Hisob-kitob kuniga tarif bo’yicha ish haqi - 190 000 so’m.
Тa’til vaqtiga haq summasi quyidagicha hisoblanadi:
Тa’til vaqtiga haq summasini aniqlash uchun asos qilib Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan o’rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibining 1-bandiga muvofiq hisoblanadigan xodimning o’rtacha oylik ish haqi olinadi.
Ushbu holatda xodimning o’rtacha oylik ish haqi quyidagini tashkil etadi:
190 000 + 110 000 / 12 =199 166,7 so’m,
bu yerda:
190 000 - tarif stavkasi,
110 000 - tarif stavkasidan yuqori summalar,
12 - oylar.
Тa’til vaqtiga haq to’lash uchun summalarni olti kunlik ish haftasi bo’yicha hisoblaganda oyning o’rtacha davomiyligi 25,4 kun deb olinadi.
Хodimga hisoblangan ta’til vaqtiga haq summasi 188 189,01 (199 166,7 / 25,4 x 24) so’mni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |