishidan hosil bolgan, deyilgan. 
Olamning asosida yotuvchi substansiyani axtarishning yana bir yo’li 
narsalarning tarkibidagi bolinmas eng kichik unsurni, ya’ni narsalarning tarkibidagi 
umumiy substrat (lotincha substratum — asos ma’nosini anglatadi)ni axtarishdir. 
Bunday yo’nalishga mansub oqimlardan biri atomistik oqim hisoblanadi. Masalan, 
qadimgi Yunon faylasuflari Levkipp, Epikur, Demokrit va Lukretsiylar narsalarning 
va butun olamning asosida eng kichik bolinmas unsurlar atomlar yotadi, ular 
o’zlarining shakli, harakatlanishi va vaznlari bilan bir-birlaridan farq qiladi, deb 
hisoblashgan. 
Albatta bu ta’riflarni bir yoqlama mutlaqlashtirib tushunmaslik lozim. Bu 
ta’riflarda ko’proq sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi mumkin bo’lgan reallik 
nazarda tutilgan. Nimaiki mavjud bo’lsa, ularning hammasi birgalikda siz bilan biz 
mansub bo’lgan dunyoni ifodalaydi. Ammo tabiat, jamiyat va inson tafakkurining 
asosida yotuvchi va ularni birlashtiruvchi shunday bir umumlashtiruvchi tushuncha 
ham borki, u obektiv olamning mazmunini ifoda etadi. Bunday tushuncha haqidagi 
tasavvurlar butun fan tarixi mobaynida rivojlanib kelgan. Dastlab, bu 
umumlashtiruvchi tushuncha, narsalarning asosida nima yotadi, degan nuqtayi 
nazardan kelib chiqib, substansiya (lotincha, substantia — nimaningdir asosida 
yotuvchi mohiyat degan ma’noni beradi) deb ataldi. 


106 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish