Abdurauf Fitrat
1914-yilda Istambuldan Buxoroga qaytgan Fitrat «Yosh buxoroliklar» nomli siyosiy partiya tuzib, uning atrofiga mamlakat kelajagi uchun xizmat qiladigan yoshlarni to‘pladi.
Fitrat 1923-24– yillarda Moskvadagi Sharq tillari institutitida va Leningrad Akademiyasida ishladi va ilmiy dargohning tavsiyasi bilan unga professorlik ilmiy unvoni berildi.
1931-32– yillarda Toshkentga qaytgan olim O‘zbekiston Fanlar Qo‘mitasida, O‘zbekiston madaniyat institutida ishladi.
Said Ahmad
O‘zbek xalqining sevimli hajviyachi yozuvchisi Said Ahmad 1920-yilning 10-iyunida Toshken shahrining «Samarqand darvoza» mahallasida ziyoli oilada tug‘ilgan. Said Ahmad bolalik yillari haqida xotira kitoblarida ko‘p yozgan.
Said Ahmad Nizomiy nomli pedagogika institutida bir yil o‘qigach, ikkinchi jahon urushi boshlangandan keyin «Mushtum» jurnalida ishladi. 1942-47 –yillarda «Qizil O‘zbekistoni» gazetasida, 1948-50 – yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida mehnat qildi. Sho‘rolar siyosatining zug‘umi bilan millatchi sifatida bir necha yil qamalib chiqdi. Ozodlikka chiqqach, qator yillar O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchilik qildi.
Said Ahmad hajviy hikoyalar yozish bilan birga, nasrning deyarli barcha janrlarida qalam tebratgan va muvaffaqiyatga erisha olgan yozuvchidir.
G‘afur G‘ulom
Xalq shoiri, akademik G‘afur G‘ulom 1903-yilda Toshkentda kambag‘al dehqon oilasida tug‘ildi. U dastlab bosmaxonada harf teruvchi, keyin boshlang‘ich sinfda muallim bo‘lib ishladi. O‘sha vaqtlardayoq shoirning she’rlari matbuotda chiqa boshladi.
1931-yilda G‘.G‘ulomning birinchi she’riy to‘plami «Dinamo» bosilib chiqdi. O‘sha vaqtdan boshlab, uning kitoblari ketma-ket har yili nashr qilinib turadi, 30 ga yaqin yumoristik va satirik hikoyalari bosilib chiqdi.
«Sharqdan kelayotirman» to‘plami uchun shoir Davlat mukofoti laureati bo‘ldi. Bundan tashqari shoir «Hurmat belgisi» ordeni va bir necha medallar bilan taqdirlandi.
Erkin Vohidov
Erkin Vohidov o‘zbek adabiyotiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli ijodkorlardan biridir.
Davlat arbobi O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov nafaqat she’riy to‘plamlari, balki falsafiy dostonlari, «Oltin devor» komediyasi, ajoyib tarjimalari bilan o‘zbek adabiyotini boyitgan ijodkordir.
Erkin Vohidov 1936-yilning 28-dekabrida Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida tug‘ildi. Ota-onasidan yetim qolib, Toshkentda tog‘asi qo‘lida tarbiyalanadi.
E.Vohidov Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan. 1960-yilda u o‘qishni bitiradi va turli nashiryotlarda, «Yoshlik» jurnalida turli lavozimlarda ishladi.
Shoirning ilk she’rlari to‘plami «Tong nafasi» nomi bilan 1961-yilda nashr qilindi.
Shoirning «Oltin devor» komediyasi esa sahna asari sifatida xalqimizning sevimli asariga aylanib qolgan.
Shoirning rus va jahon adabiyotidan qilgan tarjimalari, Gyotening «Faust» asari tarjimasi xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |