To‘pni yondan ilib olish darvozabonnig yon tomoniga o‘rtacha traektoriyada
uchib kelayotgan to‘plarni qo‘lga ktiritish uchun qo‘llaniladi. Tayyorlov bosqichida
qo‘llar oldinlatib yonga, to‘p uchib kelayotgan tomonga uzatiladi. Panjalar deyarli
paralel, barmoqlar sal yoziq va yarim bukik. Gavdaning og‘irligi to‘p ilinadigan
tomondagi oyoqqa o‘tkaziladi. Gavda ham shu tomonga sal buriladi. Ishchi va
yakunlovchi bosqichlar bajarilish tuzulishi jihatidan to‘pni yuqoridan ikki qo‘llab ilib
olishdagiga o‘xshaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |