397
amaliyotida qo‘llanilgan badiiy bezaklarning deyarli barcha turlari mavjud: suvalgan
devor ganch naqqoshligi hamda o‘yrnakorligi shular jumlasidandir.
Intererning badiiy bezalishida asosiy ahamiyat devoriy
naqqoshlikka qaratilgan
bo‘lib, bu o‘zbek xonadonini bezatishda muhim jihatlardan hisoblanadi. Ko‘pincha
naqqoshlik ganch o‘ymakorligi bilan muvofiqlikda bajariladi. Ayniqsa, Toshkentda
keng tarqalgan o‘simlik naqshlari — majnuntol, anor, xrizantema butalarining
yoyilgan shoxlarini ko‘plab uchratish mumkin. Bu lavhalar faqatgina bezak emas o‘z
falsafiy ma’nosiga egadir. Masalan, majnuntol — sevgi sog‘inchi, anor — serhosillik,
lola — bahor, gulsafsar osoyishtalik va uzoq umrni anglatgan.
Mustaqillik yillarida shaharsozlik beqiyos o‘zgarishlarga, taraqqiyotga yuz tutdi.
Shaharlarda nafaqat tarixiy obidalar qayta tiklandi,
balki ziyoratgohlar
obodonlashtirildi, qator zamonaviy kasb-hunar kollejlari, maktablar, zavodlar,
fabrikalar, sport maydonlari,
shifoxonalar, mehmonxonalar, istirohat bog‘lari,
xiyobonlar, bozorlar, yo‘llar, ko‘priklar, savdo majmualari, favvoralar,
gulzorlar
barpo etildi.
Ayniqsa keyingi yillarda bu sohada muhim o‘zgarishlar bo‘ldi. Turar-joylarni
takomillashtirish, badiiy loyihasini muhandis, dizayner mutaxassislar yordamida
qulay, chiroyli, shinam bolishiga erishish uchun maxsus loyihalar qabul qilinmoqda.
Zamonaviy shaharsozlik dizaynini takomillashtirish uchun «Davlat arxitektura va
qurilish qo‘mitasi tizimini
tubdan qayta tashkil etish, shaharsozlikning eskirgan
metodologiya va normativlari, kapital qurilishdagi nomutanosiblik va muammolarni
bartaraf etish, Shuningdek, loyiha institutlarining samarasiz faoliyatini qayta ko‘rib
chiqish» taqozo etiladi
22
.
Bugun O’zbekistonning barcha shaharlarida
katta hajmdagi qurilish va
obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Viloyat markazlari Nukus, Andijon, Jizzax,
Namangan, Samarqand, Buxoro, Guliston, Qarshi, Termiz kabi shaharlarni
zamonaviy me’morlik talablari asosida tubdan qayta qurish ishlari amalga
oshirilmoqda. Ana shunday keng ko‘lamli ishlar
natijasida Samarqand shahri
22
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik
qoidasi bo‘lishi kerak. — T.: O’zbekiston, 2017.-В. 22-23
398
jahondagi inson o‘z umri davomida albatta borib ko‘rishi zarur bo‘lgan 50 shaharning
biriga aylandi. Buyuk Britaniyaning «Ekonomist» jurnalida e’lon qilinishicha
Toshkent shahar obodligi va yashash uchun qulayligi jihatidan dunyo reytingida 140
ta shahar orasida 58 o‘rinni egalladi. Bu misollarning barchasi madaniy makonda
dizaynning o‘rni va roli ortib borayotganini ko‘rsatadi. Nafaqat Toshkent, balki butun
O’zbekistonning go‘zalligi dunyoga namoyon qilinmoqda. Bunda funksionallik va
badiiylik, foydalilik va go‘zallik, tejamkorlik va ta’sirchanlik, qulaylik va shinamlik
kabi dizayn paradigmalari madaniy makonni shakllantirishning asosiy omili boladi va
dizaynning insonparvarlik maqsadini namoyon etadi. Bu milliylik va umuminsoniylik
uyg‘unligi, urf-odat va an'analar, tarixiy tajribaga asoslangan holda soglom turmush
tarzi va qulay sharoit yaratib berish, bir so‘z bilan aytganda yurtimizdagi obodlik va
farovonlik bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: