Metall bog‘lanish
Nisbatan erkin elektronlarning metall ionlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida hosil bo‘ladigan bog‘lanish metall bog‘lanish deyiladi. Metall bog‘lanish suyuq Hg dan tashqari barcha metallarga xos.
1.Kimyoviy bog‘lanish nima? 2.Qutbli va qutbsiz kovalent bo‘lanish nima asoslang.2.Metall hamda ion bo‘g‘lanish farqi.
Mavzu-4: Kimyoviy reaksiya turlari
Reja:
1.Kimyoviy reaksiya nima
2.Kimyoviy reaksiya turlari.
3.Birikish va parchalanish reaksiyalari.
4.O‘rin olish va o‘rin almashinish reaksiyalari.
Kimyoviy reaksiyalar turli belgilar asosida sinflanadi. Kimyoviy reaksiyalar reaksiyaga
kirishayotgan dastlabki moddalar (reagentlar) va reaksiya mahsulotlari sonining o‘zgarishi asosida hamda energiya yutilishi yoki chiqishiga qarab sinflanadi. Dastlabki reagentlar va mahsulotlar sonining o‘zgarishi asosida quyidagi tiplarni ajratishimiz mumkin:
1.Birikish reaksiyalarida ikki yoki undan ortiq moddadan bitta yangi modda olinadi:
A + B +... = C+ ….. ; 2H2 + O2 = 2H2O; CaO + CO2 = CaCO3;
2. Parchalanish reaksiyalarida bir moddadan bir necha yangi modda hosil bo‘ladi:
C = A + B +….; 2H2O = 2H2 + O2; CaCO3 = CaO + CO2.
3. O‘rin olish reaksiyalarida oddiy modda murakkab moddaning tarkibiy qismi o‘rnini oladi,
natijada yangi oddiy va murakkab moddalar hosil bo‘ladi:
A B + C = A C + B; Zn + 2HC1 = ZnCl2 + H2; Fe + CuSO4 = FeSO4 + Cu.
Almashinish reaksiyalarida murakkab moddalarning tarkibiy qismlari o‘zaro o‘rin almashadi:
A B + C D = A D + B C; A B + C D = A D + B C;
NaOH + HCl = NaCl + H2O; BaCl2 + Na2SO4 = BaSO4 + 2NaCl.
Kimyoviy reaksiyalarning davomida issiqlik (energiya) chiqishi yoki yutilishiga qarab ham
ekzotermik va endotermik reaksiyalarni farqlash mumkin. Kimyoviy reaksiyalarda ajralib chiqadigan energiya kimyoviy energiya deb ataladi.Kimyoviy energiyani issiqlik, nur, mexanik, elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Ko‘pincha kimyoviy energiya issiqlik energiyasiga va aksincha issiqlik energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Kimyoviy reaksiyada ajraladigan yoki yutiladigan energiya miqdori reaksiyaning issiqlik effekti (Q) deb ataladi . Reaksiyaning issiqlik effekti hosil bo‘layotgan va uzilayotgan bog‘lar energiyasi farqi bilan aniqlanadi va kilojoullarda (kJ) ifodalanadi. Ekzotermik reaksiya. Issiqlik (energiya) chiqishi bilan boradigan reaksiyalar ekzotermik (ekzo-tashqari) reaksiyalar deb ataladi .Bu reaksiyalarda issiqlik effekti “+”(plyus) ishora bilan ko‘rsatiladi:Fe + S = FeS + 96 kJ; S + O2 = SO2 + 297 kJ.
Issiqlik (energiya) yutilishi bilan boradigan reaksiyalar endotermik (endo-ichkari)
reaksiyalar deb ataladi. Bu reaksiyalarda issiqlik effekti “--” (minus) ishora bilan ko‘rsatiladi:
N2+O2=2NO—181 kJ;3O2 = 2O3 — 289 kJ.
Do'stlaringiz bilan baham: |