Murabbiy ishini tashkil qilish. Yuqori malakali sportchilarni tayyorlash bo’yicha sport maktablarining samarali ishini murabbiylar ishini tashkil qilmasdan amalga oshirib bo’lmaydi. Bu sport maktablari oldida turgan maqsad va vazifalarga mos ravishda murabbiylar majburiyatlarini aniq taqsimlash, bundan tashqari murabbiy faoliyatini tashkil qilishning ilg’or shakllari va ilmiy uslublarni qo’llash bilan tushuntiriladi.
Murabbiylar uchun quyidagi lavozimlar beriladi:
katta murabbiy;
eshkak eshishning alohida turlari bo’yicha ishlarga javobgar murabbiy;
alohida guruh yoki sportchilar tayyorgarligiga javobgar murabbiy.
Katta murabbiy umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va eshkak eshish bo’yicha barcha ishlar holatiga javobgarlik uning zimmasiga yuklatiladi.
Eshkak eshishning mazkur turi murabbiyi faqat shu tur bo’yicha ishlarga rahbarlik qiladi. Alohida guruhlarda ishlarga javobgar murabbiy o’quv trenirovaka jarayonini olib boradi.
Ishlarni tashkil qilishda albatta, quyidagi ish bo’limlariga javobgar murabbiylar ajratiladi:
natija ko’rsatishga qodir eshkak eshuvchilarni tayyorlash;
sportchi-razryadchilarni tayyorlash;
saralash va zahirani tayyorlash.
Agar ikki va undan ortiq murabbiy bir xil darajadagi ishlarni olib borsa (o’quv trenirovka guruhi darajasida), sport maktabida ishlarni bittasi, o’quv-trenirovka yig’inlarida boshqasi olib borgani maqsadga muvofiq. Murabbiylar ishini tashkil qilishning bunday shakli faoliyat ixtisosligi talablariga javob beradigan samarali shakl hisoblanadi. Lekin buning ro’yobga chiqishi BO’SM, IBO’OZM va OSMM larining o’zaro chambarchas aloqasi natijasida amalga oshishi mumkin.
28-mavzu. Eshkak eshuvchining jismoniy sifatlarini rivojlantirish.
Kuch qobiliyati va uni rivojlantirish uslubiyati. Kuch qobiliyatlari, ularning namoyon bo’lishi organizmning ta`sirlanishi natijasida ro’y beradi, u ruhiy, mushak, motor, vegetativ, gormonal funksiyalar sifatlari va organizmning boshqa fiziologik tizimlarining asosida yuz beradi. Bulardan kelib chiqqan holda kuch qobiliyatlari soddalashtirilgan «mushaklar kuchi» tushunchasiga bog’liq bo’lmaydi, chunki bu ularning faqatgina qisqarish xususiyatlarinining mexanik tavsifistikasi bo’lar edi xolos. Mushak kuchi har bir harakat amalining rivojlanuvchi tarkibiy qismidir. U namoyon qilinayotgan tezlik, tashqi qarshilik va ishning davomiyligiga bog’liq holda sifat tavsifi ega bo’lishi mumkin.
Mushak kuchi insonning jismoniy imkoniyatlarini tavsiflovchi ko’rsatkich sifatida - bu mushaklar kuchlanishi oqibatida tashqi qarshilikni engish yoki unga qarshilik ko’rsatish qobiliyatidir.
Berilgan rejimlarga va mushak faoliyatining xususiyatiga mos ravishda insonning kuch qobiliyatlari ikki turga ajratiladi;
1. Statik va sust harakatlar sharoitlarida namoyon bo’ladigan shaxsiy kuch qobiliyatlari.
2. Enguvchi va yon beruvchi xususiyatli tez harakatlarni bajarishda yoki ko’nuvchi ishdan enguvchi ishga tez o’tishda namoyon bo’ladigan tezlik - kuch qobiliyatlari.
Insonning shaxsiy kuch qobiliyatlari ma`lum bir vaqt davomida me`yorga etgan og’irlikni mushaklarning maksimal kucha-yishi bilan ushlab turishda (ishning statik xususiyati) yoki katta og’irlikdagi jismlarni siljitishda namoyon bo’ladi.
Oxirgi holda tezlikning deyarli ahamiyati yo’q, harakatlar esa maksimal darajaga etadi. (ishning xususiyati sport atamasologiyasi bo’yicha sust, dinamik). Ishning bu xususiyatiga mos ravishda mushak kuchi statik va sust dinamik bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |