tilgan miya sohalaridan chiqqandan so‘ng yo‘l-yo‘lakay vegetativ nerv
tugunlarida to'xtab, so‘ngra ishchi a’zolarga boradi.
4.
Vegetativ nervlar miyelinli pardalar bilan o'ralgan. Shuning uchun
ular ingichka bo'ladi. Periferik nervlar miyelinli bo'lib, ancha yo'g'on,
katta diametrlidir.
Shunday qilib, vegetativ nerv sistemasiga yagona nerv sistemasining
moddalar almashinuvi funksiyasi va ichki a’zolaming trofik vazifalarini
idora qiladigan qismlari kiradi.
Vegetativ nerv sistemasi ularning joylanish o'rni va vazifasiga qarab
ikkita (simpatik va parasimpatik) qismga ajratilgan.
Simpatik qism
funksiyasi jihatidan parasimpatik qismga qarama-qarshi turadi. Jumladan,
simpatik nervlar biror ishni tezlashtirsa, parasimpatik nervlar sekinlashti-
radi yoki aksincha bo'ladi.
Endi simpatik va parasimpatik nervlarga alohida to'xtalamiz.
SIMPATIK QISM
Vegetativ nerv sistemasining simpatik qismi markazi orqa miyaning
birinchi ko'krak segmenti bilan uchinchi bel segmenti orasidagi kulrang
moddaning yonbosh shoxlarida joyJashgan. Yonbosh
shoxlarida joylashgan
hujayralardan boshlangan nerv tolalari orqa miyaning oldingi nerv ildizi
bilan umurtqa teshiklaridan o'tadi. Bu yerda simpatik nerv tolalari oldingi
nerv ildizidan (oldingi nerv ildizining orqa nerv ildizi bilan qo'shilishi
oldida) ajralib, umurtqa pog'onasi yonboshida joylashgan simpatik tugunlar
zanjiriga oq qo'shuvchi tolalar nomi bilan qo'shiladi.
Kulrang qo'shuvchi tola umurtqa pog'onasi yonida joylashgan simpa
tik tugunlardan boshlanib, o'z yaqinidagi orqa miya nerviga qo'shilib,
ishchi a’zolar (tomir, bez va muskullar)ga tarqaladi.
Simpatik poya umurtqa pog'onasining ikki yonboshida (umurtqa
tanalari yonida) joylashgan alohida nerv tugunlarining o'zaro tolalari bilan
qo'shilib joylashgan tugunlar zanjiridan iborat.
Simpatik poya joylashgan
o'rniga qarab bo'yin, ko'krak, bel va chanoq qismlariga bo'linadi.
Bo'yin qismi umurtqa pog'onasining ikki yonboshida joylashgan uchta
(ustki, o'rta va pastki) tugunlardan iborat bo'lib, ular tugunlararo
tolalar
bilan qo'shilgan. Bo'yin tugunlaridan shu yerda joylashgan qon tomirlar
devori bo'ylab tarqaluvchi, bo'yinda joylashgan a’zolar va bezlarga, yurakka
boruvchi nerv tolalari chiqadi. Bu tolalar qon tomiri devorida a ’zolarga
borib, nerv chigalini hosil qilib tarqaladi.
Umurtqa pog'onasi ko'krak qismining ikki yonboshida 11— 12-juft
tugunlar turadi. Bundan
tashqari, har bir tugun oq qo'shuvchi tolalar
orqali miya kulrang moddasi bilan qo'shilsa, kulrang qo'shuvchi tola
orqali esa har bir tugun nervlar bilan qo'shilib, ishchi a’zolarga boradi.
Shu bilan birga tugunchalardan chiqqan nerv tolalari yig'ilib, ichki a’zo-
larga boruvchi katta va kichik qorin nervlarini hosil
qiladi. Bu nervlar
ko'krak qafasidan diafragma orqali qorin bo'shlig'iga o'tib, quyosh chigalini
hosil qilishda qatnashadi. Bu nervlardan juda ko'p mayda tolalar chiqadi.
Ular aorta, traxeya, bronx va o'pkalarga borib, nerv chigallarini tashkil
qiladi. Bu chigallarga joylashgan o'rniga qarab nom beriladi (aorta, o'pka
chigali va h.k.).
Yuqorida aytganimizdek, quyosh chigali ichki a’zolarga boruvchi katta
va kichik qorin nervlari (tugun oldi — preganglionar tolalar)dan tashqari,
o'ng va chap adashgan nervlar, uch shoxli arteriya poyasi atrofida
joylashgan ikkita yarim oy shaklli tugunlardan tashkil topgan. Tugunlardan
chiqqan (postganglionar) tolalar qorin aortasidan chiquvchi arteriya devori
atrofida chigallar hosil qilib (chigallar ana shu arteriyalar nomi bilan
ataladi), so'ngra a’zolarga tarqaladi. Har bir a’zoga borib,
ularning devori
ichida joylashgan chigalni hosil qilib, keyin tarqaladi. Ular me’da, jigar
ichidagi (a’zolar devorining tarkibidagi) intramural nerv chigallari deb
ataladi va h.k. Postganglionar tolalar qon tomirlarni siqib, toraytirish,
me’da-ichaklar harakatini esa sekinlashtirish vazifasini o'taydi.
Shuning
uchun ham bu chigal «qorin miyasi» deb ataladi.
Bel qismida
4
— 5 ta tugun bo'lib, ular umurtqa pog'onasining ikki
yonboshida joylashib, nerv tolalari bilan o'zaro qo'shilishdan tashqari,
ko'ndalang tolalar orqali qarama-qarshi tomondagi bel tugunlari bilan
ham birlashadi.
Chanoq qismida bir-biriga yaqin joylashgan
4
— 5
juft tugundan faqat
bir jufti dum qismiga to'g'ri keladi, qolgan 4 jufti dumg'aza sohasida.
Tugunlar o'zaro va qarama-qarshi joylashgan tugunlar bilan qo'shilgan.
Bel tugunlaridan chiqqan postganglionar tolalar qorin bo'shlig'ida
joylashgan qon tomir, ichki a’zolarni innervatsiya qilishda qalnashsa,
dumg'aza qismidan chiqqan nervlar chanoq bo'shlig'idagi qon tomir va
a’zolarga alohida chigallar hosil qilib tarqaladi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: