O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Xalifalar al-Mansur
(754-776), 
Horun ar-Rashid
(786-809), 
Ma’mun
(813-
833) hukmronligi davrida hind va yunon adabiyotlaridan qilingan tarjimalarga 
qiziqish ayniqsa kuchaydi, Aristotel, Galen, Gippokrat, Arximed, Yevklid kabi yunon 
faylasuflarining ilmiy merosi о‘rganildi. IX asr boshida Bag‘dodda «Dor ul hikmat» 
«Bilim uyi» tashkil etildi. Bu dargohda xalifalikning turli shaharlaridan taklif 
qilingan olimlar astronomiya, tibbiyot, tarix, geografiya, kimyo, falsafa va boshqa 
fanlarni sinchiklab о‘rgandilar.
IX asrlar boshlangan arab istilosiga qarshi kurash mustaqil davlat qurish va 
xalifalikka qaramlikdan xalos bо‘lish uchun kurashga aylandi. Natijada Markaziy 
Osiyo mо‘g‘ullar istilosini boshdan kechirdi va unga qarshi kurash jarayonida XIII 


39 
asr boshlarida bir necha davlatlar – Tohiriylar, Somoniylar, Saljuqiylar va 
G‘aznaviylar davlatlari paydo bо‘lib, ular keyinchalik tor-mor qilindi.
IX asr boshlarida dastlab Somoniylar davlati vujudga kelgan bо‘lsa, XIII asrning 
20-yillarida Xorazmiylar davlati mо‘g‘ullarning uzluksiz hujumi ostida qoldi. Biroq, 
kо‘p asrlik urushlarga qaramay, Markaziy Osiyoda madaniyat, fan, san’at va adabiyot 
rivojlanishda davom etdi.
Bu davrda al-Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqa 
buyuk allomalar yashab ijod qildilar.
Ular yaratgan asarlar ahamiyatiga kо‘ra о‘sha davrni Markaziy Osiyo uyg‘onish 
davri deb nomlash mumkin. Uyg‘onish davri fani va madaniyatining о‘ziga xos 
xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
1. Barcha odamlarni ma’rifatli qilishga intilish, bu yо‘lda о‘tmish merosidan, va 
qо‘shni mamlakatlarning fan, madaniyat yutuqlaridan foydalanish, tabiiy-falsafiy va 
ijtimoiy fanlarni rivojlantirish; 
2. Tabiatni о‘rganish, tabiiy-ilmiy bilimlarni, oqilonalikka tayanib rivojlantirish, 
aqlning kuchiga ishonish, asosiy e’tiborni haqiqatni bilishga qaratish, haqiqatni inson 
bilimining negizi deb bilish; 
3. 
Insonga 
xos 
tabiiy, 
badiiy, 
ma’naviy fazilatlarini yuksaltirish
insonparvarlikni ulug‘lash, barkamol avlodni tarbiyalashda oliy ma’naviy qonunlarga 
rioya qilish.
4. Universalizm – borliq va ijtimoiy hayotning barcha muammolariga qiziqish 
bu davr madaniyatining muhim jihatlaridir.
Bu davr madaniyati umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishiga xizmat qilgan. 
Savdo-sotiqning rivojlanishi, iqtisodiy aloqalarning kengayishi, xalifalikning turli 
viloyatlari о‘rtasida madaniy qadriyatlar almashinuvi va uning boshqa mamlakatlar 
bilan aloqalarining kuchayishi, tabiiy va madaniy boyliklar, turli xalqlarning 
an’analari, tili va tarixini о‘rganish bilishning eng tо‘g‘ri yо‘llari va usullarini 
yaratish, bilish jarayonining butun apparatini takomillashtirishga bо‘lgan ehtiyojni 
kuchaytirdi. Fanning optika, matematika, astronomiya kabi tarmoqlarining jadal 
rivojlanishi tabiatni chuqur о‘rganish va tadqiqot metodlarini kengaytirishga 


40 
imkoniyat yaratdi. О‘rta asrlarda Sharq falsafasi mifologiya va din qо‘ynidagina 
emas, balki fan qо‘ynida ham rivojlanadi. Sharq olimlari matematika, astronomiya, 
geografiya, tibbiyot, tarix, alximiya sohasida qо‘lga kiritgan yutuqlar ma’lum. Odatda 
tabib, munajjim, sayyoh bо‘lgan Sharq faylasuflari asbtrakt mulohazalardan kо‘ra 
kо‘proq tabiatshunoslik va tajribaga tayanganlar.
Sharq falsafiy tafakkurining yirik namoyandalari orasida о‘rta osiyolik mashhur 
faylasuf, qomuschi-olim, Yaqin va О‘rta Sharqda aristotelizm asoschilaridan biri 
Forobiy, buyuk faylasuf va tabib Ibn Sino (Avitsenna), atoqli astronom, matematik, 
shoir va mutafakkir Umar Xayyom, tabib va faylasuf Ibn Rushd (Averroes) bor.
Forobiy
(870-950) falsafa va tabiiy fanlar tarixiga oid yuzga yaqin asar 
muallifidir. U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan. Bunda mutafakkir 
nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va amaliy (axloq, siyosat) fanlarni farqlagan. 
Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash imkonini beruvchi 
mantiqni birinchi о‘ringa qо‘ygan. Ayni shu sababli faylasuf inson tafakkuriga 
alohida e’tibor bergan. Aynan falsafa insonga borliqning mohiyatini tushunish 
imkonini beradi. Borliq «yagona» va ayni vaqtda «kо‘p»dir. Borliqning mazkur 
holati emanatsiya, ya’ni «yagona» muhitdan borliqning turli muhitlari kelib chiqishi 
mahsulidir. Forobiy asarlarida dunyo bir-biriga kiruvchi tо‘qqiz gumbaz kо‘rinishida 
namoyon bо‘ladi. Bu gumbazlarda ularning Yer atrofida aylanishi sababi hisoblangan 
jonlar yashaydi. Gumbazlar о‘z harakatini dastlabki turtkidan boshlagan. Forobiy 
dunyoning rang-barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va materiya 
haqidagi ta’limotidan foydalangan. U jonning umrboqiyligi haqidagi masalada Platon 
fikriga qо‘shilmagan, chunki uning paydo bо‘lishi va о‘limi tananing paydo bо‘lishi 
va о‘limi bilan bir vaqtda yuz beradi, deb hisoblagan. Ayni shu sababli Forobiyda 
bilish nazariyasi Platondagi kabi xotirlash nazariyasi emas, balki dunyoni sezgi va aql 
birligi sifatida anglab yetish nazariyasidir. Bunda aqlli jon narsalar tabiatini sezgilar 
idrokidan foydalanib anglab yetadi. Narsalarning mohiyati aql bilan anglab yetiladi. 
Bunda aql avvalo mantiqqa tayanishi, lekin sezgi a’zolari beruvchi materialdan 
foydalanishi lozim.


