Tashqi uyqu arteriyasi
umumiy uyqu arteriyasidan chiqqandan so ‘ng
ikki qorinchali muskul orqa qorinchasining ichki tomonidan o ‘tib, ichki
uyqu arteriyasining medial tom onidan yuqoriga ko'tariladi
va uyqu
uchburchagiga boradi. Bu yerdan ko'tarilib, pastki ja g ‘ suyagi bo'yni
ning orqa tomonidan o'tadi va quloq oldi bezi bag'riga kiradi. Bu yerda
arteriya o'zining oxirgi tarmoqlariga bo'linadi. Tashqi uyqu arteriyasi
ning tashqi tomonidan til osti nervi va yuz nervi o'tadi. Ichki tomonida
esa yuqori hiqildoq nervi bilan kesishadi. Tashqi uyqu arteriyasidan oldingi,
orqa va yuqori tomonlarga boradigan 8 ta arteriya tomirlari chiqadi.
1. Q a l q o n s i m o n b e z n i n g u s t k i a r t e r i y a s i tashqi uyqu
arteriyasining birinchi tarmog'i bo'lib, umumiy uyqu arteriyasi boshlanish
joyining yaqinidan chiqadi va qalqonsimon bezning yuqori bo'lagiga
borib
tarqaladi, qo'shni arteriya tarmoqlari bilan tutashadi (anastomozlashadi).
2. T i l a r t e r i y a s i — til osti suyagining katta shoxi oldidan bosh
lanib, til muskullariga boradi va boshqa arteriyalar bilan o'zaro tutashadi
(anastomozlashadi). Til arteriyasi til osti so'lak beziga, til osti suyagiga
va tanglay-bodomcha beziga tarqaladi.
3. Y u z a r t e r i y a s i — pastki ja g ' burchagining damida tashqi
uyqu arteriyasidan boshlanadi va ikki qorinchali muskulning orqa qorinchasi
bilan ja g ' osti bezining ostidan o'tib, pastki jag'ning pastki qirrasi orqali
yuzga chiqadi va ko'tarilib, og'iz
burchagiga, so'ngra burun qanotining
yonboshidan o'tib, ko'zning medial burchagiga borib, oxirgi tarmoqlarga
bo'linadi. Yuz arteriyasidan tanglayning yuqoriga ko'tariluvchi arteriyasi
chiqadi. Bundan tashqari, til osti so'lak beziga, og'iz bo'shlig'i
diafragmasi
bilan mayda so'lak bezlariga, pastki va yuqori lablarga tarmoqlar beradi.
Yuz arteriyasining oxirgi tarm og'i (burchak arteriyasi) k o 'z medial
burchagining oldidan chiqadi va ichki uyqu arteriya tarm og'i bilan
qo'shiladi. Yuz arteriyasining hamma tarmoqlari ikkinchi (qarama-qarshi)
tomondagi shu nomli arteriya tarmoqlari bilan keng anastomozlashadi.
4. E n s a a r t e r i y a s i tashqi uyqu arteriyasining orqa devoridan
uyqu uchburchagi sohasida boshlanib, ensa muskullari orasidan o'tib,
kallaning
ensa qismiga boradi, teri ostida yuza joylashib, bir qancha
tarmoqlarga bo'linadi va qarama-qarshi tomonning shu nomli arteriya
tarmoqlari bilan qo'shiladi. Bu arteriyadan quloq suprasiga, miya pardasiga
(bo'yinturuq teshik orqali kalla bo'shlig'iga kirib, ensa sohasidagi
miyaning
qattiq pardasiga tarqaladi) va shu sohadagi muskullarga tarmoqlar beradi.
5. Q u l o q n i n g o r q a a r t e r i y a s i tashqi eshituv yo'li yonidan
o'tadi va kallaning tepa qismigacha borib tarqaladi. Bu arteriya quloq
suprasining orqa qismi va kalla chekka sohasining o'rta quloq b o'shlig'i-
ni qon bilan ta’minlaydi.
6. H a l q u m n i n g y u q o r i g a k o ' t a r i l u v c h i a r t e r i y a s i
tashqi uyqu arteriyasi stvolining boshlanish qismidan chiqib, halqum de-
vori bo'ylab yuqoriga ko‘tariladi va halqum muskullarini qon bilan ta’
minlaydi.
7. C h a k k a n i n g y u z a a r t e r i y a s i
tashqi uyqu arteriyasining
oxirgi tarmoqlaridan biri bo'lib, yo'nalishi jihatdan uning davomidir. Bu
arteriya tashqi eshituv yo'lining oldingi tomonidan yuqoriga ko'tariladi
va chakkada teri ostida joylashadi.
8. J a g ' a r t e r i y a s i tashqi uyqu arteriyasining oxirgi y o 'g 'o n
tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Pastki jag 'd a joylashgan tishlarga boruv
chi arteriya pastki jag ' kanaliga kirib, pastki jag 'd a joylashgan hamma
tishlarga, nog'ora bo'shlig'iga, quloq pardasi va tashqi eshituv yo'liga,
chaynov va lunj muskullariga, ko'z kosasiga, tanglayga, burun bo'shlig'iga
tarmoqlar beradi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: