Shimoliy-Sharqiy Osiyo mintaqasidagi foydali qazilmalar o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: neft, toshko’mir, temir rudasi, mis, molibden, volfram, qo’rg’shin, fosfat, qalay, simob, surma, sink, oltin. Mintaqa ko’mir bilan ta’minlanish bo’yicha Shimoliy Amerikadan keying 2-o’rinni egallaydi (360 mlrd.tonna tekshirilgan zahira) Xitoyda yirik neft va temir rudasi zahirasi mavjud bo’lib, bu ko’rsatkichlar bo’yicha mamlakat 8 va 5-o’rinlarni egalladi. Lekin bu zahiralar Xitoyning o’ziga ham etmasligi mumkin. Rangli va qimmatbaho hamda kamyob metallarga boy mamlakatlarga Xitoy-Koreya platformasini kiritish mumkin.
Mintaqaning ijtimoiy ahvoli, aholisi, iqtisodiy salohiyati va ekologiyasi
Janubiy Osiyo mintaqasiga xos bo’lgan asosiy muammolardan biri – bu o’sib borayotgan qashshoqlikdir. Qashshoqlik darajasi past Osiyo aholisining yarmidan ortig’i mazkur mintaqaga to’g’ri keladi.Ularning umr ko’rish darajasi - 63,4 yilni, tashkil etadi va katta yoshdagi aholinihg 40,5%i savodsiz. Aholi soni 1,734200 mln. kishi (2009 y.), uning o’rtacha o’sish sur’ati 1990-2009 yillar mobaynida 1,6% ni tashkil etdi, bu esa jahon o’rtacha o’sishidan ancha balanddir. Aholini katta qismini hindoevropa oilasidagi hind guruxi tashkil etadi (radji, bengal, pendjab, gudjarat, bixar, assam, oriya, singalliklar). Hindistonning janubida dravid oilasiga mansub (tamillar,telugu), Himoloyda – xitoy-tibet oilasiga mansub - Tibet-birman guruxi, Pokistonda - hindoevropa oilasini eron guruxidagi – pushtunlar, beludjilar istiqomat qiladilar.
Mintaqaning YaIM (PPSda) 5,1 trln.doll. dan iborat bo’lib, uning aholi jon boshiga to’g’ri kelishi - 3333 doll.ga to’g’ri keladi. YaIM ning yiliga o’rtacha o’sish sur’ati 6,7%ni tashkil etadi. Ekologik muammosi juda keng tarqalgan atrof-muhitni ifloslanishi bo’lib, uni asosan Hindistondagi Ganga daryosining ifloslanishida ko’rishimiz mumkin.
Janubiy-Sharqiy Osiyoda tez rivojlanish oqibatida (inlusrtializatsiya va urbanizatsiya) yuzaga kelayotgan muammolardan – atrof-muhitni ifloslanishi va dagradatsiya, (xususan, inson yashaydigan muhit) jarayonlaridir (Indoneziya, Malayziya, Tailand).
Mintaqa aholisining soni oxirgi 25 yil ichida 1,6 marotabaga o’sdi va u hozirda 580 mln. kishini tashkil etmoqda. Mintaqa mamlakatlari orasida Tailand, Indoneziya, V’etnam, M’yanma, Singapur aholisining o’rtacha yillik o’sish sur’atlari 0,8 dan 2% gachani tashkil etadi; qolgan Malayziya, Laos, Bruney, Sharqiy Timor, Kambodja va Filippin aholisining o’rtacha yillik o’sish sur’atlari2% dan ortig’ni tashkil etmoqda. Aholining etnik tarkibi juda rang-barangdir, ularning katta qismi janubiy osiyo irqiga mansub bo’lib, ularda mongoloid va avstroloid belgilari mavjud. Ular asosan, xitoy-tibet, tay, avsrtoasiat, avsrtoneziy tillariga mansubdir.
Ko’pchilik mintaqa mamlakatlari o]z sanoatini va xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish kursini amalga oshirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |