O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri


Bozor — bu sotuvchilar va xaridorlarning tovarlarni pul vositasida



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

Bozor — bu sotuvchilar va xaridorlarning tovarlarni pul vositasida
oldi-sotdi etish borasida yuzaga keladigan o‘zaro manfaatli iqtisodiy
aloqalardir.
Bozorda sotuvchilar va xaridorlar bir-biriga duch keladi.
Sotuvchilar ma’lum turdagi tovarlarni bozorga chiqarib, uni ma’lum
narxda xaridorlarga taklif etuvchilar bo‘ladi. Bular jumlasiga firmalar,
aksioner jamiyatlar, fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, yakka
tartibda ishlovchilar, yollanma ishchilar va davlat idoralari kiradi.
Ayni paytda, shularning o‘zi bozorda xaridor vazifasini ham o‘taydi.
Ular bozorda bir narsani sotsa, boshqasini sotib oladilar. Firma bozorda
o‘z tovarini sotsa, bozordan o‘ziga kerakli asbob-uskuna, xomashyo,
yoqilg‘i va turli materiallarni sotib oladi. Ishchi o‘z kuchini bozorda
sotgani holda, tirikchilik uchun kerakli tovarlarni bozordan xarid
etadi. Xo‘sh, tovarning o‘zi nima?
Tovar – bu bozorda pul vositasida ayirboshlanadigan, ya’ni oldi-
 sotdi qilinadigan mahsulotlar va xizmatlardir.
Tovarlar ishlab chiqarishda yaratiladi, so‘ngra bozorga chiqariladi,
u yerdan sotib olingach iste’molga kelib tushadi. Tovarlar dunyosi
g‘oyat boy va rang-barang bo‘ladi. Hozir yer yuzida 25 mln xil
tovarlar bozorda ayirboshlanadi. Yirik supermarket xaridorlarga 20 –
25 ming xil tovarlarni taklif etadi. Tovarlar pul vositasida ayir-
boshlanadi. Tovar sotilganda u pulga ayirboshlanadi, u sotib olinganda
esa, pul tovarga ayirboshlanadi. Pul bozor aloqalariga xizmat qiluvchi
hammabop iqtisodiy vosita, quroldir. Shu sababli bozor iqtisodiyoti
pulga asoslangan iqtisodiyot hisoblanadi. Pul tovarlarni ayirboshlashga
xizmat qiladi, sarf-xarajat va topilgan daromadni o‘lchash vositasi
bo‘ladi va nihoyat jamg‘arish vositasi sifatida boylik to‘plashga xizmat
qiladi. Pul iste’molchi qo‘lida tovarni xarid etishga xizmat qiladi.
2-BOB. BOZOR VA UNING QONUN-QOIDALARI


1 4
Bozordagi xaridorlar — bu ma’lum miqdordagi tovarlarni ma’lum
narxda sotib olish ishtiyoqi va buning uchun puli bor bo‘lganlardan iborat.
Bozordagi tovarni sotib olish uchun pul kerak, buning uchun esa
nimanidir sotish kerak, shu bois xaridor sotuvchi vazifasini ham
o‘taydi. Bozor har ikki tomonning hojatini chiqargani uchun manfaatli
bo‘ladi, chunki sotuvchi o‘z tovarini pullashdan manfaat topsa, xaridor
o‘ziga kerakli tovarni topib, iste’molini qondiradi.
Bozor iqtisodiyotda g‘oyat muhim vazifalarni bajaradi:
1. Ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni sotish orqali iste’mol-
chilarga yetkazib beradi. Bozorda tovarlar ko‘p bo‘lib, ulardan keragini
tanlab oladilar. Òovarga to‘yingan bozor iste’molni to‘laroq qondiradi.
2. Ishlab chiqarishning uzluksiz borishini ta’minlaydi. Bozorda
tovarlar sotilgach, xarajatlar qoplanadi, ya’ni sarflangan pul ishlab
chiqaruvchiga ortig‘i bilan qaytadi. Bozordan tushgan pulga
tadbirkorlar yangidan resurslar sotib oladilar, ularni ishlatib, qaytadan
tovar yaratib, uni yana bozorga chiqaradilar. Shu taxlitda uzluksiz
ishlab chiqarish yuz beradi, ya’ni u qayta va qayta takrorlanadi.
3. Iqtisodiyotni tartiblab turadi. Bozor nimani va qancha ishlab
chiqarish zarurligi haqidagi signalni (axborotni) tadbirkorlarga yetkazib
turadi. Signal vazifasini bozor narxi o‘taydi. Narxning ortishi tovarni
ko‘plab chiqarishni, pasayishi esa uni kamroq ishlab chiqarish yoki
undan tamomila voz kechish zarurligini bildiradi.
4. Xalqaro miqyosda o‘zaro manfaatli savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatadi.
Oldi-sotdi aloqalari mamlakat chegarasidan chiqib, davlatlararo yuz
beradi. Bu bilan mamlakatlar bir-biriga yaqinlashadi, ular iqtisodi bir-
biriga bog‘lanib, o‘rtadagi mojarolar o‘rniga hamkorlik keladi.
Bozordagi aloqalar ikki yo‘sinda, ya’ni bevosita va bilvosita yuz
beradi. Bevosita aloqa o‘rnatilganda ishlab chiqaruvchining o‘zi
mahsulotini iste’molchiga o‘zi sotadi, ular o‘rtasida hech kim turmaydi.
Masalan, «Yulduz» tikuvchilik korxonasi o‘z tovarini iste’molchilarga
o‘zining magazini orqali sotadi.
Bilvosita aloqa o‘rnatilganda ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotini
savdo firmalariga beradi, ular esa buni iste’molchiga sotadi. Masalan,
«Yulduz» korxonasi o‘zi ishlab chiqargan kiyim-kechakni magazinlarga
yoki mol-buyum bozoridagi kichik savdogarlarga sotadi, iste’molchi
tovarni korxonadan emas, balki mana shulardan oladi. Bu yerda
savdodagi vositachilik kelib chiqadi. Vositachilik vazifalarini 

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish