Savollar:
1.Oddiy O’rgimchakkananing akarifaglariga nimalar kiradi?
2.Kanaxo’r tripsning bir avlodining to’liq rivojlanishi uchun necha kun kerak bo’ladi
3.Nuqtali stetoruc va xonqizi qo’ng’izlarining tashqi tuzilishi qanday tuzilgan?
4.G’o’zaning kemiruvchi zararkunandalarining entomofaglariga qaysi hasharotlar kiradi?
5.Apanteles qaysi turkum va oilaga mansub?
6. Mikroplitisning bioekologiyasi?
3-mavzu: G’allaning so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarining entomofaglari, ko’payishi va ishlab chiqarishda qo’llanilishi
Kerakli jihozlar:
Rasmli jadval
Hasharotlarning ko’rgazmali namunalari
Tarqatma materiallar
Reja
1.Zararli xasvalar entomofaglari.
2.Kuzgi va tuproq ostidan kemiruvchi tunlamlar entomofaglari.
3.G’alla (poya) arrakashi entomofaglari.
4.Gessen pashshasi entomofaglari.
5.SHved pashshasi entomofaglari.
Zararli xasvalar entomofaglari. Bug’doyzorlarda zararli xasva va boshqa zararli qandalalarning bo’g’imoyoqlilarga oid 150 dan ortiq tabiiy kushandalari qayd qilingan. Ularning ko’pchiligi hammaxo’r yirtqichlar va samarali parazitlardir.
Yirtqichlar etarli o’rganilmagan. Zararli xasvalarning yirtqichlari turlichadir. Dala sharoitida xasvalar bilan 40 turdan ortiq bo’g’imoyoqlilar, jumladan, vizildoq qo’ng’izlar, chumolilar, oltinko’z lichinkalari, stafilinlar, yirtqich qandalalar, o’rgimchaklar va boshqalar oziqlanadi.
Zararli xasvalarni yo’qotishda hammaxo’r yirtqichlardan ayniqsa vizildoq qo’ng’izlar muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, turli fazalardagi zararkunanda bilan pterostixalardan qo’pol nuqtali (Pterostichus crenuliger ), ipaksimon (P. sericeus ), hamda farqlanadigan chopqir (Harpalus distinguendus ), tuxum va birinchi yosh lichinkalari bilan shoshqir chopqir (Bembidion properans ), kichik mikrolestes (Microlestes minutulus ), tuxum va hamma yoshdagi lichinkalari bilan bronzaboshli xlen (Chlaenius crenuliger), sertuk chopqir (Ophonus rufipes), qarsildoq bombardir (Brachinus crepitans), to’rtinchi va beshinchi yoshdagi lichinkalar va voyaga etgan qandalalar bilan yirikroq vizildoq qo’ng’izlardan oltinuqtali vizildoq (Calosoma auropunctatum), dala vizildog’i (Carabus campestris) va boshqalar oziqlanadilar.
Boshqa yirtqichlardan zararli xasvalarning tuxumi, birinchi va ikkinchi yoshdagi lichinkalarini chumolilardan Formica avlodi (o’rmon malla, o’tloq), Cataglyphis avlodidan chopqirlar, Tetramorium caespitum, Lasius fuliginosus. va boshqa chumolilar oziqlanadi. Tuxum va kichik yoshdagi lichinkalar bilan oltinko’z lichinkalari, ayrim ovchi qandalalar hamda o’rgimchaklar ham oziqlanadi.
Xasva qandalalarini qishlash davrida ham muntazam kamaytirib turadigan yirik vizildoq va boshqa qo’ng’izlar mavjud.
Parazit hasharotlar muayyan sharoitlarda zararkunanda miqdorini samarali kamaytirib turadi. Jumladan, zararli xasvalar tuxumlarni telenominlar kamaytirib tursa, voyaga etgan qandalalarni faziya pashshalari yo’qotib turadi.
Tuxum parazitlari. Zararli xasvalar tuxumlarida o’n turdagi telenominlar parazitlik qilib, ayniqsa katta trisolkus (Trissolcus grandis) keng tarqalgan. Samarasi jihatidan keyingi o„rinlarni yashil telenomus (T. chloropus) va ooensitrus egallaydi. Voyaga etgan qandalalar parazitlari – faziya pashshalari. Qandalalarda to’rt turdagi, jumladan, oltintusli – Clytiomyia helluo, kulrang – Alophora subcoleoptrata, chipor – Phasia crassipennis va qora – Helomyia lateralis (Diptera turkumi, Tachinidae oilasi) faziya pashshalari parazitlik qiladi.Zararli xasvaning tabiiy kushandalari ommaviy ko’paygan yillari ko’pchilik maydonlarda, zararkunandaga qarshi kimyoviy kurash qo’llashdan voz kechish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |