oldingi arteriyasi.
tomondan Silviyev chuqurchasi orqali Reyli orolchasiga borib tarqaladi.
Miyaning o ‘rta arteriyasi oxirgi tarmoqlari orolchani, yarimshaming chakka,
peshona va tepa bo'lagini qon bilan ta’minlaydi.
4. T o m i r l a r c h i g a l i a r t e r i y a s i yon qorinchaning chakka
bo'lagida joylashgan pastki shoxida (miya katta yarimsharining chakka
sohasida) tomirlar chigalini hosil qilib tugaydi.
5. O r q a d a g i b i r l a s h t i r u v c h i a r t e r i y a ichki uyqu arteri
yasidan chiqib, miyaning orqa arteriyasi bilan anastomozlashadi.
D o i r a v i y a r t e r i a l a n a s t o m o z . Chap va o'n g tomondagi
miyaning oldingi arteriyasi o'zaro oldingi birlashtiruvchi arteriya bilan
birlashib, anastomoz hosil qilsa, orqa tomonda umurtqa arteriyasining
tarmoqlari o'ng va chap tomondagi miyaning orqa arteriyalarini o'zaro
birlashtiruvchi arteriyasi orqali qo'shilishidan arteriya anastomozi paydo
qiladi. Natijada bitta doiraviy arterial anastomoz (Villiziy arteriya halqasi)
vujudga keladi. Bu arterial halqa bosh miya asosida, o'rgim chak iniga
o'xshash parda ostida turk egarining atrofini gardish bo'lib o'rab turadi.
Bu doiraviy arteriya anastomozi miyani qon bilan ta’minlashda, xirurgiyada
muhim vazifani bajaradi.
0 ‘mrov osti arteriyasi
O'm rov osti arteriyasi bir juft bo'lib, chap tomondagi arteriya to'g'ridan-
to 'g 'ri aorta ravog'idan chiqadi, o 'n g o'm rov osti arteriyasi esa bosh-
yelka arteriya stvolidan boshlanadi. Shuning uchun chap tomondagi o'mrov
osti arteriyasi bir oz uzunroq bo'ladi. Ikkala o'm rov osti arteriyasi ham
ko'krak bo'shlig'idan plevra gumbazini aylanib o'tadi va qavariq qismi
yuqoriga qaragan arteriya ravog'ini hosil qiladi. O'm rov osti arteriyasi
o'm rov suyagiga yaqinlashadi va birinchi qovurg'aning tashqi qirrasidan
boshlab qo'ltiq arteriyasi nomini oladi. O 'm rov osti arteriyasi joylashgan
o'rniga qarab uchga bo'lib o'rganiladi: birinchi bo'lim i — o'm rov osti
arteriyasining boshlanishidan narvonsimon muskullar oralig'iga kirguncha
bo'lgan qism, ikkinchi bo'lim i — narvonsimon m uskullar o ralig'id a
joylashgan qism, uchinchisi esa narvonsimon muskullar oralig'idan chiqib,
qo'ltiq sohasining yuqori chegarasigacha (birinchi qovurg'aning tashqi
qirrasigacha) bo'lgan qism. O 'm rov osti arteriyasining birinchi bo'lim i-
dan boshlangan tarmoqlari:
I.
U m u r t q a a r t e r i y a s i — o'm rov osti arteriyasidan boshlanib,
oldingi narvonsimon muskul bilan bo'yinning uzun muskuli orasidan
yuqoriga ko'tarilib, IV bo'yin umurtqasining ko'ndalang o'sig'idan teshikka
kiradi. Keyinchalik bo'yin umurtqalarining ko'ndalang o'siqlaridagi ana
sh und ay te sh ik la rd a n tik k a y u q o rig a k o 'ta r ilib , ik k in ch i b o 'y in
um urtqasigacha boradi va lateral tom onga burilib, birinchi b o 'y in
umurtqasining ustki yuzasidagi egatdan o'tadi va miyaning qattiq pardasini
teshib, ensaning katta teshigi orqali kalla b o 'sh lig 'ig a kiradi. Kalla
bo'shlig'ida o'ng va chap tomondagi umurtqa arteriyalari nishabi bo'ylab
uzunchoq miyaning ostida oldinga yo'naladi va ikkala arteriya o'zaro
birlashib, bitta toq asosiy arteriyani hosil qiladi.
U m urtqa arteriyasidan m uskullarga va kalla b o 's h lig 'in in g orqa
chuqurchasida joylashgan miyaning qattiq pardasiga bir qancha mayda
tarmoqlar beradi:
1
.
Orqa m iyaning m ayda tarmoqlari
umurtqa arteriyasining butun davomida
chiqib, umurtqa oraliq teshiklari orqali orqa miyaga boradi.
2.
O rq a m iy a n in g o ld in g i a r te r iy a s i
um urtqa arteriyalaridan kalla
bo'shlig'iga chiqib, ensaning katta teshigi orqali pastga yo'naladi, orqa
miyaning oldingi sathiga yaqinlashganda ikkala arteriya o'zaro qo'shilib,
bitta toq arteriyaga aylanadi.
3.
O rq a m iy a n in g o rq a d a g i a r te r iy a s i
umurtqa arteriyasidan kalla
bo'shlig'iga chiqib, uzunchoq miya bilan orqa miyaning ikkala yonboshi-
dan yoqalab pastga tushadi.
4.
M iy a c h a n in g o rq a d a g i p a s tk i a r te riy a si
umurtqa arteriyasining eng
yirik tarm og'i bo'lib, miyacha pastki yuzasining orqa bo'lim ini qon bilan
ta’minlaydi.
5.
A so siy a rte riy a
o 'ng va chap tomondagi umurtqa arteriyalarining
nishabda o'zaro birlashishidan paydo b o 'lib , so'ngra katta miyaning
orqadagi arteriyasiga ajraladi. Ana shu ikkala arteriya orqa tomonga
yo'nalib, miya oyoqchasini pastki va tashqi tomondan aylanib o'tib, bosh
miya yarimsharlarining ensa, chakka bo'laklariga hamda uchinchi va
yonbosh qorinchadan qon tomir chigallariga tarqaladi.
Asosiy arteriyadan miyachaning oldingi pastki yuzasiga, ko'prik qismi
(labirint)ga, miyachaning ustki yuzasiga va ichki quloqqa tarmoqlar beradi.
II. Q a l q o n s i m o n b e z - b o ' y i n a r t e r i y a s i stvoli y o 'g 'o n
va kalta (uzunligi taxminan 4 mm) bo'lib, o'm rov osti arteriyasidan
kekirdakka chiqib, qalqonsimon bezga, hiqildoqqa, qizilo'ngachga tar
moqlar beradi:
1.
B o'yinning y uqoriga ko 'ta rilu vch i arteriyasi
qalqonsimon bez-bo'yin
arteriyasidan ajralib, bo'yinning chuqur muskullariga tarqaladi.
2.
K u ra k usti a rte riy a si
oldingi narvonsimon muskulning old tomonidan
boshlanib, kurakning orqa tomonida joylashgan muskullami qon bilan
ta’minlaydi.
III. K o ' k r a k q a f a s i n i n g i c h k i a r t e r i y a s i o'm rov osti
arteriyasining pastki yuzasidan boshlanib, ko'krak qafasida to'sh suyagi
ning chekkasidan 1— 1,5 sm tashqariroqda tikka pastga yo'naladi va V II-
VIII qovurg'alar oralig'i sohasiga borganda diafragma-muskul arteriyasi
va qorin tepasidagi ustki arteriyaga bo'linadi. Diafragma-muskul arteriyasi
diafragma bilan qorin muskullarini qon bilan ta’m inlashda ishtirok etadi
va pastki 5— 6 ta qovurg'a oraliqlariga tolalar beradi. Qorin tepasidagi
ustki arteriya pastga qorinning to 'g 'ri muskuli bo'ylab kindikkacha boradi
va qorin tepasidagi pastki arteriya (tashqi yonbosh arteriya tarm og'i)
bilan anastomozlashadi. Qorin tepasidagi ustki arteriya qorin to 'g 'ri mus
kuli va uning qinini qon bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, ko'krak
qafasining ichki arteriyasidan qovurg'a oralig'iga boruvchi shoxchalami
beradi. Bu shoxchalar orqa tomonda aortadan chiqqan qovurg'alar oraliq
arteriyalari bilan qo'shilib, qovurg'a oraliqlaridagi arteriyalaming anasto-
mozlarini hosil qiladi. Natijada o'm rov osti arteriya sistemasini aortaning
ko'krak bo'lagi bilan qo'shadi. Bunday anastomozlar xirurgiyada va kol-
lateral tomirlar rivojlanishida muhim vazifani bajaradi. Arteriyaning ikkinchi
qismidan quyidagi tolalar chiqadi:
IV. Q o v u r g ' a - b o ' y i n a r t e r i y a s i stvoli o'm rov osti arteri
yasining orqa yuzasidan kalta va y o 'g 'o n shox bo'lib boshlanadi, keyin
ikkita tarmoqqa bo'linadi:
1.
B o 'y in n in g c h u q u r a rte riy a si
birinchi qovurg'a bilan III bo'yin
umurtqasining ko'ndalang o 'sig 'i orasidan o'tib, ensa va orqaning chuqur
muskullarini hamda orqa miyani qon bilan ta’minlaydi.
2. U stki q o v u r g 'a a rte riy a si
arteriya stvolidan chiqib, pastga boradi
va I— II qovurg'a oraliqlariga tarqaladi.
O'm rov osti arteriyasining uchinchi qismidan chiqadigan tolalar:
V. B o ' y i n n i n g k o ' n d a l a n g a r t e r i y a s i o'm rov osti arte
riyasidan chiqqanidan so'ng bo'yinga va ko'krak atrofidagi muskullarga
tarqaladi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |