O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

7.5. Xonadon jamg‘armasi
Xonadon faoliyati iste’mol bilan tugallanmaydi, chunki u jamg‘a-
rishni ham bildiradi. 
Jamg‘arish 
xonadon daromadining uning joriy
iste’mol sarflaridan ortib qolgan qismidir. Jamg‘arish miqdorini 
(J)
aniqlash uchun qo‘lga tekkan daromaddan 
(Dk)
joriy iste’mol sarflari
(Xi)
chegirib tashlanadi. Bunda 

=
Dk

Xi
hosil bo‘ladi. Masalan,
xonadonning bir yillik qo‘lga tekkan daromadi 4,2 mln so‘m bo‘lsa,
shundan 3 mln so‘m iste’mol uchun sarflanadi. Bunda jamg‘arish
1,2 mln so‘m bo‘ladi, chunki 

= 4,2 mln – 3,0 mln =1,2 mln. Xo‘sh,
nima sababdan xonadon jamg‘arish qiladi? Buning sabablari quyi-
dagicha:
1. Xonadon ham riskka – xatarga yo‘liqadi, uni yumshatish
uchun pul jamg‘armasi hosil etiladiki, bu firmada tovar moddiy zaxira
hosil etish singari, har ehtimolga qarshi tashkil qilinadi.
2. Xonadonning kechiktirilgan ehtiyoji bo‘ladi, bunda xonadonning
hozirgi topgani bu ehtiyojni qondirishga yetmaydi. Masalan, xonadon
uy yoki avtomashina olishi kerak, bunga hozirgi puli yetmaydi, shu
bois u pulni mashina yoki kvartira olishga yetguncha jamg‘arib boradi.
3. Xonadonning kelajakda kutiladigan xarajatlari bor, masalan,
to‘y, ma’raka o‘tkazish, qarilikni ta’minlash va h.k. Bular ham jamg‘a-
rishni talab qiladi.
4. Umuman, kishilarda boylik to‘plash uchun jamg‘arishga intilish
bo‘ladi, chunki boy bo‘lmayman degan odam topilmaydi.
Xonadon topganining faqat bir qismini jamg‘arishi mumkin,
chunki uning kundalik tirikchiligi o‘tib turishi lozim. Xonadonda
jamg‘arish koeffitsiyenti 
(K)
bilan qancha daromad 
(D)
jamg‘arilib
borishini 
(J)
bilish mumkin. Bunda 
J
K
D
=
bo‘ladi. Har doim 
K
<1
bo‘lishi talab qilinadi. Agar 
K
= 1 bo‘lsa, iste’mol nolga tenglashadi,
bu mutlaqo bo‘lishi mumkin emas, chunki xonadon faqat hayotiy
ehtiyojlarini (iste’molini) qondirganidan so‘ng jamg‘arma hosil etishi
mumkin. Bu koeffitsiyent birdan kam, lekin har xil darajada undan
past bo‘lishi mumkin: 
K
=0,2; 
K
=0,24; 
K
=0,30; 
K
=0,32 va h.k.
Koeffitsiyentning bunday tebranishi daromadning miqdoriga va
jamg‘arishga moyillik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, xonadonning


7 0
yillik daromadi 6,0 mln so‘m, uning 20 foizi jamg‘ariladi, jamg‘arishga
moyilligi pasaysa, jamg‘arish 15 foizga tushib qoladi. Bordi-yu daromad
7,5 mln so‘mga yetib, moyillik oldingidek qolsa (20 foiz bo‘lsa),
unda jamg‘arish daromadga qarab oshgan bo‘ladi.
Xonadon daromadi bilan uning joriy sarflari o‘rtasidagi farq
(
D
— 

) qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik ko‘p jamg‘arma hosil bo‘ladi:
Daromad
Xarajat
Chizmadan daromad va xarajat chiziqlari bir-biridan yiroqlashib
borganini ko‘ramiz. Bunda oraliq 
AB
bo‘lgan. Bu
jamg‘arishning ortib borishini ko‘rsatadi va 
FL
oralig‘i eng kattasi
bo‘lgan. Agar daromadlarning hammasi sarflanganda ikki chiziq
tenglashib (13=13), nuqtali 
OZ
chizig‘i hosil bo‘lar edi, ya’ni
jamg‘arish nolga tenglashadi. Agar xarajat chizig‘i daromad chizig‘ining
pastida bo‘lsa, jamg‘arma hosil bo‘ladi, agar tepasida bo‘lsa, xonadon
topganining hammasini sarflab, qarzga yashayotgan bo‘ladi.
Xonadon jamg‘armasi turli shakllarda yuz beradi:
1) Pul shaklida, buning uchun pulning qadri barqaror bo‘ishi, u
kuchli inflatsiyaga duch kelmasligi zarur; 2) ko‘chmas mulk shaklida,
bunda jamg‘arilgan pul bino, yer, uy-joyga aylantiriladi; 3) moliyaviy
aktivlar shaklida — bunda pulga qimmatli qog‘ozlar, ya’ni aksiya,
obligatsiya va sertifikatlar sotib olinadi; 4) javohirot, osori atiqa
buyumlar shakli. Bunda pul shu buyumlarni sotib olishga yuboriladi.
Xonadon jamg‘armasi haqida so‘z ketganda uning hamma toifalari
(boy, o‘rtahol, kambag‘al)ni jamg‘arishni nazarda tutish kerak, chunki
ularning barchasida u yoki bu darajada jamg‘arishga moyillik bo‘ladi,
shu sababdan ularning jamiyatdagi yalpi jamg‘armadagi hissasi turlicha
bo‘ladi. Masalan, 1998-yil AQSHda yalpi jamg‘arish 1 trill 267 mlrd
dollar bo‘lgan, lekin uni hosil etishga xonadonlar turlicha hissa qo‘shgan.
Xonadonning moddiy yoki pul shaklidagi jamg‘armasini daromad
olish uchun biror ishga qo‘yilganda 

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish