16
ham temperaturadan bog’liqdir. Suyuqliklar uchun yopishqoqlik temperatura oshsa
kamayadi. Qonning yopishqoqligi 37
o
C da 4.10
-3
Pa.s ga teng. Qonning oqish
tezligi kichik bo’lganligi uchun uni lominar oqim deb olish mumkin. Qon
molekulalari va arteriya devorlari orasida ishqalanish tufayli arteriya chetlarida
oqim nolga teng. Arteriya markazida tezlik eng katta bo’ladi. Demak arteriya
devorlari oldida bosim katta va tezlik kichik bo’lganligi uchun qon to’qimalari
arteriya markaziga itariladi. Agarda biror sababga ko’ra arteriya devorlari
qalinlashsa kukrak qafasida og’rik paydo bo’ladi. Buning natijasida arterioskliroz
yuzaga kelishi mumkin. Bundan qutilish uchun organizmga nitroglisirin yuborish
kerak. Yuqorida aytilganidek haroratning o’zgarishi qon yopishqoqligining ham
o’zgarishiga olib keladi. Boshqacha aytganda harorat oshsa qonning yopishqoqligi
kamayadi, lominar oqim turbulent oqimga o’tadi va qon harakat tezligi oshadi.
Lominar oqim oddiy bo’lib tezlik kichik bo’lganda yuz beradi. Agarda tezlik oshsa
oqim turbulent holatga o’tadi. bu o’tish chegarasi o’lchamsiz kattalik Reynold soni
orqali aniqlanadi.
DV
R
e
(2.10)
Bunda
D
- truba diametri,
- suyuqlik zichligi, agarda bu son 2000 dan
kichik bo’lsa truba orqali oqim lominar, bundan katta bo’lsa turbulent oqim
bo’ladi. Arteriyada qon oqimi uchun bu sonning qiymati 800 ga teng, demak
Reynold soni 800 dan katta bo’lsa organizmda patologik o’zgarishlar yuz beradi.
Yurak va qon tomirlari yopiq biofizik sistemadir. Yurak nasos rolini
bajaradi.
1
2
3
4
5
6
7
Юрак
R
D
C
U
Yurak va qon tomirlari tuzilishi, hamda yurak faoliyatini o’rganish elektron
sxemasi: u-elektr kuchlanish, D-diod, C-kondensator,
R- rezistor
Yurakni kuchlanish manbai U deb olsak, yurak klapani D diod rolini
o’ynaydi, ya’ni bir tomonga ochiladi xolos. Kondensator yarim davr ichida
zaryadlanadi, yarim davr ichida esa R orqali razryadlanadi. Kondensatorning roli
qon bosimining tebranishlarini tekislashdir. Qon tomirlarini tarmoqlangan
naychalar sifatida olish mumkin. Suratda 1-2 aorta, 2-3 arteriyalar, 3-4 arteriolalar,
4-5 kopelyarlar, 5-6 venulalar, 6-7 venalardan iborat. Yurak muskullarining
qisqarishida
(sistolada) qon yurakdan aortaga va undan tarqalib ketuvchi
arteriyalarga siqib chiqarila boshlaydi. Agar bu tomirlar devorlari qattiq bo’lganda
edi, qonning yurakdan chiqish paytida vujudga kelgan bosim tovush tezligida
qismlarga uzatilgan bo’lar edi. Qon tomirlari elastik bo’lgani uchun sistola paytida
17
yurak itarib chiqarayotgan qon aorta, arteriya va arteriolalar cho’ziladi. Bunda
katta qon tomirlari sistola paytida markazdan chetdagi qismlarga oqib boradigan
qonga nisbatan ko’p qonni qabul qiladi. Odamning sistolik bosimi normada
taxminan 16 kPa.ga teng. Yurakning bo’shashi (
diastola) paytida cho’zilgan qon
tomirlari pasayadi (bo’shaladi), yurakning qon orqali ularga uzatgan potensial
energiyasi qonning oqishidagi kinetik energiyaga aylananib diastolik bosimni
taxminan 11 kPa. atrofida tutib turishga madad beradi. Sistolalar yuz berishi
davrida qonning chap qorinchadan itarilib chiqarilishi tufayli yuzaga kelgan va
aorta hamda arteriyalar orqali tarqaluvchi yuqori bosimli to’lqinga puls to’lqini
deyiladi. Puls to’lqini 5 - 10 m/s, bu esa (0,3 s da 1,5 - 3 m) sistola davrida
yurakdan qo’l va oyoqlargagacha bo’lgan masofadan kattadir. Bu shuni bildiradiki,
puls to’lqini fronti qo’l va oyoqlarning oxirgi nuqtalariga aortada bosimning
pasayishidan oldin yetib boradi. Ammo qonning tezligi 0,3 - 0,5 m/s, puls to’lqini
tezligidan kichikdir. Rasmda yurak atrofidagi , ya’ni aortadagi (a) va
arteriolalardagi (b) o’zgarish ko’rsatilgan. Ikkinchi grafikda bosimning o’rtacha
qiymatining va qon oqimi tezligining qon harakatlanuvchi tomirlar turiga bog’liq
Qon bosimining qon tomirlaridagi qiymatlarini ko’rsatuvchi chizmalar.
holda o’zgarishi ko’rsatilgan. 2-arteriyalar, 3-kopelyarlar, 4-venalar. Shtrixlangan
soha bosim tebranishiga mos keladi (puls to’lqini).
Endi yurakning ishi va quvvatini qarab chiqamiz. Yurak bajargan ish bosim
kuchlarini yengish va qonga kinetik energiya berish uchun sarflanadi. Chap
qorincha bir marta qisqarganda bajargan ishni hisoblaymiz. Qonning zarb hajmi V
ni silindr ko’rinishida ifodalaymiz. Yurak bu hajmni ko’ndalang kesim yuzi S
bo`lgan aorta bo’ylab o’rtacha P bosim ostida
masofaga siqib chiqaradi. Bunda
bajarilgan ish
3
PV
PSl
F
A
(2.11)
Bu hajmdagi qonga kinetik energiya
berish uchun
2
2
2
2
2
V
m
A
(2.12)
ish bajariladi. To’la ish
Do'stlaringiz bilan baham: