91
chiqariladi. Antitana ishlab chiqarilishini keltirib chiqaradigan hamma moddalar antigenlar
deyiladi.
Antitananing mikrob va antigenlar bilan o‘zaro ta‘sirlanish reaksiyasi turli xil sodir
bo‘lishi mumkin. Masalan, bakteriolizin bakteriyalar lizisini, agglyatininlar mikrob
hujayrasining bir-biriga yopishib qolishini, antitoksinlar toksinlarning neytrallashini
keltirib chiqaradi.
Antitana va antigen orasidagi reaksiya yuqori sezgirlikka va spetsifik xarakterga ega,
ya‘ni ma‘lum antitana faqat uni organizm tomonidan ishlab chiqarilishini qo‘zg‘atgan
antigen bilan ta‘sirlashadi.
Makroorganizm mudofaasida tananing doimiy va normal mikroflorasi ham katta
ahamiyatga ega. Mikrofloraning ko‘pgina vakillari patogen mikroorganizmlarga nisbatan
antagonistik va antibiotik xususiyatga ega. Markaziy nerv sistemasi ham juda katta o‘rin
tutadi. U organizm fiziologik funksiyalarining kordinatori va boshqaruvchisi (shu
jumladan, fagotsitoz jarayonini boshqaruvchi va antitanalar ishlab chiqarishni yo‘lga
qo‘yuvchi) bo‘lib xizmat qiladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan organizm xususiyatlari mudofaaning nospetsifik
chidamliligini belgilaydi.
Immunitet tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi. Tug‘ma immunitet – organizmning ma‘lum
patogenlarga chalinmaslik qobiliyati bo‘lib, u avloddan avlodga ko‘chiriladi va ma‘lum bir
turlarga xos bo‘ladi. Masalan, odamlarning hayvonlar ayrim kasalliklariga chalinmasligi va
aksincha.
Orttirilgan immunitet yuqumli kasallik bilan kasallanib sog‘aygandan so‘ng hosil
bo‘lgan tabiiy va organizmga spetsifik biopreparatlar – vaksina va zardoblar – kiritilishi
natijasida hosil bo‘lgan sun‘iy immunitetlarga bo‘linadi.
Sun‘iy immunizatsiya organizmga saqlovchi emlash deb nomlanuvchi virulentligi
susaytirilgan tirik mikrob yoki o‘ldirilgan patogen mikrob va zararsizlantirilgan toksin
anatoksin)dan iborat preparat kiritish bilan amalga oshiriladi. Makroorganizmda sun‘iy
ravishda chalinmaslikni keltirib chiqaruvchi turli emlash materiallari vaksinalar deyiladi.
Vaksina bilan organizmga ishlov berish vaksinatsiya (immunizatsiya) deyiladi. Bu
tibbiyotda va veterenariyada kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblarga kurashda qo‘llaniladigan
eng asosiy usullardan biridir.
Vaksinalar qo‘llash natijasida yuzaga kelgan orttirilgan sun‘iy immunitet faol
immunitet deyiladi. Chunki vaksina kiritilganda patogen mikroorganizm va uning
toksinlariga qarshi kurashga yo‘naltirilgan organizmning mudofaa kuchi va funksiyasi faol
ravishda qayta quriladi, ko‘p miqdorda antitana ishlab chiqariladi, fagotsitar faolligi
kuchayadi.
Organizmga mudofaa qilish tayyor moddalari (antitana) zardob shaklida
kiritilishidan hosil bo‘lgan orttirilgan immunitet passiv immunitet deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: