O’zbekiston imijini rivolantirshda oav ro’li reja Kirish 1- bob Imij tushunchasi va uning davlat ishtimoiy muxitiga tasiri



Download 322,33 Kb.
bet4/25
Sana14.06.2023
Hajmi322,33 Kb.
#951123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
O’ZBEKISTON IMIJINI RIVOLFNTIRSHDA OAV RO’LI

Imij sо‘zi inglizcha (image) – siymo, timsol, qiyofa tasvir, obraz, ma’nolarini anglatadi. Imij tushunchasi reyting, obrо‘, mashhurlik, joziba, maftunkorlik, e’tibor, nufuz va boshqa tushunchalar bilan ham hamohang. Xususan, imij xarakteriga kо‘ra korporativ, indvidual, talab etiluvchi, xarizmatik, yopiq va faoliyat jabhasidagi turlari mavjud.
Keyingi yillarda О‘zbekistonning barcha ijtimoiy va iqtisodiy sohalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar hamda mamlakatimizning yangi, ochiq tashqi siyosati О‘zbekiston Respublikasining jahon xamjamiyatidagi ijobiy imiji va obrо‘sini mustahkamlashga xizmat qilmoqda desak, mubolag‘a bо‘lmaydi.
О‘zbekiston izchil rivojlanayotgan, demokratik, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari va tamoyillariga sodiq, tinchlik, insonparvarlik, ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik hamda davlatlar о‘rtasidagi о‘zaro hurmat va hamkorlik g‘oyalarini faol targ‘ib qiluvchi davlat sifatida dunyoda keng e’tirof etilmoqda.
О‘zbekistonga turli mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tibor ortib bormoqda, xorijiy sheriklarning О‘zbekiston Respublikasi bilan barcha sohalarda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan intilishi kuchaymoqda. Xorijiy samoyadorlar, ishbilarmonlar va turistlar tomonidan О‘zbekistonga bо‘lgan qiziqish sezilarli darajada oshmoqda.
Xalqaro maydonda О‘zbekistonning ijobiy imijini samarali mustahkamlash va bu jarayonning barqarorligini ta’minlash uchun qator chora va tadbirlar kо‘rilmoqda.
Xususan, davlat va jamoatchilik darajasida О‘zbekistonning xalqaro imijini shakllantirish va targ‘ib qilishning yaxlit tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sohada eng dolzarb vizifalardan biri - mamlakatning betakror imij xususiyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bо‘lib, bular qatoriga boy madaniy, tarixiy, ma’naviy va intellektual meroslar, kо‘p asrlik davlatchilik, mintaqaning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qо‘shgan hissasi e’tirofi, samimiy darajadagi millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik, ijtimoiy totuvlik, boy tabiiy resurslar, rivojlangan transport va kommunikatsiya infratuzilmalari, mafkuraviy dunyoqarashlardan qat’iy nazar teng huquqli hamkorlikka tayyorligi kabilardir.
Mamlakatimizning jahon hamjamiyatida ijobiy e’tirof etilishini yanada yaxshilash va О‘zbekistonning salmoqli imij salohiyatidan ustuvor iqtisodiy, ijtimoiy, investitsiyaviy, ilmiy, ma’rifiy, madaniy va boshqa vazifalarni amalga oshirishda samaraliroq darajada foydalanish borasida davlat muassasalari faoliyatini jadallashtirishning ahamiyati ortib bormoqda. Ushbu yо‘nalishdagi faoliyat davlat va jamoatchilik tuzilamalari va institutlarining yaqindan hamkorligi va muvofiqlashtirilishi orqali muntazam ravishda olib borilishi lozim.
Prezidentimizning 2019 yil 7-martdagi “Xalqaro reyting va indekslarda О‘zbekiston Respublikasining о‘rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish tо‘g‘risida”gi PF–5687-sonli Farmoni ayni maqsadlarni kо‘zlaydi. Farmonga muvofiq hozirda О‘zbekistonda turli sohalarida jahon hamjamiyatida reyting va indeks kо‘rsatkichlarini kо‘tarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Negaki, mamlakat iqtisodiyotining rivoji, xorijiy yetakchi biznes korchalonlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga kо‘tarish hamda investorlar e’tiborini jalb etish, ularning ishonchini kafolatlash uchun solishtirma reytinglarning yuqori bо‘lishi muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy va siyosiy-huquqiy xalqaro reyting va indekslarda О‘zbekistonning о‘rnini yaxshilash xalqaro maydonda mamlakatimiz mavqeini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta’minlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi kо‘rsatkichlari oshishiga sabab bо‘lmoqda.
Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017 ― 2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida respublika kengashi tashkil etilgan.
Mazkur Kengashning asosiy vazifalari:
-mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub о‘zgarishlarning О‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bо‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning о‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash, mazkur yо‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga tо‘siq bо‘layotgan muammolarni bartaraf etish;
-О‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bо‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning о‘rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bо‘yicha tashabbuslarni ilgari surish;
-davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini О‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bо‘lgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning о‘rniga ta’siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish.
Shu munosabat bilan,О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi mazkur Kengashning ishchi organlari etib belgilandi.
Kengash ishchi organlari taqsimlangan vazifalar bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bо‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning о‘rnini yaxshilashga qaratilgan ta’sirchan choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi hamda ushbu yо‘nalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilishi ustidan nazorat о‘rnatish kabilarni о‘z ichiga oladi.

Download 322,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish