O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri


Narxni xaridorning qurbiga qarab farqlantirish



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

Narxni xaridorning qurbiga qarab farqlantirish.
Masalan,
restoranga kunduzi oddiy xo‘randa tushlik qilgani keldi, uning puli
ko‘p emas. Uning pulini olish uchun restoran bir kishilik ovqat narxini
2600 so‘m qilib belgilaydi. Xuddi shu ovqat narxi kechqurun 5000
so‘m bo‘ladi, chunki restoranga puldor xo‘randa kelib dam olib ketadi.
2. 
Narxni tovarning sotilish hajmiga qarab tabaqalashtirish.
Bunda
tovar oz olinsa, narxi yuqori, ko‘p olinsa, u past qilib belgilanadi.
3. 
Narxni mavsumga qarab tabaqalashtirish.
Bunda narx talabning
mavsumiy o‘zgarishini hisobga oladi. Yoz kezlarida aviakompaniyalar
samolyot chiptasi narxini oshiradilar, chunki yozda safarga chiqish
ko‘p bo‘ladi. Aksincha, qish paytlarida uchish kam bo‘lganidan
samolyotlarni to‘ldirish uchun chiptalar arzonlashtiriladi.
Firma narxni xaridor talabiga binoan belgilaydi.
Masalan, erkaklar kastumiga narx 127,5 dollar qilib belgilanadi.
Buni 130 dollar qilsa ham bo‘ladi, lekin firma bunday qilmaydi,
chunki ikir-chikirigacha maydalab belgilangan narxni xaridor adolatli
deb biladi, u 127,5 dollarni yaxshi qabul qiladi, har holda bu 130
dollar emas-da. Narx belgilashda firma inflatsiyani ham hisobga oladi.
Inflatsiya darajasini narxlar indeksi, ya’ni foizda ifodalangan o‘sishi
belgilaydi. O‘zbekistonda iste’mol tovarlari narxining indeksi 2004-
yil 103,7 %, 2005-yil 107,8 %, 2006-yil 106,8 % bo‘ldi. Narxlarning
o‘sishi firma xarajatlarini ham ko‘paytirib yuboradi. Bularni qoplab
foyda ko‘rish uchun yaratilgan tovarlar narxi ham oshiriladi.
Narx siyosati marketingning o‘ta muhim vazifasi, chunki narxga
qarab tovar sotilishi firmaning boyib yoki kambag‘allashib ketishiga
sabab bo‘ladi.
6.6. Reklama
Òovarlar sotilishi uchun bozordagi xaridorlar undan xabar topishlari
zarur, ayniqsa, bu tovarlar bozorga dastlab chiqarilgan paytda g‘oyat
muhim bo‘ladi, chunki odamlar tovar bilan tanish bo‘lmaydi. Shunday
paytda tovar haqida birinchi tasavvur berilib, unga dastlabki talab
chaqiriladi.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish