O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


Osmon sferasi, uning asosiy nuqta



Download 1 Mb.
bet7/100
Sana31.12.2021
Hajmi1 Mb.
#223598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100
Bog'liq
Astronomiya fanidan ma'ruzalar matni

Osmon sferasi, uning asosiy nuqta,

aylana va chiziqlari
Osmon jismlarining ko’rinma vaziyatlarini va harakatlarini o’rganish uchun, kuzatish paytida o’rinlarini aniqlash zarur bo’ladi. Buning uchun yoritgichlarning osmondagi vaziyatlarini ma’lum yo’nalishlarga nisbatan o’rganish yetarli bo’lib, ko’p xollarda, ulargacha bo’lgan masofalarni aniqlashga ortiqcha ehtiyoj sezilmaydi. Yoritgichlarning ko’rinma vaziyatlari va harakatlarini o’rganishdan oldin, ayrim tushunchalar hamda osmonning asosiy nuqta, chiziq va aylanalari bilan tanishishga to’g’ri keladi.

Osmon sferasi deb, radiusi ihtiyoriy qilib olingan va markazi kuzatuvchining ko’zida yotgan shunday sferaga aytiladiki, bu sferada osmondagi yulduzlar, ma’lum bir vaqtda, aniq bir nuqtadan kuzatilganda qanday ko’rinsa, shundayligicha proeksiyalangan bo’ladi.

Ta’rifdan ko’rinishicha, osmon sferasi markazidagi nuqtada joylashgan kuzatuvchi, uning sirtida joylashgan yulduzlarni osmonda qanday ko’rinsa, shundayligicha ko’radi. Osmon sferasida yoritgichlarning o’zaro joylashishi, ularning ko’rinma va haqiqiy xarakatlarini o’rganishda, osmonning qo’yidagi asosiy nuqta, chiziq va aylanalariga tayaniladi.

Osmon sferasining markazida turgan kuzatuvchidan o’tkazilgan vertikal yo’nalishning osmon sferasi bilan kesishgan ikki nuqtasidan biri (kuzatuvchining bosh tomoni yo’nalishdagisi) zenit (Z), unga diametral qarama-qarshi yotgan ikkinchisi esa, nadir (Z') deb yuritiladi (13-rasm). Sferaning bu nuqtalarini tutashtiruvchi to’g’ri chiziq vertikal chiziq deyiladi.

Osmon sferasini, uning markazidan vertikal chiziqqa perpendikulyar qilib o’tkazilgan tekislik bilan kesishishidan xosil bo’lgan katta aylana - matematik gorizont deb yuritiladi. Sferaning vertikal o’q orqali o’tuvchi tekisliklar bilan kecishishidan hosil bo’lgan katta aylanalari esa, vertikal aylanalar deb ataladi. Yuqorida eslatilgan nuqta va chiziqlar, kuzatuvchining Yer sirtida o’z o’rnini o’zgartirishga bog’liq ravishda o’zgarib turadi. Osmon sferasining, Yer sharining asosiy chiziq va nuqtalari bilan bog’liq bo’lgan shunday nuqta va chiziqlari mavjudki, ular Yerning istalgan joyidan kuzatilganda ham o’z holatlarini o’zgartirmaydi. Olam qutblari, olam o’qi, osmon ekvatori ana shunday nuqta, chiziq va aylanalardan hisoblanadi.

Yer o’qi davomlarining osmon sferasi bilan kesishgan nuqtalari - olam qutblari deyiladi. Yer shimoliy qutbi davomining osmon sferasi bilan kesishgan nuqtasi olamning shimoliy qutbi, janubiy qutbi davomining sfera bilan kesishgan nuqtasi esa olamning janubiy qutbi deyiladi. Olam qutblarini tutashtiruvchi o’qni olam o’qi deb yuritiladi. Osmon sferasini markazidan o’tib, uni olam o’qiga tik tekislik bilan kesishishidan xosil bo’lgan katta aylana - osmon ekvatori deyiladi. Osmon ekvatori, Yer ekvatori bilan bir tekislikda yotadi. Osmon ekvatori tekisligiga parallel tekisliklar bilan sferani kesishishidan hosil bo’lgan aylanalar - sutkalik parallellar deyiladi. Olam o’qi orqali o’tuvchi tekisliklar bilan osmon sferasini kesishishidan hosil bo’lgan katta aylanalar esa, og’ish aylanalari deb ataladi.

Osmon sferasining asosiy chiziqlari va aylanalari proeksiyalangan tekislikda yotib, olam qutblari, zenit va nadir nuqtalaridan o’tuvchi katta aylana - osmon meridiani deyiladi. Uning matematik gorizont bilan kesishgan nuqtalari, gorizontning shimol (olamning shimoliy qutbiga yaqini) va janub (olamning janubiy qutbiga yaqini) nuqtalari deb ataladi.

Bu nuqtalardan 90 masofada yotgan matematik gorizontning nuqtalari sharq va g’arb nuqtalari deyiladi. Matematik gorizont tekisligi bo’ylab yo’nalib, shimol va janub nuqtalarini tutashtiruvchi to’g’ri chiziq kesmasi tush chizig’i deb yuritiladi.

Osmon sferasining yuqorida keltirilgan nuqta va chiziqlari o’rganilgach, ular asosida osmonning turli koordinata sistemalarini o’rganish ortiqcha qiyinchilik tug’dirmaydi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish