qo‘I bilan siqib-bo‘shatib) manjetga havo yuboriladi-da, yelka arteriyasidan
qon oqishi to'xtatiladi. Qon to ‘xtaganligini tirsak chuqurchasiga fonen-
doskopning diafragmali boshchasini q o ‘yib, tomir urishi (ton) y o ‘qolishi
bilan aniqlanadi. So'ngra manjetdan asta-sekin havoni chiqarib, fonen-
doskop yordamida ton paydo bo'lishi kuzatiladi. Birinchi ton bo'lgan
zahotiyoq simob ustunidagi ko'rsatkich orqali maksimal bosim aniqlana
di. Keyinchalik manjetdan havoni asta-sekin chiqarib fonendoskop orqali
ton eshitilmaguncha (yo'qolguncha) kuzatiladi.
Puls eshitilmagan vaqtda
simob ustunidagi ko'rsatkich qon bosimining minimal bosimi hisoblana
di. Sistola vaqtida yurakdan chiqqan qon aortaga o'tib, undagi bosimni
ko'taradi. Aorta bosimining to'lqini esa o 'z navbatida arteriyalarga tarq-
alib, ulaming devorini tebratadi. Natijada tomir urishi — puls vujudga
keladi. Pulsni yuza va suyakka yaqin joylashgan arteriyalarga (bilak va
chakkaning yuza arteriyalariga o'xshash) barmoqlami qo'yib aniqlanadi.
Puls orqali yurakning bir minutda qisqarish soni, kuchi va umuman yurak
faoliyati aniqlanadi.
Odatda, arteriyalar bo'linib, arteriolalarga, ular esa predkapillarlarga,
so'ngra kapillarlarga bo'linadi. Ular bir-biridan
devorlaridagi muskul
qavatlariga qarab farqlanadi.
Jumladan, arteriyalar devorida muskullar
ko'p qavatli bo'lsa, arteriolalar devorida bir qavat, predkapillarlar devorida
esa bir qavat muskullar bo'linib-bo'linib (segmentlar), devorning qalinli-
gi 1 mkm holatda joylashgan. Kapillarlar devori k o'p teshikchali bir
qavat epiteliydan tuzilgan. Kapillar uzunligi o'rtacha 0,5 mm, diametri
3— 35 mkm, segmentar bo'ladi. Shuning uchun ham qon kapillarlarda
juda
sekin oqib, moddalar va gaz almashinuvi jarayonlariga yetarlicha
sharoit tug'diradi. Qon tarkibidagi kislorod, oziq moddalar hujayralarga
o'tadi. Ulardan karbonat angidrid gazi va moddalar almashinuvida hosil
bo'lgan boshqa moddalarni o'ziga qabul qiladi.
Kapillarlar barcha to'qim alarda ham bir xil tarqalmagan. Masalan, 1
mm2 muskul to'qim asidagi 200 ta muskul tolalariga 700— 2000 kapillarlar
tarqalgan bo'lsa, 1 mm2 yurak muskullariga 4000 tagacha kapillarlar
to 'g 'ri keladi. Lekin ixtiyoriy qisqaruvchi muskullarda joylashgan kapil-
larlaming hammasi ham bir vaqtda ishlamaydi.
Muskullarning funksiyasiga
qarab kapillarlarning ko'p yoki oz qismi ochiladi. Jumladan, muskullar
tinch holatda bo'lganda taxminan
4%
dan ortiq kapillarlar yopiq bo'ladi.
M uskullar ishlagan sari yopiq kapillarlar ochilib, qon o'tishi ko'payadi.
Shunday qilib, m uskullarga kerakli miqdordagi m oddalar va kislorod
yetkazib beriladi. Yurakda esa barcha kapillarlardan qon o'tadi. Yurak
urishi tezlashganda kapillarlardan qon o'tishining tezlashishi hisobiga
yurak kislorod va oziq moddalar bilan ta’minlanadi. Moddalar almashi
nuvi diffuziya jarayoni molekulalarning konsentratsiyasi yuqori bo'lgan
joydan konsentratsiyasi past bo'lgan joyga qarab harakatlanadi. Jumladan,
kapillarlarning boshlanish qismida qonda kislorod,
glukoza va amino
kislotalar konsentratsiyasi yuqori bo'lgani uchun ular hujayralarga intilsa,
hujayralarda karbonat angidrid, ammiak, mochevinalar konsentratsiyasi
yuqori bo'lgani uchun ular kapillarlar oxirida qonga so'riladi. Gipertoniya
kasalligi arteriya qon bosimining turg'un yuqori bo'lishidir. Bu kasallik
ko'proq (40 yoshdan o'tgan odamlarda uchraydi) buyrak usti bezi kasal
liklarida, aterosklerozda, mayda arteriyalar spazmida paydo bo'ladi. Gi-
pertoniyaning birinchi davrida mayda qon
tomirlar spazmi tufayli qon
bosimi normadagi 125/75 o'rniga 200/130 va undan ortiq (simob ustuni
hisobida) ko'tariladi. Lekin organizmda patologik o'zgarishlar
kuzatil-
maydi. Bunga funksional davr deyiladi. Gipertoniyaning ikkinchi davri
k o'p takrorlanadi. Gipertoniya xurujida qon tomirlar ichi torayadi. Key
inchalik arterioskleroz rivojlanib, yurak gipertoniyasi paydo b o'lad i.
Natijada gipertoniya doimiy bo'lib, krizlar kuzatiladi. Kasallikning uchinchi
davrida a ’zolarda qon aylanishi o'zgaradi, yurakning bo'lmachalari va
qorinchalari (ko'proq chap qorincha) kengayadi. Yurak tomirlari sklero-
zidan stenokardiya paydo bo'ladi. Oqibatda yurak faoliyati zaiflashib,
yurak yetishmovchiligi boshlanadi. Gipertoniyada yurakdan tashqari miya
(insult) va buyraklarda (koptokchalar atrofiyasi) o'zgarishlar paydo bo'ladi.
A t e r o s k l e r o z — tomirlar devoriga lipoidlar (yog'sim on modda
lar) yopishib yig'ilishi va ular atrofida biriktiruvchi to'qim alar o'sishi
(skieroz) tufayli qon aylanishining buzilishi.
Ateroskleroz, odatda, moddalar
(asosan, xolesterin) almashinuvi buzilishidan rivojlanadi. Shunga k o 'ra
ateroskleroz to'la, semiz odamlarda jigar va o 't yo'llari kasalliklarida
ko'proq kuzatiladi. Ateroskleroz paydo bo'lishidan oldin qonda xolesterin
miqdori ko'payadi. Natijada xolesterin va boshqa lipoid moddalar yirik
tomirlar va ularning shoxlarida, yurak va miya qon tomirlarida to'plana
di. Lipoidlar qon tomirlarda bir tekis to'planm ay, joy-joylarda (tom irlar
ning burilgan, shoxlangan joylarida) oldin sariq dog'lar shaklida paydo
bo'ladi.
Aterosklerozda deyarli qon bosimi ko'tarilm aydi. To'plangan
lipidlar atrofida o'sgan biriktiruvchi to'qim alar qon tomirlar ichiga qarab
(spilaklar) kattalashadi. Oqibatda tomirlar elastikligi yo'qoladi. Keyin
chalik bu o'sm alar yumshab
parchalanib, ular o'rnida
yaralar paydo
bo'ladi. Yaralarda tromblar vujudga keladi. Pilaklar va tromblar tomirlar
bo'shlig'ini toraytiradi, hatto berkitib qo'yadi. Natijada arteriyalar spaz-
masi bo'lib, qon aylanishi buziladi. Yurak va miya qon tomirlar aterosk-
lerozida qon aylanishining surunkali yetishmovchiligi (hatto miokard
infarkti, miokard va insult kasalliklari) kuzatiladi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: