O’quv vizual materiallar
4.1-ilova
4.2-ilova
4.3-ilova
4.4-ilova
4.5-ilova
B./B./B. texnikasi
Falsafiy kategoriyalar bo’yicha
№
|
Tushunchalar
|
Bilaman (+)
Bilmayman (-)
|
Bildim (+)
Bila olmadim (-)
|
|
Kategoriya
|
|
|
|
Yagonalik
|
|
|
|
Umumiylik
|
|
|
|
Sabab
|
|
|
|
Oqibat
|
|
|
|
mazmun
|
|
|
|
Shakl
|
|
|
|
sistema (tizim)
|
|
|
|
Element
|
|
|
|
struktura (tarkib)
|
|
|
|
butun
|
|
|
|
Bo’lak
|
|
|
|
mohiyat
|
|
|
|
Hodisa
|
|
|
|
zaruriyat
|
|
|
|
Tasodif
|
|
|
|
imkoniyat
|
|
|
|
Voqelik
|
|
|
4.6-ilova
5-MAVZU. JAMIYAT FALSAFASI. HOZIRGI ZAMON JAMIYATNING GLOBAL MUAMMOLARI VA JAMIYATNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Vaqt 2 soat
Reja:
1. Jamiyat tushunchasi. Jamiyatning nazariy modeli va real jamiyat. Taraqqiyotning o’zbek modeli va Harakatlar strategiyasi.
2. Jamiyat moddiy hayoti. Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi.
3. Kishilar birligining tarixiy shakllari.
4. Jamiyat – doimiy ravishda taraqqiy etib turadigan jonli sotsial organizm. 5. Insoniyat istiqboli va global muammolar.
Tayanch so’z va iboralar
Jamiyat, ijtimoiy munosabat, jamiyatning nazariy modeli , taraqqiyotning o’zbek modeli, harakatlar strategiyasi, jamiyatning moddiy hayoti, jamiyatning ma’naviy hayoti , davlat, siyosat, huquq, demokratik jamiyat, fuqarolik jamiyati, kishilarning tabiiy va ijtimoiy birliklari: oila, urug’, qabila, elat, millat, xalq; ehtiyoj va manfaat, globallashuv, globalistika, global muammolar.
Adabiyotlar
SH.Mirziyoev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Tosh.: “O’zbekiston”, 2017.
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 2017 yil 7-fevral – Xalq so’zi, 2017 yil 8-fevral.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Tosh.: O’zb., 2017.
Sh.O.Madayeva va boshqalar. Falsafa. O’quv qo’llanma. – Toshkent 2019. 515 bet
Falsafa (M. Ahmedova va boshqalar). Darslik. T., 2006.
Falsafa: qomusiy lug’at. T.: SHarq, 2004.
Falsafa asoslari. O’quv qo’lanma. Q. Nazarov va boshqalar.- T.: O’FMJ, 2018.
Ma’ruza mavzusining maqsadi: Jamiyat, jamiyatning nazariy modeli va real jamiyat, taraqqiyotning o’zbek modeli, Harakatlar strategiyasi, jamiyat moddiy va ma’naviy hayoti, boshqaruvning mohiyati va tarkibi, davlat va fuqarolik jamiyati, kishilarning tabiiy va ijtimoiy birliklari, xususan oilaning jamiyat hayotidagi o’rni va vazifalari, insoniyat istiqboli va global muammolar to’g’risida ilmiy-nazariy bilimlarni shakllantirish.
Mavzuning vazifasi - jamiyatni dinamik rivojlanishdagi tizim sifatida qisqacha nazariy tahlil qilish va uni bilishning metodologiyasini ochib berishdir.
1. Jamiyat - falsafiy tahlilning eng murakkab obyektlaridan biri. Jamiyat nima, uning tarkibiy to’zilishi qanday, jamiyatning nazariy modelini tuzish mumkinmi yoki yo’qmi, jamiyat rivojlanishining ko’rsatkichi bormi, jamiyat tarixining subyekti va harakatlantiruvchi kuchlari faoliyati haqida nimalar deyish mumkin kabi sonsiz savollar faylasuflarning qizg’in bahslari mavzusi bo’lib kelgan va bo’lib qolmoqda. Mazkur savollarning bizning kunlarda yanada faolroq muhokama qilinayotganligi tabiiy. Har qanday normal odam o’zini jamiyatdan, uning buguni va ertasidan ajratib tasavvur qila olmaydi. Bu masalalarni nazariy to’g’ri hal qilish Sizning ertangi kundagi jamiyatdagi faol harakatingizning asosidir.
Jamiyatni tahlil etishni "jamiyat" tushunchasini aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq."Jamiyat" so’zining lug’aviy ma’nosi arabcha “to’plangan”, “yig’ilgan” demakdir.
Jamiyat kategoriyasi falsafada keng va tor ma’nolarda qo’llaniladi. Keng ma’noda bu tushuncha tabiatning yuksak darajada rivojlangan tarkibiy qismi, o’z- o’zidan rivojlanib boruvchi ijtimoiy organizmni, kishilar hayot-faoliyati va munosabatlarining jamini ifodalaydi... Tor ma’noda esa jamiyat-bu insoniyat tarixining muayyan bosqichi yoki ijtimoiy tizimning aniq turini bildiradi. Umumbashariy ma’noda jamiyat odamzodning umri, hayoti o’tgan hamma davri, joy va hududi bilan bog’liq barcha o’zgarish, jarayonlarni ifoda qiladi.
Jamiyat tushunchasi - o’ta keng va murakkab.
Jamiyatni, uning u yoki bu jihatlarini, konkret tomonlarini, qirralarini o’nlab fanlar o’rganadi. Mas, tarix muayyan mamlakat, xalqning kelib chiqishi, uning moddiy va ma’naviy hayoti, turmush tarzi, urf-odati, tarixiy shaxslar faoliyati, muhim voqea-hodisalarini xronologik tartibda bayonini beradi. Iqtisodiy nazariya fani ishlab chiqarishni boshqarish qonunlari, moddiy boyliklarni taqsimlash va ayriboshlash, mulk shakllarining amal qilish qonuniyatlarini o’rganadi. Tilshunoslik tilning paydo bo’lishi, amal qilishi va rivojlanishi qonunlarini, muomalada qanday rol o’ynashini aniqlaydi va h.k.
Jamiyatning muayyan hodisalari, ijtimoiy hayotning ma’lum tomonlari, jihatlarini o’rganuvchi konkret ijtimoiy fanlarning barchasi tadqiqot obyektlarini tahlil qilish jarayonida ba’zi metodologik tamoyillarga amal qiladi. Bu tamoyillar esa jamiyatni yaxlit bir ijtimoiy tizim sifatida o’rganuvchi falsafa fani tomonidan ishlab chiqiladi.
Demak, falsafa jamiyatni yaxlit bir ijtimoiy organizm sifatida eng umumiy tarzda o’rganadi.
Jamiyat o’zaro o’ta murakkab va serqirra munosabatlarda to’rgan ulkan miqdordagi element va tizimlar jamidan iborat. Bu ulkan dinamik tizim doimo harakatda: o’sishda, yangilanishda. Jamiyatning biz tahlil qiladigan asosiy tushunchalarining ba’zilari quyidagalardir: ijtimoiy borliq jamiyatning nazariy modeli, jamiyatning moddiy hayoti, ijtimoiy munosabatlar, siyosiy tashqilotlar, davlat, kishilarning ijtimoiy birliklari, jamiyat tarixining subyekti va harakatlantiruvchi kuchlari, tarixiy jarayon va h.k.
Jamiyat-borliqning yuksak darajada rivojlangan tarkibiy qismi. Jamiyat va borliq munosabati o’ziga xos va ziddiyatli...
Ijtimoiy borliq - obyektiv ijtimoiy reallik, o’ziga xos ijtimoiy materiyadir.
Ijtimoiy ong - jamiyatning o’z-o’zini, o’zining ijtimoiy borlig’i va atrofdagi voqelikni anglashidir.
Ijtimoiy borliq va ijtimoiy ong o’zaro bog’liq hamda o’zlarining amal qilish va rivojlanish qonunlariga ega.
Jamiyat va uning konkret tizimlari, elementlari hamda ularning munosabatlarini tahlil qilishda jamiyatning nazariy tizimi va konkret-tarixiy turining nisbatiga taalluqli ba’zi bir muhim qoidalarni bilib olish maqsadga muvofiqtsir.
Ilmiy-nazariy tahlilning eng harakterli xususiyatlaridan biri u ideallashtirilgan obyektni, boshqacha aytganda, ideal modelni tadqiq qilish asosida olib boriladi. Bunda ulkan empirik materiallar umumlashtirilib, mavjud obyektning eng mavhum xossalaridan tobora konkret xossalariga tomon boriladi.
Real jamiyat va uning ideallashtirilgan modeli aynan bo’lishi mumkin emas. Jamiyatning ideal modeli real jamiyatning mohiyatini aks ettiradi. Uning ichki, barqaror, zaruriy, takrorlanuvchi aloqa va munosabatlarini e’tiborga oladi. Ideal model - "sof", quruq, qat’iy qonun va mantiq kuchiga asoslangan obyekt. Real jamiyat murakkab, rang-barang, boy. Unda qonuniy, zaruriy, muhim, takrorlanuvchi aloqa va munosabatlardan tashqari konkret vaziyat, tarixiy sharoitdan kelib chiquvchi takrorlanmas, tasodifiy, muhim bo’lmagan, beqaror aloqa va munosabatlar ham bo’ladi. Real jamiyat dinamik rivojlanishdagi hayotiy organizmdir.
O’zbekistonda jamiyatimizni rivojlantirishning o’z modeli ishlab chiqilgan. Ushbu kontsentsiyaning asosiy qoidalari I.A.Karimovning “O’zbekiston-bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” (1993) asarida nazariy asoslab berilgan. Bozor iqtisodiyotiga o’tishniig bu yo’li-besh tamoyilga asoslanib Respublikamizning iqlimiy o’ziga xosligi va manfaatlariga, uning hayot sharoiti va imkoniyatlariga, o’zbek xalqi an’analariga, tarixi va ma’naviyatiga mos keladi, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishdek maqsadni aks ettiradi.
O’zbek modelining asosiy tamoyillari quyidagilardir:
-iqtisodni mafkuradan holi etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash;
-davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, ya’ni islohotlar tashabbuskori bo’lishi va ularni muvofiqlashtirib borish;
-qonun ustuvorligini ta’minlash;
-kuchli ijtimoiy siyosat yuritish;
-bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo’l bilan o’tish.
Mazkur "O’zbek modeli" va uning muvafaqqiyat bilan amalga oshirilayotganligi boshqa rivojlangan davlatlar tomonidan tan olindi va olinmoqda.
Respublikamizning izchil va samarali taraqqiyoti, uning jahonning ilg’or mamlakatlari qatoridan joy olishi uchun olib borayotgan sa’i-harakatlarining muvaffaqiyati ko’p jihatdan milliy modelimizning hayotbahshligini yanada oshirishni, uni davr talabidan kelib chiqib takomillashtirishni, yangi bosqichga ko’tarishni talab qilmoqda.
Bu haqda “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Prezident Farmoni (2017-yil 7-fevral)da uqtirilganidek, mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o’zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro’yobga chiqarishni taqozo etmoqda1.
Bu sohada Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Vatanimiz istiqbolini ko’zlab olg’a surilayotgan kontseptual g’oya va fikrlar keng ko’lamli tub islohotlarni ro’yobga chiqarishning nazariy va amaliy asosi, yo’riqnomasi vazifasini o’tamoqda.
Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” mamlakatimiz hayotining barcha sohalarini yangi, yanada yuksak marralarga olib chiqishning aniq dasturi bo’lib, unda belgilab berilgan fundamental vazifalar jadal sur’atlarda amalga oshirila boshlandi.
Birgina 2017 yilda Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga ko’ra, Oliy Majlis palatalari 50dan ortiq qonun loyihasi ustida ish olib bordi. Jumladan, davlat va jamiyat qurilishi bo’yicha 17 ta, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda sud-huquq tizimini isloh qilish bo’yicha 18 ta, iqtisodiyotni liberallashtirish sohasida 7 ta, ijtimoiy sohada 4 ta, tashqi siyosiy faoliyatda 3 ta qonun loyihalari ishlab chiqilishi rejalashtirilgan2.
II. Har qanday nazariy modelning reallikka aylanishi jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti sharoitlari bilan bog’liq. Jamiyatning moddiy hayot sharoitlari o’z mohiyatiga ko’ra tabiiy va ijtimoiy bo’ladi. Jamiyatning mavjudligi va rivojlanishining doimiy va zaruriy shart-sharoiti tabiiy muhit, biosferadir. Jamiyatning tabiiy muhitga bog’liqligi darajasi uning tarixiy rivojlanishi darajasi bilan belgilanadi.
Jamiyat tarixi insonlarning moddiy va ma’naviy faoliyatining rivojlanishi jarayonidir.
Odam faoliyati murakkab va keng qamrovli bo’lib, u xilma-xil ko’rinish va shakllarga ega: moddiy ishlab chiqarish faoliyati, ma’naviy ishlab chiqarish faoliyati, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-tarixiy faoliyat, texnik va texnologik faoliyat va hokazo.
Inson hayot faoliyati barcha ko’rinishlari va shakllariga kudratli ta’sir ko’rsatuvchi omil moddiy ishlab chiqarish faoliyati, moddiy boyliklar ishlab chiqarishdir.
Ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining uyg’unligidan iborat.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar mehnat predmeti, ishlab chiqarish vositalari hamda ishchi kuchi jamidan tashqil topadi...
Ishlab chiqarish munosabatlari odamlarning moddiy ne’matlar yaratish, taqsimlash, oldi-sotdi, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonidagi o’zaro aloqalaridir.
Konstitutsiyada ko’rsatilishicha, «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashqil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir...» (53-modda).
Yaqin davrlargacha jamiyat rivojini faqat moddiy omillarga bog’lab qo’yilar edi. Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashqil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog’liq. Inson tanasini uning ruhidan ajratib bo’lmagani kabi, jamiyatning moddiy va ma’naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qo’yish mantiqqa ziddir. I.A.Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va ma’naviy manfaatlarini uyg’unlashtirish ijtimoiy taraqqiyot asosi ekanligiga alohida ahamiyat berilgan.
Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotini boshqarish, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashqilotlar, turli uyushmalar) muhim o’rin tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-huquqiy jihatlari ham muhimdir. Kishilar tomonidan siyosiy va huquqiy bilimlarning chuqur o’zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
III. Kishilik jamiyatining shakllanishi va rivojida odamlarning tabiiy va ijtimoiy birliklari muhim ahamiyatga ega.
Insoniyat tarixining muayyan bosqichlarida odamlar tabiiy va ijtimoiy birlikning irq, oila, nikoh, urug’, qabila, elat, millat, ijtimoiy qatlam siflar, xalq kabi shakllariga uyushganlar. Mazkur birliklar o’zining shakli, mohiyati, vazifasiga ko’ra bir - birlaridan farqlanadilar.
Irq (ar. - tomir, ildiz) kishilarning tabiiy birligi bo’lib, uning asosiy mezoni odamlarning o’zaro gavda to’zilishi, tashqi qiyofasi, teri, ko’z va soch rangi, ko’rinishi kabi belgilari bilan farqlanishidir. Irqlar asosan uchta: evropoid, mongoloid, negroid. Lekin hozir aralash irqlar ko’payib ketgan.
Irqlar jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida teng mavqega ega bo’lishlari kerak.
Tabaqalar o’zlarining iqtisodiy, huquqiy mavqelari bilan farqlanuvchi ijtimoiy guruhlar...
Urug’ qon-qarindoshlikka asoslangan ijtimoiy - etnik guruh - birlik. Urug’ning kelib chiqishi, hayot tarzi, tili, urf - odat, e’tiqodlari bir. Urug’da qon - qarindoshlik va ishlab chiqarish aloqalari belgilovchi ahamiyat kasb etgan.
Qabila - bir necha uruglardan tashqil topgan, bir hududda yashovchi, o’z tili, urf - odatlari, turmush tarziga ega bo’lgan birlik. U iqtisodiy, madaniy, axloqiy munosabatlarni rivojlantirish imkoniyatini kengaytirgan.
Elat (xalq - etnik qatlam ma’nosida) - kelib chiqishi, tili jihatidan qon-qardosh bo’lgan, bir hududda istiqomat qilib, bir xil madaniyatga ega bo’lgan qabilalar uyushmasi.
Millat kishilarning tarixan tashqil topgan birligi bo’lib, u xo’jalik hayoti, til, hudud, madaniyati, milliy o’zligini anglash va milliy ruhiyat xususiyatlarining yagonaligi bilan ajralib turadi. Til, hudud, iqtisodiy turmush, madaniyatdagi umumiylik -bo’lar millatning eng muhim belgilari hisoblanadi.
Millat bozor munosabatarining qaror topishi jarayonida shakllangan.
Xalq tushunchasiga ijtimoiy - tarixiy taraqqiyotning olg’a intilishiga xizmat qiluvchi va muayyan hududda yashovchi ijtimoiy guruhlar, qatlamlar, sinflar kiradi.
Falsafiy ma’noda "xalq" tushunchasi ijtimoiy taraqqiyotning faol harakatini ta’minlovchi, ijobiy o’zgarishlarni amalga oshiruvchi mehnatkash ommani tavsiflash uchun ishlatiladi. Bu tushuncha ijtimoiy birlik sifatida o’zgaruvchandir...
U moddiy va ma’naviy boyliklarning yaratuvchisidir...
Tarixiy jarayonda xalq ommasi rolining osha borishi qonuniyatdir. O’zbekiston xalqi buyuk tarixiy yaratuvchilik faoliyati bilan band. U yangi jamiyat qurishdek, O’zbekiston kelajagini buyuk qilishdek vazifani amalga oshirmoqda.
Oila kishilarning tabiiy (jinsiy munosabatlar, bola tug’ish) va ijtimoiy (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy va boshqa) munosabatlari birligidir. Oilaning ijtimoiy hayot taraqqiyotida, shu jumladan, bola tarbiyasida o’rni beqiyosdir.
Mustaqillik oila va uning ma’naviyatini yuksalishida beqiyos omil bo’ldi. Oila nufo’zini oshirish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo’nalishi deb belgilandi.
O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi XIV bobida oilaning ijtimoiy maqomi belgilab berilganligi, uning 64-, 66-, moddalarida o’zbek oilasi mentalitetiga xos talablarning qo’yilishi jahon konstitutsiyaviy tajribasida kam uchraydigan noyob hodisadir.
1998 yil “Oila yili”, 1999 yil “Ayollar yili”, 2000 yil “Sog’lom avlod yili”, 2001 yil “Onalar va bolalar yili”, 2005 yil “Sihat salomatlik yili”, 2010 yil “Barkamol avlod yili”, 2012 yil “Mustahkam oila yili” 2014yil “Sog’lom bola” 2016 yil “sog’lom ona va bola yili” bo’lganligi davlatimizning sog’lom oilani shakllantirish, oilada yuksak ma’naviy – axloqiy muhitning kamol topish uchun zarur shart – sharoit yaratish borasidagi ulkan sa’i – harakatlari dalolatidir.Respublikada va joylarda “Oila” markazlari to’zilgan, “Oila kodeksi” ishlab chiqilgan, “Onalik maktabi”, “Ona bola dasturi” kabilar samarali faoliyat ko’rsatmoqda. “Sog’lom avlod uchun” xalqaro hayriya jamg’armasi, “Oila dorulfununlari”, “Ona va bola skiriningi” tibbiy markazlari ish yuritmoqda. Bularning barchasi davlatimizning sog’lom oila haqida amaliy harakati natijasidir.
IV. Ijtimoiy hayot jarayonlarini boshqarish alohida ijtimoiy-siyosiy sohadir. Jamiyatni boshqarish tizimining kompleksligi. Stixiyali va ongli boshqaruv.
Boshqaruvning mohiyati va tarkibi: iqtisodiyotni, ijtimoiy-siyosiy hayotni, ma’naviy-axloqiy hayotni boshqarish.
Boshqarishning ikki tomoni: informatsion va tashqiliy jihati.
Do'stlaringiz bilan baham: |