O‘zbekiston o’z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng sobiq


«O’zbek modeli» ning asosiy tamoyillari



Download 175,65 Kb.
bet4/15
Sana06.01.2022
Hajmi175,65 Kb.
#323608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
taraqqiyotning ozbek modeli va uning asosiy xususiyatlari197

«O’zbek modeli» ning asosiy tamoyillari


Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish va uning siyosatdan ustunligini ta’minlashning qanday zarurati bor edi? O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash - demokratik va bozor o’zgarishlarining asosi, deb ta’kidlaydi. Iqtisodiyot mafkuraviy tazyiqlarsiz, o’ziga xos ichki qonun va qoidalarga muvofiq rivojlangandagina demokratik siyosiy va ijtimoiy islohotlar uchun mustahkam moddiy asos yaratiladi. «Birinchi navbatda iqtisodiy negizni (bazisni) barpo etish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yangi jamiyat qurishning eng muhim shartidir. Bunda iqtisodiy o’zgartirishlar strategiyasi mafkuradan butunlay xoli etilishi, ya’ni siyosiy maqsadlarga erishish vositasi bo’lib xizmat qilmasligi kerak» 22.

Sho’rolar davrida iqtisodiyot yetmish yil hukmronlik qilib kelgan kommunistik mafkuraning siyosatning qurboniga aylangan edi. Natija ma’lum. Iqtisodiyot ham bamisoli tirik organizm - erkin harakat qilgandagina yuksalishi mumkin. Zug’um ostida qolsa, o’zidagi mavjud imkoniyatlarni ruyobga chiqara olmaydi. Sobiq ittifoq - sho’rolar davrida milliy iqtisodiyotlar mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvi kabi qator iqtisodiy qonuniyatlar va prinsiplar orqali amalda markazga bog’lab qo’yilgan, hukmron mafkura va siyosatga tamoman bo’ysundirilgan edi.

Sho’rolar davrida mavjud mehnat taqsimoti va ixtisoslashuviga ko’ra, sobiq respublikalarning iqtisodiy rivojlanishida, bir tomondan markazdagi yirik sanoat birlashmalari qatnashar edi. Ularning faolligi, eng avvalo, qayta ishlash va konchilik sanoati kompleksi tarmoqlariga qaratilgani ham sir emas. Bu ishtirok milliy respublikalar sanoatining muayyan darajada o’sib, nisbatan zamonaviy texnologiyalar, yangi ishlab chikarish tarmoklarining paydo bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi, albatta.

1990-yillarning boshida O’zbekiston sanoat mahsuloti umumiy hajmida sobiq ittifoq vazirlik va idoralariga bo’ysunuvchi birlashma va korxonalar ishlab chikdradigan mahsulotlar hajmi 30 foizga yetgan edi. Ittifoq - respublika vazirlik va idoralariga qarashli korxona va birlashmalarda esa 54 foiz sanoat mahsuloti ishlab chiqarilar edi. Ikkinchi tomondan. O’zbekistonning Rossiya va boshqa respublikalardan keltiriladigan ishlab chiqarish va iste’mol tovarlariga bog’liqligi g’oyat kuchli edi. Iqtisodiy o’sishning tashqi omillarga bog’lanib qolganligi yakunlovchi ishlab chiqarish bosqichi ahamiyatining 75 haddan tashqari oshishiga, maxalliy mashinasozlikning esa zaifligicha qolishiga olib keldi. O’zbekistonda barcha sanoat mahsulotlari tarkibida mashinasozlik sanoatining ulushi nihoyatda past edi. Bunday taqsimot oqibatida sanoat asbob-uskunalari, texnologiya, fan-texnika yutuqlari tashqaridan olib kelinadigan mahsulotlarning asosiy yo’nalishi bo’lib qolaverdi. Cheksiz fosforit konlariga boy o’lkamizga, hatto gugurt ham tashqaridan olib kelinar edi.

O’zbekistonda mashinasozlikning asosi bo’lgan dastgoxsozlik ayniqsa zaif rivojlangan edi. Natijada ishlab chiqarish vositalari va sanoat materiallari ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, zamonaviy yirik yalpi ishlab chiqarish talablariga javob beradigan avtomat va yarim avtomat murakkab dastgohlar ishlab chiqarishni keng yo’lga qo’yib bo’lmasdi. Bularning barchasi metropoliya va mustamlaka xalqlar o’rtasidagi munosabatlarning amaldagi yakqol ifodasidir. Metropoliya hyech qachon mustamlaka o’lkaning jadal rivojlanishini istamaydi. Uni doim o’z tizginida tutib, har xil yo’llar bilan ipsiz bog’lab turishdan manfaatdordir.

Iqtisodiyotning siyosat va mafkuraga bo’ysundirilgani yirik o’rta va kichik korxonalar o’rtasidagi nisbatga ham salbiy ta’sir ko’rsatmasdan qolmadi. Sobiq ittifoq vazirlik va idoralari tomonidan milliy respublikalarda, asosan, yirik korxona va birlashmalar qurildi. Chunki sobiq ittifokdagi mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv shunday amaliyotni taqozo qilar edi. Zo’rma-zo’raki tiqishtirilgan bunday amaliyotlar natijasida O’zbekiston iqtisodiyoti ham "gigantomaniya" degan xavfli "xastalikka" chalindi. Bu, albatta, o’lkamizda sanoat ishlab chiqarishning an’anaviy turlarini rivojlantirish, mehnat jamoalarining faolligi va tashabbuskorligini oshirish, bozor kon’yunkturasiga tezkor moslashishga katta monelik qildi.

Xalqaro tajribadan ma’lumki, bir turdagi mahsulot ommaviy ishlab chiqariladigan joyda yirik ishlab chiqarish yaxshi samara berishi mumkin. Mayda (bir nafardan 19 kishigacha mehnat qiladigan) korxonalar 1980- yillarda AQShdagi barcha korxonalarning 26,1, Yaponiyada 49,4 va Italiyada 43,4 foizini tashkil etgan. Kichik korxonalar (ya’ni yigirmadan 99 kishigacha ishlaydigan korxonalar) mos ravishda 28,4, 27,7 va 30,4 foizga teng edi. O’rta korxonalar (bunga yuzdan 499 kishigacha ishlaydigan korxonalar kiradi) 24,0, 14,6 va 14,2 foiz, 500 nafardan oshiq ishchi mehnat qiladigan yirik korxonalar 21,5, 8,2 va 12,1 foizni tashkil etardi. Ushbu raqamlardan ko’rinib turibdiki, zamonaviy iqtisodiyotga ega Yaponiyada ishchilarning qariyb yarmi kichik korxonalarda mehnat qilgan. Mayda va kichik firmalar ish bilan band bo’lgan yaponlarning to’rtdan uch qismini birlashtirgan. Kichik korxonalar - iqtisodiyot poydevori, degan gapda hikmat ko’p.

Yirik korxonalar mayda ishlab chiqarishga nisbatan bozor kon’yunkturasiga qiyin moslashadi, har qanday yirik ishlab chiqarish jarayonida katta-kichik bo’shliqdar paydo bo’lishi tabiiy. Yirik korxonalar ularning hammasini ham yolg’iz o’zi hal etishi qiyin. Bunday sharoitda kichik ishlab chiqarish yordamga kelishi va paydo bo’lgan bo’shliqni to’ldirishi mumkin. Kichik ishlab chiqarish, o’z navbatida, ists’mol bozorini tovar bilan to’ldirish, aholini ish bilan ta’minlashni yaxshilash, raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Shuro zamonida sanoat mahsulotlari takibida ishlab chiqarish vositalari bilan iste’mol buyumlari ishlab chikaradigan ishlab chiqarish o’rtasidagi nisbatni mutanosib deb bo’lmasdi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, iste’mol buyumlari ishlab chiqarish bunda ustuvor o’rin tutishi, jadalroq rivojlanishi lozim.

Qazib oluvchi va qayta ishlovchi tarmoqlar rivojlanishi o’rtasida ham nisbat buzilib keldi. Mineral xom ashyolarning katta qismi qayta ishlanmagan yoki yarim tayyor mahsulot holida O’zbekistondan olib chikib ketilardi. Deyarli barcha kon-ruda, metallurgiya kombinatlarida xom ashyoni qayta ishlash darajasi g’oyat past bo’lgan. Buning sababi shuki, konchilik sanoati sohasidagi ittifoq ahamiyatidagi yirik korxonalarning asosiy faoliyati respublikamizda mineral xom ashyoni to’la qayta ishlash, vertikal integrasiya jarayoni, diversifikasiyani rivojlantirishga emas, balki xom ashyo ishlab chiqarish va markazga yetkazib berishga yo’naltirilgan edi.



Bu boradagi salbiy oqibatlardan yana birini sanoat korxonalarini mahalliy ishchi kadrlar bilan ta’minlashda ham ko’rish mumkin. Bu sohadagi vaziyat shunday ayanchli holga olib kelingan ediki, zamonaviy korxonalar narida tursin, nisbatan ancha past rivojlangan sanoat sektorida ham mahalliy ishchi kadrlarning umumiy miqdori juda kam edi. 50-60 yillarda ishga tushirilgan Navoiy, Zarafshon, Muborak, Angren, Yangiyer singari industrial shaharlar sobiq markaz vazirlik va idoralariga buysunuvchi yirik sanoat korxonalari bazasida bo’lgani uchun ularga zarur ishchi kadrlar ittifoqning boshqa respublikalaridan, asosan Rossiyadan ko’chirib keltirildi. Xolbuki, O’zbekistonning o’zida ishchi kuchi, salohiyatli kadrlar va mutaxassislar kam emasdi. Kam bo’lsa, ularni o’qitish, tayyorlash va kasbga yunaltirish ham mumkin. Bu, bir tomondan, mahalliy aholiga nisbatan e’tiborsizlik bilan qarashning, ikkinchi tomondan, mustamlakachilikka asoslangan siyosatning natijasidir. Bunday yondashuv nafaqat mahalliy millat vakillari orasidan yetuk ishchi kadrlar yetishib chiqishiga, balki, sanoatning jadal suratlarda rivojlanishiga ham monelik qiladi. Natijada mahalliy ishchi kadrlarni tayyorlash va tarbiyalash masalasi o’tgan asrning 20-30-yillarda qanday dolzarb ahamiyat kasb etgan bo’lsa, keyinchalik ham shundayligicha qolaverdi. Maxalliy millat vakillari Toshkent samolyotsozlik birlashmasi, vagon ta’mirlash zavodida 20-30 foizdan oshmadi. Konmetallurgiya, mashinasozlik kabi tarmoqlarda ham vaziyat deyarli shundayligicha qoldi.

Iqtisodiyotning mafkura va siyosat qurboni bo’lishi respublikaning tashqi iqtisodiy faoliyatida yanada kengroq namoyon bo’ldi. 1990 yilda O’zbekistonga tashqaridan olib kelingan mahsulotning 90 foizga yaqinini sanoat mahsulotlari tashkil etardi. Chetdan keltiriladigan moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari mahsulotining 80 foizdan ziyodrog’i sobiq ittifoq respublikalari ulushiga to’g’ri kelardi. Keltiriladigan sanoat mahsulotlari tarkibida asosiy o’rinni mashinasozlik va metallga ishlov berish (27,7%), yengil (22,7%) va oziq-ovqat (15,2%) sanoatlari egallagan.

Mahsulotlar, asosan, respublikalararo ayirboshlash bo’yicha chiqarilar va kiritilar edi. Tashqariga chiqarilgan sanoat mahsulotlari orasida asosiy o’rinni (59,7%) yengil sanoat mahsulotlari (paxta tolasi) tashkil etardi.

Yana bir ayanchli holat shundan iborat ediki, tashqariga mahsulot chiqarishga nisbatan tashqaridan mahsulot kiritish ko’pchilik tarmoqlarda ancha yuqori edi. O’zbekistonning, ayniksa, mashinasozlik va metallga ishlov berish, kimyo va neft-kimyo, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari buyicha tashqi bozorga bog’liqligi kuchaydi.

1990-yilda xalq iste’moli tovarlari bo’yicha tashqaridan mol kiritish (importni qo’shganda) tashqariga mol chiqarishdan (eksportni qo’shganda) 3 barobar ortiq bo’lgan. Nooziq-ovqat mahsulotlari (yengil sanoat mahsulotlari, madaniy-maishiy va xo’jalik mollari) buyicha mahsulot kiritish mahsulot chiqarishdan 4 barobar ko’p edi.

Oziq-ovqat tovarlaridan go’sht va go’sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, tuxum, un, yorma, makaron, qand, qandolatchilik mahsulotlari, baliq, balik konservasi, margarin, konservalar, alkogolli ichimliklar keltirilsa, nooziq-ovqat tovarlaridan deyarli barcha turdagi gazlamalar, tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari, charm poyabzal, madaniy-- maishiy va xo’jalik tovarlaridan mebel, muzlatkichlar, kir yuvish mashinalari, televizorlar, radiopriyomnik qurilmalari, farfor-fayans, shisha va billur idishlar, velosiped va mopedlar keltirilgan. Har yili millionlab tonna paxta yetishtiriladigan o’lkada, hatto durustroq paypoq ishlab chiqaradigan fabrika ham qurilmagan, shoir aytganideq "daryo bo’yida qultum suvga zor" edik!



Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab vaziyat o’nglana boshladi. Lekin, iqtisodiyotning eski tuzumdan qolgan bunday mustamlakacha tarkibi bilan bozor munosabatlariga asoslangan mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etib bo’lmasdi. Buning uchun izchil, tizimli va uzoqni ko’zlab ish tutish lozim edi. Mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar berayotgan samaralarni quyidagi raqamlardan ham qo’rish mumkin.

Download 175,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish