O`quv-uslubiy majmua



Download 7,98 Mb.
bet66/69
Sana22.04.2022
Hajmi7,98 Mb.
#571760
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Bog'liq
4.1 modul Ona tili va adabiyot

VI. KEYSLAR BANKI
KEYS-STADI
«Keys-stadi» inglizcha so’z - (case – aniq vaziyat, hodisa, stady o’qitish). Bu metod aniq vaziyat, hodisaga asoslangan o’qitish metodi hisoblanadi. Keys-uslub – real iqtisodiy yoki ijtimoiy vaziyatlar ta’rifini qo’llaydigan ta’lim berish texnikasidir. Bunda vaziyat deganda biron aniq hodisaning ta’rifi nazarda tutiladi. Guruhga haqiqiy axborot taqdim etilib (u haqiqiy hodisaga asoslangan yoki o’ylab chiqilgan bo’lishi mumkin), muammolarni muhokama qilish, vaziyatni tahlil etish, muammoning mohiyatini o’rganib chiqish, ularning taxminiy yechimlarini taklif qilish va bu yechimlar orasidan eng yaxshisini tanlab olish taklif etiladi. Afzalliklari. «Keys - stadi» metodi bo’yicha ishlash:
1. Yakka tartibda ishlash (umumiy vaqtning 30% i): Vaziyat bilan tanishish (matn bo’yicha yoki so’zlab berish orqali). Muammolarni aniqlash. Axborotni umumlashtirish. Axborot taxlili.
2. Guruhda ishlash (umumiy vaktning 50% i): Muammolarni hamda ularning dolzarbligi bo’yicha ketma-ketligini (iyerarxiyasini) aniqlash. Muqobil yechim yo’llarini ishlab chiqish. Har bir yechimning afzal va zaif jixatlarini belgilash. Muqobil yechimlarni baholash.
3. Yakka tartibda va guruhda ishlash (umumiy vaqtning 20% i):
Muqobil variantlarni qo’llash imkoniyatlarini asoslash. Hisobot hamda natijalar takdimotini tayyorlash. Modul bo’yicha quyidagi keys topshiriqlarini bajarish tavsiya etiladi:
1-keys. Komila Kamolova hamda Akbar Tursunov bir tumanda
ishlashadi. Tumanda ona tili va adabiyot fani yo’nalishida o’tkazilgan seminarning muhokama jarayonida Komila Kamolova test sinovi o’zi o’qitayotgan fanlar tabiatiga to’g’ri kelmasligi, o’quvchini o’z ustida ishlashga
undamasligi haqida gapirib, undan voz kechish kerakligini aytdi. Akbar Tursunov esa, aksincha, test o’quvchidan tezkorlikni, faktlarni aniq bilishni talab etishi, qisqa muddat davomida hammani baholash imkonini berishini aytib, uni ona tili va adabiyot darslarida qo’llash tarafdori ekanini bildirdi.Siz qaysi o’qituvchining fikriga qo’shilgan bo’lardingiz? Fikringizni misollar yordamida asoslang.
2-keys. Hozirgi kunda lotin grafikasiga to’liq o’tish masalasi dolzarb muammo bo’lib turibdi. Nima uchun bu jarayon ko’p yillardan buyon nihoyasiga yetmayapti? Muammoni bartaraf etish bo’yicha takliflaringizni tayyorlang.
3-keys. Amaldagi lotin alifbosida ayrim harfiy birikmalar va harflar yozilishi murakkab bo’lganligi tufayli e’tirozlarga sabab bo’lmoqda. Lotin yozuvini isloh qilish yuzasidan qanday taklif bera olasiz?
Sizningcha, ayrim tovushlarni harfiy birikmalar orqali ifodalagan ma’qulmi yoki bitta harf bilan? Alifbodagi qaysi harf o’zgartirilishi kerak deb o’ylaysiz va uni qanday ifodalash tarafdorisiz?
4-keys. Hozirgi ona tili va adabiyot ta’limida sizni o’ylantirayotgan qanday muammolar bor? Mazkur muammolarni yechish bo’yicha aniq takliflaringiz bormi? Ayni mavzuda ilmiy-metodik yoki mulohazali maqola tayyorlang.



Download 7,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish