Nogironlik bo‘yicha nafaqalar. Nogironlik sodir bo‘lgan hollarda, ya’ni mehnat qobiliyati doimiy yoki uzoq muddatga yo‘qotilganda, faqat I- va II-guruh nogironlariga tayinlanadi va to‘lanadi. Fuqarolarning mehnat qobiliyatlarini yo‘qotganlik darajasini aniqlash uchun tibbiy tekshirishni faqat tibbiy-mehnat ekspert komissisiyalari o‘zlari tasdiqlagan nizom asosida shahar yoki tuman ijtimoiy ta’minot bo‘limlari yo‘llanmasi bo‘yicha amalga oshiradi. Ishlab turgan yoki yashashning boshqa manbalariga ega bo‘lgan I- va II-guruh nogironlariga nafaqa to‘lanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |