Bog'liq oziq-ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi
5. Bazidiomitsetlar (Qav1yoyushuse1ev). Bazidiomitsetlar zamburug‘larning yuqori
taraqqiy etgan guruhi hisoblanadi. Ko‘p hujayrali mitseliysi bo‘lib, jinsiy ko‘payishda
bazidiosporalari mavjud bazidiyalar xizmat qiladi. Bir hujayrali bazidiyalarda to‘rtta kalta
o‘simtalar - sterigmalarda bir donadan bazidiosporalar joylashgan bo‘ladi. Ularning
zigotasi kattalashib, tog‘nog‘ichsimon hujayra bazidiyani hosil qiladi. Bazidiyalarning
yuqori uchida ingichka o‘simtalar-sterigmalar paydo bo‘lib, yadrolar esa ularga o‘tadi.
Voyaga etgan bazidiya ichida 4 ta bazidiospora mavjud. Bazidiomitsetlardagi sporalarning
ajralishi juda ajoyib kechadi. Bazidiospora yetilganidan keyin bazidiyaga o‘rnashgan
nuqtada kichik suyuqlik tomchisi hosil bo‘ladi bu tomchi juda tez kattalashadi va
sporaning 1/5 o‘lchamiga yetgach to‘xtaydi, so‘ngra birdaniga spora tomchisi bilan birga
bazidiyadan otilib ketadi. Ularning keng tarqalgan vakillari shlyapali zamburug‘lardir.
Yerning ustida shlyapali zamburug‘larning uncha katta bo‘lmagan qismi bazidiyadan
iborat meva tanasi ko‘rinadi xolos. Zamburug‘larning vegetativ qismi to‘la tuproqqa
yashiringan yumshoq mitseliydan iborat bo‘lib, bir necha metrgacha tarqalgan bo‘ladi.
Plastinkali zamburug‘larning meva tanasi oyoqchada joylashgan shlyapadan iborat, u esa
zich taxlangan gifalardan tashkil topgan. Shlyapaning ostki tomonida radial plastinkalardan
iborat va ularning har biri minglab bazidiya tutadi. Bazidiyalar havo bo‘shlotiga chiqariladi
va
shamol
yordamida
yerga
tushadi.
Shlyapali
zamburug‘lar
yetilganda
bazidiyasporalarning juda katta miqdori ajraladi.
Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida iste‘mol qilinadigan shampinyonlar,
veshenoklar va boshqa zamburug‘larni sanoat miqyosida ko‘paytirish avj olmoqda.
Fermentlarning chuqur sharoitida zamburug‘lar mitseliysini olish usullari ishlab
chiqilmoqda.
Bazidiomitsetlarga bo‘qoq (trutovqe) zamburug‘lar ham kiradi. Bu zamburug‘lar
asosan daraxtlarda o‘sadi va yog‘ochni parchalaydi. Daraxtlarda bo‘qoq zamburug‘larining
mitseliysi ularning asos qismida o‘sadi, daraxt tashqarisiga zamburug‘larning meva tanasi
chiqadi. Bunday meva tanalarining ostida bazidiosporalardan iborat bazidiyalar joylashgan.
Ko‘pchilik bo‘qoq zamburug‘lar binolarning yog‘ochli qismini tuproqqa yakin
joylashgan yerlarini, omborlarni, bino yerto‘lalarini yog‘och qismlarini, bochkalarni va
boshqa predmetlarni zararlaganligi uchun uy zamburug‘lari deb ham ataladi. Ularning
orasida kuchli zarar yetkazgani uy zamburug‘idir. Yog‘och tez yumshaydi va chiriydi.
Yuqori namlikda bu jarayon tez o‘tadi, chunki zamburug‘ mitseliysini daraxtning
zararlanmagan qismiga o‘tkazishga amalga oshiradigan uzun qayishlar hosil qiladi. Uy
zamburug‘lari juda katta iqtisodiy zarar yetkazganligi uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Ayrim bazidiomitsetlar ko‘p hujayrali bazidiyalar hosil qiladi. Ko‘p hujayrali
bazidiya tutuvchi bazidiyali zamburug‘larga dala, poliz va bog‘
ekinlariga zarar
yetkazuvchi tekinxo‘r zamburug‘lar kiradi. Ular meva tanalari hosil qilmaydi. Iqtisodiy
jihatdan katta zarar yetkazganlari qorakuya va zang zamburug‘laridir.