O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


obьektiv  omillarning  ta’siri  bilan  izohlanadi



Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet318/386
Sana29.12.2021
Hajmi3,8 Mb.
#137437
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   386
Bog'liq
milliy va jahon iqtisodiyoti

obьektiv  omillarning  ta’siri  bilan  izohlanadi. Ularning asosiylari quyidagilardan 
iborat: 
-  xalqaro 
mehnat 
taqsimoti, 
ixtisoslashuv 
va 
kooperatsiyaning 
chuqurlashishi; 
-  ilmiy-texnika  taraqqiyotining  jadallashishi,  axborot  texnologiyalarining 
keng joriy  etilishi; 
-  mintaqaviy  integratsion  aloqalarning  mustahkamlanishi  va kengayishi; 
-  xo’jalik  faoliyatining  baynalminallashuvi; 
-  transmilliy  kompaniyalar  va moliya-sanoat  guruhlarining  tashkil  topishi. 
Xalqaro  mehnat  taqsimoti  alohida  olingan  mamlakatning  mahsulot  va 
xizmatlar 
turlarini 
ishlab 
chiqarish 
bo’yicha  ixtisoslashishini  bildiradi. 
Mamlakatlararo 
ixtisoslashuv 
va 
kooperatsiya 
bo’lganligi  sababli  milliy 
iqtisodiyotning  baynalminallashuvi  sodir  bo’lmoqda.  Bu,  o’z  navbatida, transmilliy 
koorporatsiyalar,  moliya-sanoat  guruhlari  va  boshqa  tashkiliy-hududiy  tizimlar 
shakllanishiga  olib kelayapti. 
Ilmiy-texnika  taraqqiyotining  zamonaviy  bosqichida  komьpyuter  va  axborot 
texnologiyalaridan 
keng 
foydalanish 
evaziga 
ishlab 
chiqarishning 
baynalminallashuvi  yangi  sifat  bosqichiga  o’tdi.  Mamlakatlar  o’rtasidagi  ilmiy  va 
ilg’or 
texnologik 
mahsulotlarning 
ayirboshlanishi 
jadallashdi. 
Yangi 
texnologiyalarni  ishlab  chiqarish  bo’yicha  mintaqaviy  va  xalqaro  miqyosda  yangi 
kompaniyalar, 
ilmiy-tadqiqot 
labaratoriyalari 
va 
markazlari, 
moliya-sanot 
guruhlari  shakllandi  va rivojlandi. 
Globallashuv 
jarayonida 
ilgari 
shakllangan 
integratsion 
birlashmalar 
faoliyati  takomillashgan  bo’lib,  undan  tashqari  yangi  tuzilmalar  paydo  bo’ldi
Agar  Yevropa  Ittifoqi,  NAFTA,  OPEK,  MDH,  BRIK,  BRIKS  kabi  integratsion 
tashkilotlar  faoliyati  kengaygan  yoki  chuqurlashgan  bo’lsa,  Jahon  banki,  Osiyo 


 
167 
tiklanish  va  taraqqiyot  banki,  Xalqaro Moliya Korporatsiyasi kabi xalqaro iqtisodiy 
tashkilotlarning 
funktsiyalari 
kengaydi, 
ularning 
milliy 
iqtisodiyotlar 
rivojlanishidagi  roli oshdi. 
Globallashuv  jarayonining  keyigi  bosqichida  jahon  bozori  va  uning 
segmentlarining  ahamiyati  ortmoqda.  Bular  jahon  tovar  va  xizmatlar  bozori, 
kapital, 
qimmatli 
qog’ozlar,  mehnat,  axborot  va  texnologiyalar,  ilmiy 
ishlanmalar(patent  va  litsenziyalar),  valyuta  va  pul-kredit  bozorlaridir.  Qayd 
etilgan  bozorlar  o’zaro  bog’langan  va  mintaqaviy  hamda  kontinental  doirada 
murakkab  amal  qilish  tizimini  tashkil  etadi.  Natijada  ishlab  chiqarish  va  iqtisodiy 
sohadagi  mehnat  taqsimoti  ana  shu  bozorlarning  amal  qilish  xususiyatlari  va 
yo’nalishlari  ta’sirida chuqurlashdi. 
Globallashuv 
jarayonidagi 
jadal 
rivojlanish 
tendetsiyasiga 
ega 
yo’nalishlardan  biri  bu  –  transmilliy  kompaniyalar  faoliyatining  kengayishi  va 
milliy  iqtisodiyotlar  taraqqiyotidagi  ta’siri  kuchayganligidir.  Transmilliylanish  – 
bu  xususiy  firmalar  doirasida  amalga  oshayotgan  davlatlararo  integratsiyalashish 
hisoblanadi.  
BMT  yondoshuviga  ko’ra,  transmilliy  kompaniyalar  maqomi  quyidagi 

Download 3,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   386




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish