Oidium (Oidiumj)
- shoxlangan oq mitseliy ko‘rinishida o‘sadi, gifalari esa
oidilarga bo‘linadi. Sut mog‘ori, oidiumning bir turi bo‘lib, barxasimon g‘ubor shaklida sut
mahsulotlari yuzasida: qaymoq, tvorog, sariyog‘ va boshqalarda rivojlanadi.
Moniliya (Monilia)
- konidiya tanachalari yuk, konidiyalar oddiy yoki shoxlanuvchi
zanjirlar sifatida birikadilar va mitseliyning kalta o‘simtalarida hosil bo‘ladilar. Moniliya
zamburug‘lari mevalarni buzilishini chaqiradi.
Foma (Foma) -
piknidalarda kalta konidiya tanachalari hosil qiladi, konidiyalar
rangsiz va bir hujayralidir. Bu guruhning ko‘pchilik guruhlari tekinxo‘rlardir, ko‘pchilik
sabzavotlarni saqlash davrida buzilishini chaqiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |