xanafiylik
yangi diniy oqim islom sifatida shakllandi.
36
Islom Arabistonda arablarning sinfiy jamiyatga o’tish va Arab davlatining
tashkil topishi davrida paydo bo’ldi. Ilk islomning bosh yodgorligi bo’lgan Qur’onda
mutlaq yakkaxudolik asosiy aqida bo’lib, arab qabilalarining yagona davlat
hokimiyatiga birlashishini ifodalar edi.
Qur’on
(arabcha qara’a o’qimoq) musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi
bo’lib, ular uni eramizning VII asrida Muhammad s.a.v. payg’ambar tomonidan
yetqazilgan ilohiy vahiy, deb tan oladilar. Bizgacha yetib kelgan ko’rinishda Qur’on
114 suraga (boblar) bo’lingan bo’lib, suralarning uzunidan qisqa tomonga borishi
tartibida tuzilgan. Har bir sura sarlavhaga ega: masalan, «Baqara» («Sigir»),
«Yunus», «Hadid» («Temir»), «Shams» («Quyosh»). Qur’on Muhammad (s.a.v.)
vafotlaridan keyin to’plashga boshlandi. Rivoyat qilishlaricha, uning birinchi rasmiy
matni xalifa Usmon (644-656) davrida tahrirdan chiqqan. O’rta asrlarda muomalada
bo’lgan Qur’onning boshqa nusxalari bizgacha yetib kelmagan. Qur’onning rasmiy
Usmon matni VII asrning boshlarigacha o’zgarishlarga (qisqartirishlar va
qo’shimchalarga) duchor bo’ldi. Unli belgilar unga VII asrning oxirlarida kiritildi.
Qur’on mazmuni xilma-xil bo’lib, undagi materiallarni quyidagi guruhlarga
bo’lish mumkin:
1) afsungarlik (shemanlik) o’qishlari; 2) narigi dunyo, ya’ni oxirat; 3) qadimgi
arablar og’zaki ijodi; 4) yahudiylik va xristianlikning mazhabiy aqidalari va
afsonalar; 5) huquqiy meyorlar. Bu materiallarning barchasi Qur’onda tizimga
solinmagan holda joylashtirilgan. Qur’on xususiy mulkni saqlash va qo’riqlashga
alohida diqqat-e’tibor qaratadi. Shuning uchun Qur’onda mulkni merosga olish,
vasiylik va boshqalar haqida aniq ko’rsatmalar bor. Mulkiy va ijtimoiy tengsizlikni
(jumladan, qullikni) Qur’on Alloh tomonidan o’rnatilgan tartib hisoblaydi.
Qur’on va Muhammad (s.a.v.) payg’ambar hadislari amriga ko’ra, insonlar
o’rtasida haqiqiy va adolatli munosabatlar o’rnatishning asosiy va zaruriy sharti
tinchlikdir. Bundan tashqari, haqiqiy musulmon bu hamma vaqt adolat uchun
murosasiz ravishda dadil kurashadigan kurashchidir. Ammo buning uchun, uning dini
bu oliy tushunchaga qanday ma’no sig’dirganligini bilish uchun, uning o’zi yetarli
darajada yaxshi bilimlar bilan qurollangan bo’lmog’i lozim. Masalan, u shuni
37
bilmog’i lozimki, ijtimoiy adolat ostida islom odamlar orasida qandaydir majhul va
mutlaq tenglikni emas, balki hayotning barcha muhim sohalarida, ya’ni ijtimoiy
foydali mehnat, ta’lim-tarbiya olish, ijtimoiy himoyalanish, tibbiy yordamdan
foydalanish va boshqa ijtimoiy xizmatlar boyicha barcha uchun teng imkoniyatlar
yaratishni ko’zda tutadi. Odilona yo’l tutgan xalifalar davri umumiy tarzda ana
shunday alomatlar bilan belgilangan edi. Ma’lumki, xalifa Umar ibn al-Xattob Islom
amr qilgan kishilar jamoasi hayot tarzidagi axloqiy munosabatlarning asosiy
meyorlarini hayotga tatbiq qilishda ayniqsa mashhur bo’lgan edi. U hech
ikkilanmasdan qudratmand va boy kishilar adolatsizlik qilganda ojizlar tomonini olar
edi. Muhammad (s.a.v.) payg’ambarning ko’plab boshqa sahobalari ham bunday
mustahkam qoidalarga tayanar va unga rioya etar edilar.
Qur’onga qo’shimcha sifatida Muhammad (s.a.v) payg’ambarga nisbat
beriladigan, u kishining hatti-harakatlari va hukmlarini hikoya qiluvchi juda ko’p
xadislardan iborat
sunna
(musulmoncha muqaddas rivoyatlar) vujudga keltirildi.
Sunnada xalifatdagi qarama-qarshi ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy kurash, hamda
islomga boshqa dinlar va qadimgi ellinistik falsafiy tizimlar ta’siri o’z aksini topgan.
Ma’lumki, Qur’on islom qonunchiligining asosidir. Hadislar esa, uning
murakkab joylarini qisqacha tushuntirib, yangi qirralarini ochib, umumiy joylarini
muayyanlashtirib, uni to’ldiradi. Hadislar Muhammad (s.a.v.) nasihatlari ham bo’lib,
musulmonlarni hayotning barcha sohalariga yo’naltiradi. U kishi shunday degan:
«Men sizlarga ikki narsani qoldirdim, agar sizlar uni mahkam ushlasangizlar, hech
qachon adashmaysizlar, bu -Qur’on va mening sunnatimdir»
3
.
Muhammad (s.a.v) payg’ambarning birinchi sahobalaridan boshlab, haqiqiy
musulmonlar hamma vaqt u kishining rivoyatlari va aytganlari haqida ishonchli
bilimga ega bo’lishga va uni o’rganishga alohida e’tibor berdilar. Ularni esda saqlab,
ehtiyotkorlik bilan boshqa odamlarga yetkazishga harakat qildilar. Muhammad
(s.a.v.) hayotlari vaqtida
islom shariatining
asosi Qur’on va u kishining o’zlarining
namunaviy hayoti sunna edi. Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan keyin islomning juda
tez va keng tarqalishi diniy ilmlar qonun-qoidalarini rivojlantirishni dolzarb
3
Falsafa. Darslik. M.Axmedova umumiy tahriri ostida. T.: O’FMJ, 2006. 339 b
38
zaruriyatga aylantirdi. Bu maqsadda juda tezlik bilan turli-tuman joylarda ko’plab
markazlar shakllana boshladi.
Hadislar ishonchli deb faqat shundagina tan olinishi mumkin ediki, uni rivoyat
qiluvchilar zanjirining barcha bo’g’inlari aniqlangan bo’lsa, hadislar to’plamining
eng ishonchlisini bizning vatandoshimiz imom va al-Buxoriy yozgan. U kishi
hadislarni fiqh boyicha, unga muvofiq keladigan boblarga bo’lib, joy-joyiga qoyib
tasnif qildi. Shunday usuldan imom Muslim ham foydalandi. Keyinchalik ularning
har ikkisi izidan mashhur muhaddislar Abu Dovud, An-Nasam, at-Termiziy va Ibn
Mojalar bordilar.
Olimlar bu olti muhaddis to’plamlariga katta e’tibor berib, ularni talqin va
sharhlash bilan shug’ullandilar. Hijriy uchinchi asr (X asr) hadislar to’plash tarixida
oltin davr hisoblanadi. Hadis ilmi taraqqiyotining ana shu noyob, sermahsul
davridagina yuqorida aytilgan olti buyuk muhaddis va ko’plab boshqa olimlarning
asarlari o’zining butun go’zalligini namoyon qildi. Bu ajoyib islom fidokorlari
zumrasi o’zlarining asarlarida Payg’ambar hadislarining mutlaq ko’pchiligini qamrab
olib, keyingi keladigan butun musulmon avlodlariga rivoyatlarning ishonchliligini
o’rganishda mustahkam asos soldilar.
Markaziy Osiyo – sivilizatsiyaning qadimgi о‘choqlaridan biri. VIII-IX asrlarda
markaziy Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Bu davrda xalifalik markazlari –
Bag‘dod va Damashqda madaniyat va fan ravnaq topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |