O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`ona politexnika instituti


Foydani maksimallashtirish va raqobatli firmalarning taklif egri chizig`i



Download 1,47 Mb.
bet4/11
Sana09.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#763239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Raqobatlashgan bozor

3. Foydani maksimallashtirish va raqobatli firmalarning taklif egri chizig`i.
Raqobatli firmalarning maqsadi foydani maksimallashtirishidir, bu esa umumiy daromaddan umumiy xarajatlarni ayirib tashlanishiga tengdir. Firmalarning taklifi qarorini tahlil qilishni 2 jadval bilan boshlasak. Jadvalning birinchi ustunida A firma ishlab chiqargan sut miqdorlarining ma`lumotlari berilgan. Ikkinchi ustun firmaning umumiy daromadini ifodalasa, ya`ni 1 litr sut $ narxini miqdor ko`paytmasiga teng, uchinsi ustun firmaning umumiy xarajatini ko`rsatadi. Umumiy xarajat doimiy xarajatlarni o`z ichiga olib, u 3$ deb belgilangan, o`zgaruvchan xarajatlar esa mahsulotning miqdoriga bog`liq. To`rtinchi ustunda firmaning foydasi ko`rsatilgan, bu umumiy daromaddan umumiy xarajatlarni ayirish orqali hisoblangan. Agar firma hech narsa ishlab chiqarmasa, u 3$ yo`qotadi. Agar firma bir litr sut ishlab chiqarsa, uning foydasi 1$, agar ikki litr ishlab chiqarsa, 4 $ foyda qiladi. Sababi, A firmaning maqsadi foydani maksimallashtirishdir. Misolga ko`ra, firma to`rt yoki besh litr sut ishlab chiqarsa, uning foydasi 7$ ga chiqib, foyda maksimallashadi. A firmaning qaroriga boshqacha nazar bilan ham qarash mumkin: A firma foydani maksimallashtirish imkoniyatini beruvchi miqdorini ishlab chiqarilgan mahsulotning chekli xarajatlarini chekli daromad bilan solishtirish orqali topishi mumkin. 2 jadvaldagi 5 chi va 6 chi ustunlarda umumiy daromad va umumiy xarajatlar hamda mahsulot miqdorlari o`zgarishi natijasida hisoblab chiqarilgan chekli daromad va chekli xarajatlarni va oxirgi ustun har bir qo`shimcha ishlab chiqarilgan miqdor uchun foydani ko`rsatib beradi. Firma ishlab chiqargan birinchi litr sutning chekli daromadi 6 $, chekli xarajatlari esa 2 $dir. Shu sababli 1 litr sut ishlab chiqarishning foydasi 4 $ga (-3$ dan 1$ gacha) oshadi. Ikkinchi litr sutning chekli daromadi 6 $, chekli xarajatlari esa 3 $dir. Bunda 1 litr sut ishlab chiqrishning foydasi 3$ ga (1$ dan 4$ gacha ) oshadi. A firma sut ishlab chiqarishni 5 litrga yetkazsa, vaziyat o`zgaradi. Oltinchi litrning chekli daromadi 6 $, chekli xarajatlari esa 7 $dir. Shu sababdan ishlab chiqarish foydani 1 $ (7$ dan 6$ gacha) kamaytirishi mumkin. Natijada A firma 5 litrdan ortiq sut ishlab chiqara olmaydi. Agar chekli daromad chekli xarajatlardan yuqori bo`lsa, firma yana sut ishlab chiqargani ma'qul, bu ularga foyda keltiradi. Agar chekli daromad chekli xarajatlardan past bo`lsa, mahsulot ishlab chiqarmagani ma'qul. Agar A firma yaxshilab o`ylab cheklilik tamoyillarga asoslangan holda mahsulotni ishlab chiqarsa ular foydani maksimallashtirgan bo`ladi.

Tahlilimizni davom ettirib, 1-rasmdagi xarajatlar egri chizig`ini ko`rib chiqamiz. Ular uchta asosiy xususiyatga ega: chekli xarajatlar egri chizig`i yuqoriga qarab ko`tariladi. Umumiy o`rtacha xarajatlar esa U shakliga ega bo`ladi. va chekli xarajatlar egri chizigi umumiy o`rtacha xarajatlarning eng oxirgi minimum nuqtasida tutashadi. Shuningdek, diagrammada bozor narxi gorizontal chiziq bilan ko`rsatilgan. Uning o`rtacha va chekli daromadlariga mos keladi. Boshqacha so`z bilan aytganda, narx firma ishlab chiqarmoqchi mahsulot miqdoriga bog`liq emas. Narx chizig`i gorizontaldir, chunki firma narxni qabul qiluvchi hisoblanadi. Firmaning ishlab chiqarish hajmidan qat'iy nazar narx bir xil bo`ladi. Shuni esdan chiqarmangki, raqobatli firmaning o`rtacha va chekli xarajatlari kabi narxlari ham tengdir. 1-rasmdan biz daromadni maksimallashtiradigan mahsulot miqdorini topish uchun foydalanamiz. Tasavvur qiling, firmaning ishlab chiqargan mahsulotlari soni Q1. Ishlab chiqarishning bu darajasida chekli daromad chekli xarajatlardan ko`p bo`ladi. Ya'ni, agar firma ishlab chiqarish miqdorini bir birlikka ko`paytirsa, qo`shimcha daromad qo`shimcha xarajatlardan ustun bo`ladi. Foyda, ya'ni umumiy daromaddan umumiy xarajatlarni ayirib tashlanishiga teng bo`ladi va u o`sib boradi. Bu jadvalda chekli xarajatlarning egri chizig`i, o`rtacha umumiy xarajatlar, o`rtacha o`zgaruvchan xarajat egri chizig`i ko`rsatilgan.

Bu rasm chekli xarajatlar egri chizig`i (MC), o`rtacha umumiy xarajatlar egri chizig`i (ATC), va o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar egri chizig`i (AVC)ni ko`rsatadi. U shuningdek chekli daromad (MR) va o`rtacha daromadga (AR) teng bozor narxini ham ko`rsatadi. Q1 miqdorda, chekli daromad MR1 chekli xarajatdan oshib ketadi MC1, shuning uchun ishlab chiqarishning oshishi foydani ko`paytiradi. Q2 miqdorda chekli xarajatlar chekli daromaddan yuqori bo`ladi, shuning uchun ishlab chiqarisahning kamayishi foydani ko`paytiradi. Foydani maksimallashtiradigan miqdor gorizantal narx chizig`i chekli xarajatlar chizig`ini kesib o`tganda topiladi. Shunga ko`ra, agar chekli daromad chekli xarajatlardan ko`p bo`lib, Q1da bo`lsa, firma o`zining foydasini ishlab chiqarishni kengaytirish bilan orttiradi. Agar ishlab chiqarish miqdori Q2da bo`lsa, shunga o`xshash sabab qo`llaniladi. Bu holda, chekli xarajatlar chekli daromaddan yuqori bo`ladi. Agar firma ishlab chiqarishni 1 punktga kamaytirsa, tejalgan xarajatlar yo`qotilgan daromaddan o`tib ketadi. Shuning uchun, Q2dagidek chekli daromad chekli xarajatdan kam bo`lsa, firma foydani ishlab chiqarishni kamaytirish orqali ko`paytiradi. Mahsulotga nisbatan chekli moslashishning qayerda tugashi firmani mahsulotni past darajada yoki yuqori darajada ishlab chiqarishiga bog`liqdir, firma mahsulotni maksimal darajada ishlab chiqarishiga erishguncha u o`z mahsulotlarini moslashtirib turadi. Bu tahlil foydani maksimallashtirish uchun 3 asosiy qoidani o`zi ichiga oladi:
Agar chekli daromad chekli xarajatdan katta bo`lsa, firma mahsulot ishlab chiqarishni oshirishi kerak;
Agar chekli xarajat chekli daromaddan yuqori bo`lsa, firma mahsulot ishlab chiqarishni pasaytirishi kerak;
Mahsulotning foydasini maksimallashtirish darajasida chekli xarajat ham, chekli daromad ham tenglashishi kerak. Bu qoidalar firma foydasini maksimallashtirishda oqilona qaror uchun zarurdir. Bular nafaqat raqobatli firmalarga, balki boshqa turdagi firmalarga ham mos keladi. Agar narx oshsa firma chekli daromadi chekli xarajatidan yuqori bo`ladi va u yana mahsulot ishlab chiqarishga kirishadi. Firmalar chekli xarajatining egri chizig`i har qanday narxga firmani mahsulot ta'minlab berishini belgilaydi va chekli mablag`ining egri chizig`i raqobatli firmaning taklif egri chizig`ii hisoblanadi.



Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish