Samarqand
Samarqand O‘zbekistondagi eng ko‘hna shaharlardan biridir. U 2500 yildan oshiq tarixga ega. Shahar 1925-1930 – yillarda O‘zbekistonning poytaxti bo‘lgan. Samarqand Zarafshon vodiysining janubi-g‘arbida, Toshkentdan 351 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 800 ming kishidan oshiq. Samarqand, Hindiston, Eron, Misr, va Vizantiya davlatlari bilan qadimdan savdo-sotiq qilgan. 14-asrgacha shahar turli mamlakat bosqinchilarining hujumiga duch keladi va qo‘ldan-qo‘lga o‘tib turdi.
Samarqand 14-asrning oxiri va 15-asrda Temur davlatining poytaxti sifatida jahonga mashhur bo‘ldi. Ulug‘bek hukmdorligi davrida Samarqandda ilm-fan va madaniyat taraqqiy etdi. Temuriy sulolasi bunyod etgan obidalar, maqbara va madrasalar Sharqning durdonasi bo‘lib qoldi va uni dunyoga tanitdi.
Hozirgi kunda Samarqand O‘rta Osiyodagi sanoati rivojlangan ilmiy va madaniy markazlardan biriga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |