O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


-§. Huquq ijodkorligi prinsiplari



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

 
2-§. Huquq ijodkorligi prinsiplari 
Demokratik davlatda xalqning irodasini, ijtimoiy intilish, manfaat va ehtiyojlarini 
qonun darajasiga ko’tarish huquq ijodkorligining mazmunini tashkil etadi. Bu o’ta muhim 
va mas’uliyatli jarayon muayyan tagzamin prinsiplar asosida amalga oshiriladi. Zero, 
shunday prinsiplar, Ya’ni rahbariy g’oya va qoidalarga tayanilmasa, huquqiy normalar 
tizimini vujudga keltirishda lozim darajadagi sifat va samaraga yerishib bo’lmaydi. Eng 
muhimi, xalq, irodasi va manfaatlarini to’liq hamda aynan ifoda etishni ta’minlab bo’lmaydi. 
Shu bois mamlakatimizda amalga oshiriladigan huquq, ijodkorligi quyidagi asosiy 
prinsiplarga tayanadi: 
a) 
Huquq ijodkorligining xalqchilligi
Demokratik va huquqiy davlat maqomiga ega bo’lishga intilayotgan davlat o’zining 
qonun ijodkorlik, huquq yaratish faoliyatida o’z xalqi bilan, aholi keng qatlamlari bilan 
mahkam bog’liq va uzviy aloqador bo’lishi lozim. 
Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekanligi Konstitutsiyamizda 
mustahkamlangan. TS1unday bo’lgach, davlat, uning idoralari huquq yaratish chog’ida xalq 
manfaati va ehtiyojlaridan kelib chiqishi mantiqiy holdir. Ayniqsa, qonunni xalq tomonidan 
saylangan deputatlar qabul qilishida chuqur va bevosita ramziy ma’no bor. Xalq o’z muxtor 
noiblari orqali qonun chiqarish hokimiyatiga daxldor bo’ladi. Qolavyersa, huquq ijodkorligi 
sub’yekti sanalmish barcha davlat idoralarining ushbu faoliyati keng jamoatchilik, xalq 
ommasi nazorati ostida ro’y beradi. Xalqchillik prinsipi haqida gap borganda butun 
mas’uliyatni his etish darkor. 
b) 
Huquq ijodkorligining demokratikligi 
Demoqratizm huquq ijodkorligida xalq irodasini aniqlash va qonunda ifoda etish 
darajasi bilangina tavsiflanmaydi. Bu, avvalo, huquqiy aktlarni qabul qilishda, xususan, 
qonun chiqarishda xalqning ishtirokini ta’minlashda namoyon bo’ladi. Demoqratizm 
parlament va mahalliy xalq deputatlari kengashlari faoliyati jarayonida aks etadi. 
Refyerendum qonun qabul qilishning bevosita demokratik shaqli ekanligini yuqorida 


134 
ta’kidlab o’tgan edik. Shuningdek, demoqratiyaning bevosita shakllariga o’ta muhim 
normativ-huquqiy aktlar loyihasining ommaviy axborot vositalari orqali keng xalq 
muhokamasiga qo’yilishi ham kiradi. Bunday muhokamalar chogida mamlakat fuqarolari, 
jumladan, olimlar, mutaxassislar loyiha yuzasidan o’z taklif va mulohazalarini bildiradilar. 
Shu tariqa xalqning fikri, irodasi qonun chiqaruvchi organga ayon bo’ladi va uni huquqiy 
normalar mazmunida to’laqonli aks yetti rish imkoniyati paydo bo’ladi. 
Binobarin, demoqratiyaga muttasil intilish ijtimoiy taraqqiyotimizning strategik 
yo’nalishidir. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaginidek, 
«demoqratiya atamasining qanday sharhlanishi emas, balki uping qanchalik realligi, 
haqiqiyligi, yashashga qobshshigi muhimdir... U hayotimizning har bir soniyasiga singib 
ketmasa, turmushimizning ajralmas qismiga aylanmasa, hamma shiorlar va ta’rifshr 
mazmunsiz... so’z o’yini bo’lib qolavyeradi»
1

Demokratik qadriyatlar, mezon va me’yorlar haqida so’z borganda quyidagilarni 
qayd etish muhim ahamiyatga ega. «Jamiyatda demoqratiya qay darajada ekanligini 
belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular - xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan 
qanchalik xabardorligidir. Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, 
oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir»
2

v) 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish