Qayta ishlangan sut mahsulotlari mikrobiologiyasi.
Hozirda barcha sut
mahsulotlari pasterizatsiyalangan sutdan ishlab chiqariladi. Lekin ba‘zi bir sut
mahsulotlarini mikroorganizmlarsiz ishlab chiqarib bo‘lmaydi. Ularga nordon sariyoq,
nordon sut mahsulotlari va barcha pishloq navlari kiradi. Shuning uchun yuqorida
keltirilgan mahsulotlar doimo eng toza kislota bakteriyalarining tomizg‘isidan olinadi. Bu
usul bilan mahsulotlarning standart talabiga javob beradi, va tasodifiy mikroflora
ko‘payishining oldini oladi. U yoki bu nordon sut mahsulotlari tomizgisini olish uchun bir
yoki undan ortiq turdagi mikroorganizmlardan foydalaniladi. Bu tomizgilar mahsulotga
maxsus ta‘m va hid beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |