Kladosporum (Cladsporium)
- turli xil: dumaloq, ovalsimon, silindr va boshqa
shakldagi shoxlangan konidiya tanachalarida joylashgan konidiyalar hosil qiladi.
Konidiyalar aksariyat hollarda ikki hujayrali bo‘ladi. Kladisporium zamburug‘i sovuq
xonalarda saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini buzilishini keltirib chiqaradi.
Achitqilar
Achitqilar tabiatda keng tarqalgan, bir hujayrali harakatlanmaydigan organizm. Ular
tuproqda, mevalarda ayniqsa pishib ketganlarida, o‘simliklar barglarida uchraydi. Ko‘p
achitqilar xo‘jalikda va sanoatda ishlatiladi. Achitqilarning texnik ahamiyati ularning
qandni etil spirtiga va gazga (CO
2
) aylantirib berish qobiliyatiga asoslanganligidadir. Bu
bilan bog‘langan holda qadimdan ular
Do'stlaringiz bilan baham: |