41 
Forobiy borliqning birinchi sababi va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb 
hisoblagan bо‘lsa-da, uning falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini 
yechishga intilish bilan tavsiflanadi. Ayni shu sababli faylasuf borliqning holatlarini, 
uning shakllarini: oddiy elementlar – havo, olov, yer, suvni; shuningdek minerallar, 
о‘simliklar, hayvonlar, inson va osmon jismlarini sinchiklab о‘rganadi. Shu tariqa u 
tashqi dunyoning obyektiv mavjudligiga urg‘u beradi. Forobiyning falsafiy qarashlari 
Sharq falsafasining rivojlanishiga kuchli ta’sir kо‘rsatdi.
Forobiyning gnoseologiyasi tabiatshunoslik, matematika, musiqa, tilshunoslik 
va boshqa fanlar sohasidagi bilimlarga asoslanadi. U tabiat insondan tashqarida va 
unga bog‘liq bо‘lmagan holda mavjuddir, deb hisoblaydi. Farobiy fikricha, obyekt 
subyektga qadar mavjud bо‘lgan. Seziladigan narsalar sezgilardan oldin paydo 
bо‘lganidek, bilish mumkin bо‘lgan narsalar ham bilishdan oldin paydo bо‘lgan.
Forobiy fikricha, inson bilimlarni tashqi dunyodagi hodisalarni bilish jarayonida 
о‘zlashtiradi. Bu jarayon sezish, idrok etish, xotira, tasavvur qilish va eng muhimi – 
mantiqiy mulohaza yuritish, tafakkur kabi usullarni qamrab oladi. Bu vositalar 
yordamida inson fanni о‘rganadi. Forobiy «Fan va san’atning о‘ziga xos 
xususiyatlari» asarida tabiatni bilishning uzluksizligini, bilish – bu bilishdan bilimga, 
sababni bilishdan oqibatni bilishga, hodisani bilishdan mohiyatni bilishga eltuvchi 
yо‘l ekanligini qayd etadi.
Forobiy fikricha, inson paydo bо‘lganidan sо‘ng avvalo «oziqlantiruvchi kuch» 
paydo bо‘ladi, uning yordamida oziqlanish jarayoni yuz beradi. Sо‘ngra sezgi 
organlari paydo bо‘ladi, ular insonga sezish, tasavvur qilish qobiliyatvaxotirani 
beradi. Shundan keyingina inson «orzu kuchi» yordamida bilim va hunarlarni 
о‘zlashtiradi, foydali narsalarni foydasiz narsalardan farqlaydi, о‘z xulq-atvorini 
tartibga soladi. Forobiy insonning barcha kuchlari ma’lum sezgi organlari bilan 
moddiy sabab orqali bog‘lanadi, bu kuchlarning birortasi ham moddiy sababsiz 
mavjud bо‘la olmaydi, deb hisoblaydi.
Forobiy inson ruhining bir tanadan boshqa tanaga о‘tishini qat’iyan rad etadi va 
ruh ham, tana kabi substansiyalarning individual birligidan iborat, deb hisoblaydi. 


42 
Uning fikri noizchil bо‘lgan. Bunday noizchillik Aristotelning bilish nazariyasida 
ham kuzatiladi.
Aristotelga ergashib Forobiy ham ayrim narsalar birlamchi, mavjud 
tushunchalar va g‘oyalar – ikkilamchidir va ular aqlda muayyan narsalarning 
mavhumlashishi natijasida paydo bо‘ladi, deb hisoblaydi. Forobiyning bu g‘oyalari 
universaliyalar va umumiy tushunchalar haqidagi qarashlarida yanada aniqroq 
namoyon bо‘ladi. Universaliyalar mavjud bо‘lgani uchun ham umumiy tushunchalar 
mavjuddir, deb hisoblaydi buyuk mutafakkir.
Bilish bosqichlari о‘rtasidagi farqlarni tushunish Forobiyga bilish yо‘llari 
tо‘g‘risida mulohaza yuritish imkonini beradi. Bilishning fiziklar foydalanuvchi 
birinchi yо‘li sezishdan boshlanishi lozim, chunki tana sezgiga yaqinroqdir. Bu hol 
sezgilar muayyan narsalarni aks ettirishi bilan izohlanadi. Narsalar sezgi organlarida 
aks etgach, jismni va uning yuzasi, chiziqlari va nuqtalarini mavxum о‘rganishga 
о‘tishi lozim. Matematiklar jismning u yoki bu jihatlarini teranroq bilish uchun 
foydalanuvchi bilishning ikkinchi yо‘li mavhumlashtirishdan boshlanishi darkor. 
Bilishni mavxum nuqtadan boshlagan aql muayyan jism bо‘ylab harakatlana 
boshlaydi, mavxum chiziq, yuza, jismni anglaydi va sо‘ngra muayyan jismni 
tushunib yetadi.
Forobiy g‘oyalari nafaqat Sharq fanining, balki G‘arb ijtimoiy-falsafiy 
tafakkurining rivojida ham muhim rol о‘ynadi.

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish