O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi



Download 330,09 Kb.
bet68/163
Sana02.01.2022
Hajmi330,09 Kb.
#310300
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   163
Bog'liq
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish

Ijtimoiy xodim



Rasm. Ijtimoiy xodim vazifalari

Ijtimoiy xizmatlar mavjud bo‘lgan mamlakatlarda ijtimoiy xodimlar

tasarrufidagi vositalar majmuyi quyidagilardan iborat:

  • pul yordami tizimi mehnatga qobiliyatsiz kishilar, muhojirlar va qochoqlarga doimiy, vaqtinchalik, bir yo‘la va maqsadli moddiy yordamlarni o‘z ichiga oladi;

  • natura ko‘rinishidagi yordam tizimi;

  • tibbiy xizmat tarzidagi yordam tizimi;

  • ijtimoiy muassasalarni tashkillashtirish;

  • psixologik maslahatlar va mashqlar;

  • o‘qitish va qayta tayyorlash kurslari (asosan, muhojirlar uchun).

Bu vositalardan samarali foydalanish tegishli tashkiliy tuzilma bo‘lgandagina mumkin.

Ta’kidlash lozimki, ijtimoiy xodim xizmatlarni loyihalashtirish jarayonida bevosita ijtimoiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi xizmat bo‘linmalari: “ijtimoiy homiylar” lavozim jadvali, ruhiy yordam xizmati xodimi, ishga joylashtirish xodimi; ijtimoiy yordamga muhtojlar haqida ma’lumot to‘plash xizmati va shunday yordam samarasini baholash; umumiy qarorlar qabul qilish, mutaxassislar moddiy resurslarini taqsimlash vazifasini bajaruvchi boshqarish xizmati kabi modellardan foydalanishi mumkin.

Aholiga xizmat ko‘rsatishda ijtimoiy xodimning odobi muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash joizki, ijtimoiy xodim odobi odob me’yorlari majmuyi hisoblanib, ijtimoiy xodimlar va ular faoliyatini tartibga soluvchi jamiyat 97

tomonidan tuziladi. Bu me’yorlar olti guruhga ajraladi:

  1. Ijtimoiy xodim xulqi va qiyofasi (xulqning oliy namunalari, ijtimoiy xodimga munosib bo‘lganlariga amal qilish; o‘z kasbiy malakasini takomillashtirish; ijtimoiy xodim kasbiy majburiyatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z majburiyatlari sifatida qarash; o‘z xulq-atvorini kasbiy vijdonlikning yuqori namunalari bilan qiyoslash; ilmiy tadqiqotlar olib borishda tegishli shartnomalarga amal qilish).

  2. O‘z mijozlariga bo‘lgan munosabati (mijozlarga munosabat bo‘yicha mas’uliyatni o‘zining to‘g‘ridan to‘g‘ri mas’uliyati sifatida qarash; ularda yuqori darajada mustaqillikning yuzaga chiqishiga ko‘maklashish; mijozlardan olingan ma’lumotlarni tarqatmaslik; ko‘rsatilayotgan yordam va mijozlar imkoniyatidan kelib chiqib, gonorar belgilash).

  3. Hamkasblariga bo‘lgan munosabati (o‘z hamkasblariga hurmat va ishonch bilan munosabatda bo‘lish; ularning mijozlari bilan kasbiy to‘la safarbar holda ish olib borish).

  4. Hamkorlik qiladigan tashkilotlariga munosabati (tegishli tashkilotlar oldidagi majburiyatlariga sodiq bo‘lish).

  5. O‘z kasbiga bo‘lgan munosabati (o‘z kasbi ijtimoiy ahamiyatini tushunishga ko‘maklashish; o‘z ijtimoiy yordamini aholi keng qatlamiga yetib boradigan tarzida bo‘lishiga erishish; o‘z kasbiy faoliyatida bilimlardan faol foydalanish).

  6. Jamiyatga bo‘lgan munosabati (umumiy farovonlik oshishiga hissa qo‘shish).

Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Ijtimoiy xizmatning asosiy maqsadini ayting.

  2. Ijtimoiy xizmatlarning asosiy vazifalarini sanab bering.

  3. Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning asosiy tamoyillarini aytib bering.

  4. O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi qonunini mazmun-mohiyatini tushuntirib bering.

  5. Ijtimoiy xizmatlarga muhtoj deb topilgan shaxslarga kimlar kiradi?


Download 330,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish