Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi



Download 3,84 Mb.
bet12/29
Sana04.10.2022
Hajmi3,84 Mb.
#851275
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
Эшчанов Эркабай Ускинович.2.BMI

Molibden va uning biologik roli.
Моlibden essensial (hayot uchun muhim) mikroelement hisoblanadi.Uning katta yoshdagi odam organizmidagi miqdori taxminan 5 mg ni tashkil qiladi, jigar va buyrakda uning konsentratsiyasi eng koʻp boʻladi.
Моlibden antioksidlovchilar, jumladan vitamin C ning yanada effetivroq ishlashiga koʻmaklashadi.
U toʻqimalar nafas olish sistemasining muhim komponentidir. Aminokislotalar sintezini kuchaytiradi, azot yig‘ilishini yaxshilaydi.
Моlibden bir qator fermentlarni faollashtiradi, jumladan flavoproteinlarni, purin almashinuviga ta’sir koʻrsatadi, siydik kislota almashinuvini va uning organizmdan chiqib ketishini tezlashtiradi.
Моlibden gemoglobin sintezida, yog‘ kislotalar, uglevodlar va ba’zi vitaminlar А, В1, В2, B3, Е almashinuvida ishtirok etadi.
Моlibdenning sutkalik ehtiyoji 0,05–0,07 mg.
Molibden oksidlanish darajalari +4, +5, +6 va koordinatsion sonlari 4, 5, 6, 8 ga teng boʻlgan kompleks birikmalarni hosil qiladi. Shu sababli Mo ning biologik ta’siri turli-tumandir. Aynan Mo dukkakli oʻsimliklarning atmosfera azotini oʻzlashtirishga imkon beradi. Hayvonlar organizmida Mo oksidlanish-qaytarilish fermentlari tarkibiga kirib (6-jadval), ular (masalan, ksantinoksidaza, 9-rasm) purinlar almashinuvi va O2 ni koʻchirishda ishtirok etadi.

9-rasm. Ksantinoksidaza
Tuproqda Mo miqdori koʻpayganda u organizmda toʻplanadi hamda ksantinoksidazaning faollanishiga va siydik kislota miqdorining ortiqcha sintezlanishiga olib keladi. Buning natijasida shu kislotaning kalsiyli tuzlari – uratlar hosil boʻlib, ular suyaklarda toʻplanadi. Mo saqlovchi fermentlar odatda kichikroq molekulalarning oksidlanishi va qaytarilishida katalizatorlik vazifasini bajaradi, masalan, SO32–, AsO2 , ksantin, aldegidlar, CO ning oksidlanishi yoki NO3, DMCO ning qaytarilishi. Bu fermentlarning yetishmovchiligi jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi. Mo saqlovchi fermentning koordinatsion qismi odatda tiolatli guruhlar, sistein qoldiqlari, donorli O atomlarini saqlagan ligandlardan shakllanadi.

10-rasm. Mo ga boy oziq-ovqat mahsulotlari
Molibden yetishmovchiligi sabablariga notoʻri ovqatlanish, volfram miqdorining ortishi, modda almasinuvi buzilishi kiradi.
Molibden yetishmovchiligi oqibatlariga molibden tutuvchi fermentlar aktivligining pasayishi, kechki koʻrishning yomonlashuvi, yurak tezlashishi, oshqozon raki rivojlanishining xavfi oshishini misol qilib keltirish mumkin.
Molibden ortiqchaligi sabablarini ovqat yoki dori vositalar orqali organizmga koʻp miqdorda kiritilishi, ishlab chiqarishda molibden bilan zaharlanish, ovqat ratsionda mis defitsitligi bilan bogʻlash mumkin.
Molibden ortiqchaligi oqibatlari sifatida ich ketishi, befarzandlilik, oʻsishning kechikishi, bolalarning tugʻilish vaqtida vaznining kichikligi, podagra, qonning kamayishi qaraladi.

Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish