suyak oldiga kelganda tirsak tomonidagi kaft kanali orqali kaftga o'tadi.
Kaftda tirsak arteriyasining asosiy stvoli kaftning yuza arteriya ravog'ini
hosil qilishda qatnashadi. Tirsak arteriyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
1.
T irsa kn in g q a y tu v c h i a rte riy a la ri
ko'pincha
bitta umumiy stvol
bo'lib boshlanadi, yelka arteriyasi tarm og'i bilan anastomozlashadi va
yelka suyagining medial tepachasi orqasiga o'tib tarqaladi hamda tirsak
ning arteriya to'rini hosil qilishda qatnashadi.
2.
S u y a k la r o ra lig ‘ining u m um iy a rte riy a si
bilak
arteriyasidan tirsak
chuqurchasining pastki chegarasida chiqadi. K eyinchalik suyak lar
oralig'ining oldingi arteriyasi tarm og'i chiqib, suyaklar oraliq membranasi
oldingi yuzasi bo'ylab pastga tushadi va uni teshib orqa tomonga o'tadi.
Kaftning orqa yuzasidagi arteriya to'rini hosil qilishda qatnashadi. Su
yaklar oralig'ining orqa tomonidagi arteriyasi suyaklar oralig'ining umumiy
arteriyasidan chiqib, orqa tomonga yo'naladi. Muskullarga tarmoqlar beradi
va arteriya to'rini hosil qilishda qatnashadi.
3.
P a n ja a rte riy a la ri
tirsak bilan bilak arteriyalarining
kaft ustki qismi
bilan kaft sohasida tarqalgan quyidagi tarmoqlardan iborat:
1. Kaftning orqa tomonidagi arteriya to'ri bilak va tirsak arteriyala
rining shoxlari bilan suyaklar oraliq umumiy arteriyasi tarm og'ining o'zaro
qo'shilishidan hosil bo'ladi. Kaft va panjani yozuvchi muskullar payi
ostida yotadi. Arteriya ravog'idan kaft usti suyaklarining bo'g'im lariga,
barmoqlaming oraliq muskullariga tarqaladi. Tirsak va bilak arteriya shox
lari panjaning kaft yuzasida kaftning oldingi tomonidagi arteriya to'rini
hosil qiladi. Bu to 'r kaft va panjalaming bukuvchi muskullari payi ostida
joylashadi va kaft-bilak b o 'g 'im i sohasiga tarqaladi (154-rasmga qarang).
2. Panjaning kaft sohasida ikkita arteriya ravog'i bor, ulaming biri
kaftning yuza ra v o g 'i— tirsak arteriyasining
oxirgi uchi bilan bilak
arteriyasining uncha y o 'g 'o n bo'lmagan shoxchasi o'zaro qo'shilishidan
hosil
bo'ladi.
Ravoqning
pastga qaragan qavariq yuzasidan to'rtta
barmoq kaft tomonidagi umumiy arteriyalar chiqadi. Bu arteriya tarmoqlari
II— V barmoqning bir-biriga qaragan chekkalariga borib tarqaladi.
3. Ikkinchisi — kaftning chuqur ravog'i, asosan bilak arteriyasining
oxirgi uchi bilan tirsak arteriyasi shoxchasi qo'shilishidan paydo bo'ladi.
Kaft va barm oqlam ing bukuvchi m uskullari payi ostida joylashadi.
Ravoqning pastga qarab bo'rtib turgan yuzasidan uchta kaftning old
tomondagi arteriyalari chiqib barmoqlar oraliq
muskullarini teshadi va
kaftning orqa tomondagi arteriyalari bilan anastomozlashadi. Yuqorida
ta’kidlanganidek q o 'l panjasi sohasida bilak va tirsak arteriyalarining
tarm o q lari o 'z a ro keng va xilm a-x il an asto m o zla sh a d i. Ana shu
arteriyalarning xilma-xil murakkab anastomozlari qo'lning
mehnatga mos-
lashuvidan kelib chiqqan bo'lib, kaftning yuza ravog'i siqilganda, qon
barmoqlarga chuqur ravoq arteriyasi orqali boradi.
Pastga yo'naluvchi aorta aorta magistralining eng uzun qismi bo'lib,
aorta ravog'ida IV ko'krak umurtqasining oldida boshlanib, ko'ks oralig'i
ning orqa bo'lagidan pastga tushib diafragma teshigidan qorin bo'shlig'iga
o'tadi va IV bel umurtqasi oldiga kelganda ikkita katta tarmoqqa bo'linadi.
Aortaning ko'krak bo'shlig'ida joylashgan bo'lagi ko'krak aortasi deb ataladi
va undan ko'krak bo'shlig'ining devoriga hamda ko'krak bo'shlig'ida joy
lashgan a’zolar uchun mayda tarmoqlar chiqadi (155-rasm).
Ko'krak qafasining devoriga boruvchi shoxchalar quyidagilar:
1.
Qovurg'alar oralig'ining orqa arteriyalari aortaning ikki yonboshi-
dan III— XI qovurg'a oraliqlari uchun 10 juft bo'lib chiqadi.
I — II
qovurg'a oraliqlariga o'm rov osti arteriyasi shoxchalari tarqaladi.
Har bir
qovurg'a oraliq arteriyadan orqa miya va uning pardalariga tolalar tarq
aladi. Q ovurg'a oraliq arteriyasi qovurg'a ariqchasidan shu nomli vena
va nervlar bilan birga yo'naladi. Shuning uchun ko'krak bo'shlig'iga
igna bilan sanchib dori yuborishda qovurg'a oralig'ining o'rtarog'ini tanlash
lozim. Q ovurg'a oraliq arteriyalari oldiga borganda ularga oldingi qovurg'a
oraliq arteriya tarmoqlari bilan qo'shilib, arteriya doiralari (halqalari)ni
hosil qiladi. Bunday arteriya
halqalari
hayotda yonlam a
(kollateral) qon aylanishi ri-
vojlanishida katta ahamiyat
ga ega.
2. Diafragmaning ustki ar
teriyalari diafragm aning bel
bo'lagi tepasida tarqaladi.
3. Ichki a ’zolar (bronx,
qizilo'ngach, ko'ks oralig'i)-
ga ham tarmoqlar beradi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: