Oshirish instituti



Download 0,77 Mb.
bet11/95
Sana11.02.2022
Hajmi0,77 Mb.
#442510
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   95
Bog'liq
Oshirish instituti

3.3.2 Mavzu: Sog’lomlashtirish va chiniqtirish ishlari
(2 soat nazariy )
Reja:
1.Jismoniy mashqlar bilan birga amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari

  1. Quyosh, suv va havo vannalarining chiniqtirishdagi o’rni

  2. Suzish va unga o’rgatish tartibi




Mavzu:

Sog’lomlashtirish va chiniqtirish ishlari



Maqsad, vazifalar:

Jismoniy mashqlar bilan birga amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni chiniqtirish maqsadida havo vannalari, suv muolajalari (artinish, suv quyish, dush, cho’milish) va quyosh vannalaridan fondalaniladi. U yoki bu muolajaning har biri alohida holda bola organizmining yetarlicha chiniqishini ta’minlay olmaydi (masalan bolalarning har kungi artinishlari va ayni paytda ularning ochiq havoda ko’p bo’lmasliklari).



O‘quv jarayon mazmuni:

1. Jismoniy tarbiya haqida tushuncha
2.Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanishi
3.Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanishini amalga oshirishning o‘ziga xosligi
4.MTMda bolalarning jismoniy rivojlanishi va o’z-o’ziga xizmat, gigiyena yo’nalishi.



O‘quv jarayondan kutiladigan natija:

Tabiiy omillardan kompleks foydalanish bolalarda tashqi
muhitning turli noxush ta’siriga (nam havo, yomg’ir, shamol, qizish) nisbatan chidamlilik hosil qiladi. Chiniqtirish tadbirlari jismoniy mashqlar bilan birgalikda olib borilganda juda samarali bo’ladi: aktiv muskul ishi issiqlik regulyatsiyasining takomillashuv jarayoniga va bu bilan organizmning tashqi muhitga moslashuviga yordam beradi. Chiniqish jarayonida organizmning jiddiy qayta qurilishi yuz beradi va agar bola aktiv bo’lsa, u tabiiy va oson kechadi. Bola uchun qiziqarli jismoniy mashqlar va o’yinlar bilan birgalikda amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari emotsional ko’tarinkilik uyg’otadi, oliy nerv markazlari funktsiyasini oshiradi, ichki organlar ishini va modda almashishini boshqaruvchi vegetativ nerv tizimga yaxshi ta’sir ko’rsatadi.

O‘quv jarayon turi:

Amaliy mashg‘ulot

O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi:

Shakl: guruhlarda ishlash
Metod: guruhlarda ishlash metodi
Vosita: dars ishlanmasi namunalari, ko‘rgazma, tarkatma.
Usul:og‘zaki, yozma, ko‘rgazmali, taqdimot.
Nazorat: Savollar va javoblar.
Baholash: individual baholash, o‘z o‘zini baholash, guruh ishini baholash.

O‘quv jarayon bosqichlari va taqsimoti:

I. Tashkiliy qism – 5 minut.
II. Kichik ma’ruza metodidan foydalanish – 30 minut.
III. “Jismoniy tarbiya ” mashg‘uloti dars ishlanmasini o‘rganish va tahlil qilish - 40 minut.
Guruhlar taqdimoti – 30 daqiqa
IV. Gigiyena yo’nalishi “Klaster va Venn diagramma” - 30 daqiqa
V-bosqich: mashg‘ulotni mustahkamlash -20 minut.
IV. Darsga yakun yasash – 5 minut.

Kutiladigan natijalar:

O‘qituvchi

Tinglovchi

Yangi nazariy bilimlar beradi.
Dars jarayonini maqsadli va oqilona boshqaradi.
Tinlovchilarga dars maqsadi, o‘qitishning kutilayotgan natijalari, darsni rejalashtirishda tizimli yondashuv, o‘qitishning kutilayotgan natijalari tavsifi haqida tushuntiradi..
Tingnlovchilarni kichik guruhlarga bo‘ladi va topshiriq bilan tinishtiradi.
Qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumot to‘plashga yo‘naltiradi.
Tinglovchilarga samarali maqsad mezonlari asosida tuzilgan maqsadlarni tahlil qilishni kichik guruhlarda ishlash metodi orqali bajarishadi.
Bolalar jismoniy tarbiyaning asosiy mazmunini muntazam ravishda bajarishlari uchun turli usuldagi mashqlar mavjudligi tushuntiriladi.

Yangi nazariy bilimlar olishadi.
Axborot izlash, to‘plash va foydalanish ko‘nikmalari shakllanadi.
Tinglovchilar dars maqsadi, o‘qitishning kutilayotgan natijalari, darsni rejalashtirishda tizimli yondashuv, o‘qitishning kutilayotgan natijalari tavsifi haqida bilib oladilar.
Mustahkamlaydi va o‘z-o‘zini baholaydi hamda o‘zgalar faoliyatini tahlil qiladi.
Yakka tartibda va kichik guruhda ishlash ko‘nikmasi hosil bo‘ladi.
Olingan bilimlarni tizimli bayon etadi.
Ular asosiy harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, irg‘itish, ilib olish, emaklash, sirpanish); oyoq va tana uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar (turli buyumlar yordamida va ularsiz) raqs mashqlari, saflanish va qayta saflanish, harakatli o‘yinlar, turli sport o‘yinlarining muhim xususiyatlarini egallash, sport mashqlari, rolikli konkida sayr qilish, velosipedda yurish, suzish va boshqalardan tashkil etishi haqida tushunchalar oladi.

Kelgusi rejalar(tahlil, o‘zgarishlar):

O‘quv jarayonini tahlil qiladi;
Mavzu bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘ladi;
Pedagogik mahoratini oshirib boradi.

O‘quv jarayoni yuzasidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradilar.
Harakatli o‘yin usullaridan o‘rganib kelish;
O‘quv jarayoni yuzasidan qo‘shimcha takliflar bildiradi

I-bosqich: Tashkiliy qism – 10 daqiqa
A) Salomlashish.
B) Tinglovchilar bilan tanishish, davomatni aniqlash, tinglovchilarni mashg‘ulot jarayoniga tayyorlash. Kichik guruhlarga bo‘lish do‘stona kelishuv o‘rnatish.
II-bosqich: Mavzuga doir tinglovchilarning bilimini aniqlash- 15 minut.
Mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash. Mashg‘ulot mavzusi , maqsadi va kutilayotgan natijalarni bayon qilish
III-bosqich: Yangi mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash uchun savollar:

Jismoniy mashqlar bilan birga amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni chiniqtirish maqsadida havo vannalari, suv muolajalari (artinish, suv quyish, dush, cho’milish) va quyosh vannalaridan fondalaniladi. U yoki bu muolajaning har biri alohida holda bola organizmining yetarlicha chiniqishini ta’minlay olmaydi (masalan bolalarning har kungi artinishlari va ayni paytda ularning ochiq havoda ko’p bo’lmasliklari).


Tabiiy omillardan kompleks foydalanish bolalarda tashqi
muhitning turli noxush ta’siriga (nam havo, yomg’ir, shamol, qizish) nisbatan chidamlilik hosil qiladi. Chiniqtirish tadbirlari jismoniy mashqlar bilan birgalikda olib borilganda juda samarali bo’ladi: aktiv muskul ishi issiqlik regulyatsiyasining takomillashuv jarayoniga va bu bilan organizmning tashqi muhitga moslashuviga yordam beradi. Chiniqish jarayonida organizmning jiddiy qayta qurilishi yuz beradi va agar bola aktiv bo’lsa, u tabiiy va oson kechadi. Bola uchun qiziqarli jismoniy mashqlar va o’yinlar bilan birgalikda amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari emotsional ko’tarinkilik uyg’otadi, oliy nerv markazlari funktsiyasini oshiradi, ichki organlar ishini va modda almashishini boshqaruvchi vegetativ nerv tizimga yaxshi ta’sir ko’rsatadi.
Chiniqish shartli reflektorli jarayon sifatida muntazamlilikni talab qiladi. Boshqaruvning yo’qligi, rejimning buzilishi natijasida muvaqqat bog’lanishlar so’nadi va bola organizmining tashqi muhitga chidamliligini va turli noxush ta’sirlarga qarshilik ko’rsatish qobiliyatini yo’qotadi.
Chiniqish jarayoni xilma-xil: u bir tomondan shifokor tavsiyasiga ko’ra maxsus tadbirlar (havo, suv, quyosh vannalari) ni o’z ichiga oladi; ikkinchi tomondan kun tartibida belgilangan sharoitning (xonani muntazam shamollatib turish, darchalarning ochiq turishi, bolalar engil kiyimbosh va poyabzali, sayrning belgilangan muddatiga va bolalar harakat aktivligi rejimiga rioya qilish, derazalari ochiq ayvonda uxlash) albatta mavjud bo’lishini taqozo etadi. Bularning hammasi organizmning to’laqonli chiniqishini ta’minlaydi, unda yoqimli o’zgarishlar paydo qiladi (nerv tizimning holati va funktsiyasini, modda almashinishi jarayonini, qon tarkibini yaxshilaydi, nafas olishni chuqurlashtiradi, psixikaning emotsional-ijobiy holatini vujudga keltiradi), sharoitni muqobillashtiradi va bola xatti-harakatini bu sharoitga moslashtiradi.
Dastur chiniqtirish tadbirlarini barcha yosh guruhlarida bir yoshdan boshlab qo’llanishni ko’zda tutadi. Unda chiniqtirish turlari, ularni o’tkazish vaqti, qancha davom etishi belgilangan, vrach tavsiyasiga ko’ra bolalarga albatta individual yondashish kerakligi ko’rsatilgan.
Harakat paytida qabul qilinadigan havo vannalari bolalar harakat faoliyati vaqtida havoning terining yalang’och qismiga bevosita ta’sir etishini ta’minlaydi. Bunday havo vannasining eng maqsadga muvofiq va tabiiy ko’rinishi ochiq havoda hamda deraza darchalari ochiq xonalarda o’tkaziladigan ertalabki gimnastikadir. Bundan tashqari ko’pincha katta va maktabga tayyorlov guruhlari bolalari havo vannasini vrach tavsiyasiga ko’ra ochiq havoda va xonadagi jismoniy tarbiya mashg’ulotlari chog’ida oladilar.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari va ertalabki gimnastika havo vannasi sifatida o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ularni xonada o’tkazishda havo harakati asta-sekin har 2—3 kunda kamaytirib boriladi, bolalar ham shunga qarab yengilroq kiyintiriladi. Bu vrach ko’rsatmasiga ko’ra, bolalar sog’lig’ining ahvoli va ularning har biriga individual yondoshgan holda amalga oshiriladi.
Mavjud tadqiqotlar, bolalar bog’chalari ish tajribalari bunday muntazam mashg’ulotlarning natijasi yuqori bo’lishini tasdiqlaydi: bolalar sog’lig’i mustahkamlanadi, shamollash va yuqumli kasalliklar kamayadi, ma’lum darajada chidamlilik hosil qilinadi.
Suv tadbirlari artinish, boshdan suv quyish, dush, cho’milish (suv havzalarida, ko’lda) kabi muolajalardan iborat. Vrachning bolalarning individual xususiyatlari va sog’lig’ini hisobga olib bergan tavsiyasi bu muolajalarni belgilash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Suv muolajalarida bolaning aktiv bo’lishi maqsadga muvofiq va zarurdir. Birinchi kichik guruhda aktivlikka undash asosan kattalardan bo’ladi, ular bolalarni harakatlarga da’vat etadilar. Bola 3 yoshdan mustaqil harakat qilishga o’rgana boshlaydi.
Oyoq, qo’l uchlaridan markazga qarab uqalash harakatlaridan iborat artinishda bolalar suvi siqilgan ho’l qo’lqoplar yordamida o’zlari harakat qilishga o’rganadilar. Doira yoki yarim doira bo’lib turgan holda ular bir vaqtda ko’krak, elka va qo’llarni ishqalab artadilar, shundan so’ng o’girilib qo’lqoplarini orqada turgan bolalarga beradilar va ularning har biri o’rtog’ining orqasini ishqalaydi. Shunday qilib, bola artinish jarayonida harakatda bo’ladi, sovuq qotmaydi va tarbiyachi rahbarligida zarur hayotiy ko’nikmaga o’rganadi.
Boshdan suv quyish o’zining organizmga ko’rsatadigan ta’siriga ko’ra oldingi tadbirlardan birmuncha kuchliroqdir. Suv oqimi badanni tozalaydi, muskullar tonusini oshiradi, ular ishini aktivlashtiradi, nerv tizimni qo’zg’otadi, tetiklik holatini yuzaga keltiradi. Bola oqayotgan suvga orqasi, ko’kragi, biqini, qorni, qo’llarini tutib aylanadi. Bundan tashqari u suv oqimiga ko’ra harakat qilib, badaniga suv sochib ishqalashi mumkin. Muolajadan so’ng barcha bolalar badanlarini tarbiyachi kuzatuvida yaxshilab artadilar.
Ko’pchilik bolalar muassasalarida muntazam chiniqtirishda vrach tavsiyasiga ko’ra ertalabki gimnastikadan so’ng (ko’pincha tayyorlov guruhlarida) belgacha suv quyish joriy qilinmoqda. Bolalar mustaqil yuvinadilar, bunda bo’yin, ko’krak, yelka va qo’llarini ishqalaydilar, shundan so’ng badanlarini yaxshilab artadilar. Belgacha suv quyib yuvinish turli sharoitda qo’llasa bo’ladigan juda qulay muolaja hisoblanadi, shuning uchun bolalarni unga o’rgatish maqsadga muvofiqdir.
Cho’milish har kungi doimiy muolaja sifatida bola organizmini sog’lomlashtirish va chiniqtirishning ajoyib vositasidir. Sovuq suv, ultrabinafsha nur omixtaligidagi toza havo, bolalar harakati — bu vositalar butun bir kompleksi bola organizmiga, uning nerv tizimi, emotsional-ijobiy holatiga favqulodda yaxshi ta’sir etadi.
Biroq, bu muolajaning samaradorligiga qaramay, undan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish, bolalarni unga asta-sekin o’rgatish—dushdan oldin artinish va suvning haroratini asta-sekin pasaytirib borish lozim. Bolalarda issiqlik regulyatori funktsiyasi yetarli rivojlanmaganligi tufayli issiqlikning teri orqali tashqariga ko’plab chiqib ketishi cho’milish paytida bolalarning harakat aktivligini taqozo etadi. Tarbiyachining suvda kichik guruhchalar (6—8 kishi) bilan uyushtiradigan oddiy quvnoq o’yinlari bolalarda ijodiy emotsiya uyg’otadi, muskul harakati esa issiqlik hosil bo’lishini kuchaytiradi. Buning natijasida bola o’zini yaxshi sezadi, sovuq qotmaydi va suvdan cho’chimaydi. Chiniqtirish maqsadidagi cho’milish dasturda o’rta, katta va tayyorlov guruhlari uchun tavsiya etiladi. Suvga o’rgatishni tajriba ko’rsatganidek, 1,5—2 yoshdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Suvi sayoz joyda yurish, tosh terish, shishirilgan o’yinchoqlar bilan o’ynash, suv sachratish kichkintoylarga o’zlari uchun yangi bo’lgan suv muhitini o’zlashtirishda yordam beradi, ijobiy emotsiya uyg’otadi, jasurlikni tarbiyalaydi.
Cho’milish joyini sinchiklab tekshirish, 3—4 bolaning kattalarning hushyor kuzatuvida bir vaqtda cho’milishi, vrachning barcha ko’rsatmalariga rioya qilish —bu muolajalarni o’tkazishning majburiy shartidir. Cho’milish muddatini har bir yosh guruhi uchun bolalar muassasasi vrachi belgilaydi. Bunda metereologik sharoit suv va havo harorati, shamol, quyoshli yoki bulutli havo) va barcha bolalar organizmining chiniqqanlik darajasi hisobga olinadi.
Suzish. Suzish havzalari bo’lgan muassasalarda bolalar kichik guruhdan boshlab muntazam cho’miltiriladi va vrach rahbarligida suzishga o’rgatiladi; maxsus muassasalarda bolalarni ilk yoshdan suzishga o’rgatiladi. Bolalarni ilk yoshdan suzishga o’rgatish salomatlik uchun muhim va kishilar hayoti va faoliyatida katta ahamiyatga ega.
Quyosh vannalari. Quyosh bola organizmiga yaxshi ta’sir ko’rsatib, uning umumiy holatini mustahkamlaydi, almashinish jarayonlarini yaxshilaydi. Ayniqsa bakteritsid (bakteriyalarning rivojlanishini to’xtatadigan), antiraxit (nerv tizimning faoliyatini yaxshilaydigan, modda almashinish jarayonini kuchaytiradigan, suyak muskul tizimni mustahkamlaydigan), eritem (qon oqimini kuchaytiradigan va terini qizartirib, badanning qorayishiga olib keladigan) ta’sirga ega bo’lgan ultrabinafsha nurlari juda foydalidir.
Quyoshning organizmga bunday rang-barang ta’siri juda ehtiyotkorlikni talab qiladi. Quyosh vannasidan me’yorida foydalanmaslik tufayli bolalarda salbiy holatlar (qo’zg’alish va uyquning buzilishi, tomirlarning keskin kengayishi, qon tarkibining yomonlashuvi va boshqalar) yuz berishi mumkin. Shuning uchun bolalar muassasalarida quyosh vannalari faqat vrach tavsiyasiga ko’ra, bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o’tkazilishi zarur.
Ilg’or tajribalar shuni ko’rsatadiki, bolani tizimli chiniqtirishni ilk yoshdan boshlash va uni bolaning bolalar muassasasidagi oxirgi kunigacha amalga oshirish kerak ekan. Shundagina bu tadbir ko’nikma harakterini kasb etadi. Bunda pedagoglar, hamshiralar va texnik xodimlar ishdagi uyushqoqlik, shuningdek ota-onalar bilan aloqa o’rnatish asosiy shart hisoblanadi.


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish