Reja: Kirish Spontan nurlanishlar. Majburiy nurlanishlar



Download 497 Kb.
bet1/7
Sana09.07.2022
Hajmi497 Kb.
#761618
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Spontan va majburiy nurlanishlar




Reja:
Kirish
1. Spontan nurlanishlar.
2. Majburiy nurlanishlar.
3. Spektral chiziqlarning kengligi va shakli. Kuchayishning tuyinishi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Atom pastki energetik holatdan yuqori energetik holatga o‘tishi uchun fotonni yutishi kerak. Bunday o‘tish majburiy o‘tish bo‘ladi. Majburiy o‘tishda atomga nurlanish maydoni ta’sir qilishi kerak. Atomga tashqi nurlanish maydoni ta’sir qilmaganda, atom o‘z-o‘zidan yoki spontan ravishda pastki energetik sathdan yuqori energetik sathga o‘tmaydi, chunki bu energiyaning saqlanish qonuniga ziddir. Atomning yuqori energetik sathdan pastki energetik sathga o‘tishi ikki xil bo‘lishi mumkin: birinchisi, majburiy o‘tish, bu o‘tish atomga nisbatan tashqi sabablar ta’sirida bo‘ladi; ikkinchisi, spontan o‘tish, bu o‘tish atomdagi ichki sabablar ta’sirida bo‘ladi.
Atomlar diskret energiyali , , kvant holatlarda bo’la oladilar. Soddalik uchun energiyalari va bo’lgan ikki holatni qaraymiz. Agar atom energiyali turg’un holatda bo’lsa, tashqi ta’sir natijasida (elektr yoki magnit ta’sir, mexanik yoki issiqlik ta’siri, hamda yorug’lik ta’sirida) u majburiy ravishda energiyali holatga o’tadi. Bu holda qo’zg’otuvchi yorug’lik energiyasi yutiladi. Qo’zg’otuvchi yorug’lik nurlanish energiya zichligiga bog’liq holda 1 holatdan 2 holatga o’tish ehtimoligi turlicha bo’ladi.
Ma’lum vaqt oralig’ida 2 holatda bo’lgan atom hech bir ta’sirsiz o’z-o’zidan 1 turg’un holatga o’tadi. Bu o’tishda u = - (4.1) energiyali elektromagnit nurlanish-foton chiqaradi. Tashqi ta’sirsiz o’z-o’zidan bo’lgan yorug’lik nurlanishiga spontan nurlanish deyiladi (12-rasm a, b). Unga tabiiy yorug’lik nur-lanishlari manbalari misol bo’la oladi.
Majburiy (induktsion) o’tish va nurlanishlar
Uyg’ongan 2 holatdagi atomga tashqi ta’sir etsa, u 1 muvozanat holatga qaytadi. Energiyasi va chastotasi qo’zg’otuvchi nur energiyasi va chastotasi
= -
bilan bir xil bo’lgan nurlanish bilan ta’sir etsak, ta’sir etuvchi foton bilan bir xil chastota va energiyali qo’shimcha foton hosil bo’ladi. Bu kabi nurlanishni majburiy (induktsion) nurlanish deyiladi Bu holdagi uyg’ongan 2 holatdan turg’un 1 holatga o’tishda ikki foton ishtirok etadi. Ulardan biri uyg’ongan atomga ta’sir etuvchi 2 holatdan 1 holatga o’tishga majbur etuvchi foton (birlamchi foton), ikkinchisi (ikkilamchi) atomning 2 holatdan 1 holatga o’tishdagi nurlanishidan iborat. Ikkilamchi foton xuddi birlamchi fotonning nusxasi bo’ladi.
Termodinamik muvozanat holatlarda har bir jarayonga unga teskari bo’lgan jarayonni solishtirish mumkin. Ushbu prinsip va energiyani saqlanish qonunini Eynshteyn absolyut qora jism nurlanishi va energiya yutishiga tadbiq etdi.
Muvozanat holatida nurlanish fotonlari to’la ehtimolligi (spontan va induktsion) shu chastotali fotonlarning yutilish ehtimolligiga teng bo’ladi. Buni hisobga olgan Eynshteyn Plank tomonidan issiqlik nurlanishi uchun chiqarilgan (1900 y, absolyut qora jism ravshanligining spektral zichligi) ifodasini induktsion nurlanish uchun keltirib chiqardi.



Download 497 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish