Boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqa. Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan shaxs vafot etgan taqdirda uning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqa olish huquqiga ega. Vafot etganning oila a’zolariga nafaqalar miqdori quyidagicha belgilanadi:
oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz a’zosiga - vafot etgan fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega bo‘lgan nafaqaning 100 foizii;
oilaning mehnatga layoqatsiz ikki a’zosiga nafaqaning 75 foizii;
oilaning mehnatga layoqatsiz bir a’zosiga nafaqaning 50 foizii.
Boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqa tayinlashda tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limiga boquvchisining vafot etganligi to‘g‘risida guvohnoma va bolalarning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar nusxasi taqdim etiladi.