O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

1.3. Iqtisodiy resurslar
Iqtisodiy faoliyat uchun nimaiki zarur bo‘lsa, ular iqtisodiy
resurslar hisoblanadi.
Resurslar moddiy va insoniy (mehnat) resurslaridan iborat. Moddiy
resurslar moddiy ashyoviy shakldagi resurslar bo‘lib, ular ikki xil bo‘ladi:
a) Òabiiy resurslarni tabiat insonga in’om etgan bo‘lib, yer, suv
osti va yer usti boyliklari, ob-havodan iborat. Yer qa’ridagi boyliklarni
qaytadan yaratib bo‘lmaydi. Masalan, yangidan yer maydonini, yer
ostidagi neft, gaz va turli ma’danlarni yaratib bo‘lmaydi. Biroq tuproq
hosildorligini oshirish, yerdagi dov-daraxtlar va boshqa o‘simliklarni
yangidan yaratish, ya’ni ekib, parvarish qilish mumkin. Òabiiy resurslar
eng noyob va qimmatbaho resurslar hisoblanadi.
b) Inson o‘z qo‘li bilan mehnat qurollari, mashina-uskuna, bino –
inshoot kabi moddiy resurslarni yarata oladi. Shu sababli insonlar
yaratiluvchi resurslar hosil etadi. Mehnat resursi iqtisodiyot uchun
eng muhim va eng asosiy resurs hisoblanadi. Kishilar, aqliy va jismoniy
ishlash qobiliyati ish kuchi deb yuritiladi. Resurslar ishlab chiqarishga
kirib kelgach, uning omillariga aylanadi, bular – yer, mehnat, kapital,
tadbirkorlik qobiliyati va axborotdir.
Iqtisodiyotning azaliy va asosiy ziddiyati mavjud bo‘lib, bu
ehtiyojlarning cheksizligi va resurslarning cheklanganligi
o‘rtasidagi ziddiyatdir.
Odam ko‘p narsani xohlaydi, biroq buning uchun ularga har doim
resurslar, ayniqsa tabiiy resurslar yetishmay kelgan. Bu hozirda ham
kuzatiladi. Bu ziddiyat muqobil iqtisodiy tanlov asosida hal etiladi.
Bunda iqtisodiy faoliyatning eng maqbul turi tanlab olinadi, ya’ni
mavjud resurslarni samarali ishlatish asosida ehtiyojlarni to‘laroq
qondirish yo‘li tutiladi. Bu yerda resurslar sarfining birligiga ko‘proq
mahsulot va xizmatlar olinadi, ya’ni mehnat unumdorligi oshiriladi,
bu esa kam sarflagan holda ko‘p ishlab chiqarishni bildiradi.
Mehnat unumdorligi ishlab chiqarishning texnikaviy darajasiga,
ishlovchilarning bilimi va kasbiy mahoratiga, ishlab chiqarishning tabiiy
sharoitiga va, nihoyat, kishilar mehnatini naqadar rag‘batlantirilishiga
bog‘liq bo‘ladi. Mehnat unumdorligi yuqori yerda ne’matlar mo‘l-ko‘l
bo‘lib, kishilar farovon yashaydilar.


1 0

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish