O’zbеkistоn хаlq tа’limi vаzirligi



Download 1,67 Mb.
bet8/145
Sana21.02.2022
Hajmi1,67 Mb.
#31650
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   145
Bog'liq
Она тили ва адаб. УМК

IV bosqich. XX asrning 80 — yillariga kelib o'zbek tilshunosligining (amaliy, faktografik) bosqichi tugallangan va to'plangan boy daliliy ashyoni dialektik metodologiya asosida o'rganishga kuchli zamin tayyorlab, o'zi esa turg'unlik holatini boshdan kechirmoqda edi. Shu boisdan butun sobiq sho'ro davlati hududida olib borilayotgan oshkoralik va qayta qurish siyosati o'zbek tilshunosligi fanini ham chetlab o'tmadi. O'zbek tilshunosligining yangi avlodlari H.Ne'matov, E.Begmatov, N.Mahmudov, ANurmonov, R.Sayfullayeva kabi olimlar qayta qurish sharoitida o'zbek tilshunosligining dolzarb muammolari bo'yicha respublika va ittifoq matbuotida chiqishlar qildilar. Ko'tarilgan masalalarni mohiyatan ikkiga bo'lish mumkin:
birinchidan, o'zbek tilshunosligi uning oldida 30 — 40 — yillarda qo'ygan vazifasini — o'zbek tili turli sath birliklarini zamonaviy (yevropaviy) tahlil usullarida mukammal tavsifini berish; adabiy til me'yorlarini belgilash, talimning turli bosqichlari uchun zarur bo'lgan o'quv qo'llanmalari, darslik va lug'atlarni yaratish va ommalashtirishni muvaffaqiyat bilan bajardi va yig'ilgan hodisalar tavsifi asosida ilmiy tushunchalar hosil qilish xususiyliklarda umumiylikni, bodisalarda mohiyatni, oqibatlarda sababni, voqeliklarda imkoniyatni ochish darajasiga ko'tarilgan.
ikkinchidan, uzoq yillar davomida o'zbek tili ittifoqdagi turkiy, qolaversa, boshqa tillar kabi rus va Yevropa tillari qoliplari asosida o'rganib kelindi. Uni o'z ichki zotiy tabiatidan kelib chiqqan holda alohida yaxlitlik sifatida o'rganish uchun shart — sharoit vujudga keldi. Qayta qurish, oshkoralik va istiqlol natijasi o'laroqr milliy tilshunosliklar boshqa milliy fanlar kabi kommunistik mafkura kishanlaridan xaios bo'ldi. O'zbek tilining barcha sohalari bo'yicha qator tadqiqotlar yuzaga keldi. Bu borada H.Ne'matov, N.Mahmudov, ANurmonov, G'.Zikrillayev, R.Sayfullayeva, O.Bozorov, M.Qurbonova, B.Mengliyev SH.Shahobiddinova kabi nazariyotchi tilshunoslaming ishlari alohida e'tiborga molikdir. Ular o'z tadqiqotlarida o'zbek tilining zotiy tabiatini ochib berishni maqsad qilib qo'ydilar. Shu tarzda yangi o'zbek tilshunosligi shakllandi va qisqa muddatda jiddiy yutuqlarni qo'lga kiritdi. Ular asosida o'rta maktab ona tili darsliklari butunlay yangilandi. Bu yutuqlar nimalarda ko'zga tashlandi?
Birinchidan, lison va nutq farqlanmasligi natijasida tilshunosligimizda fonema va tovush, morfema va qo'shimcha, semema va so'z kabi atamalar mohiyatidan kelib chiqilmagan holda, muqobil atamalar sifatida ishlatilar edi. lison va nutqning farqlanuvi ularni qatiy tartiblashtirdi.
Ikkinchidan, lison va nutqni farqlash grammatikada umumiy va xususiy ma'noni farqlash talabini qo'ydi. Shunga ko'ra, falsafaning umumiylik va xususiylik dialektikasi asosida o'zbek tili grammatikasi kategoriyalari tadqiq qilindi.
Uchinchidan, so'z turkumlari tasnifi tilshunosligimizdagi eng chigal masalalardan biri edi. Masalan, o'zbek tilida olmosh barcha mustaqil so'z turkumlarini, qolaversa, gap va matnni ham almashtira olsa — da, u rus tilidagidek ot, sifat, son turkumlariga xos so'zlar almashtiruvchisi sifatida talqin qilinar edi. Bu nuqsonning asossizligi ilmiy isbotini topdi.
To'rtinchidan, grammatik qo'shimchalar mohiyati ham, ularning nomlanishi ham o'zbek tilining tabiatiga yot edi. Shu boisdan so'z o'zgartiruvchi va shakl yasovchi atamalari ostida o'rganiluvchi hodisalar qayta ко'rib chiqildi va sintaktik shakl hosil qiluvchilar hamda lug'aviy shakl hosil qiluvchilar atamasi ostida qayta tasniflandi.
Beshinchidan, taqlidlarning so'z turkumlari sirasida tutgan o'rni ham o'zbek tili tabiatiga yot edi. Unga chuqur ilmiy tahlillar asosida mustaqil so'zlar orasidan o'rin berildi.
Oltinchidan, gap markazi tushunchasi fanga kiritilib, u asosda o'zbek tilining gap qurilishiga xos zotiy mohiyati ochildi va o'zbek tilida gap qurilishi [kesim] qolipiga ega ekanligi tan olinib, uning [ega-kesim] qolipli rus va boshqa tillardan farqi asoslandi.
Yettinchidan, qo'shma gap tasnifi va tarkibini belgilashda ham o'ziga xos va yangicha ish tutildi. Bunda gap markazi tushunchasida, turkiy xususiyat —o'zbek tilida rivojlangan, kesirnlik shakllariga va qo'shma gap tarkibida sodda gaplarni bir —biriga bog'lovchi vositalarga, tobe gapning hokim gap valentligi silsilasida tutgan o'rniga asoslanildi.



Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish