FOJIALILIK - voqelikning eng muhim, chuqur ziddiyat va to’vnashuvlari hayot va o’lim,ozodlik va mutelik, aql va tuyg’u, qonun va burch shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarni o’ziga xos tarzda ifoda etuvchi falsafiy tushuncha. San’atdagi fojealilik haqida fikr yuritganda san’at asarlaridagi fojeali ohanglar, fojeaviylik san’ati va nihoyat, fojeaviylik san’at turi kabi muammolar alohida mushohada qilinishi lozim. Har qanday fojea zamirida muayyan fojeali to’qnashuv, ziddiyat yotadi. Fojea uslubining umumiy belgilari qatoriga keng umumlashgan intilish, tafakkur boyligi, soddalik va yaxlitlik, hayajon va ehtiroslarning yuksakligi kabilar kiradi. Fojea tarixiy davrning burilish paytlarida, eski ijtimoiy aloqalar va munosabatlar barbod bo’lib, qarashlar, estetik va axloqiy aqida qoidalar qayta baholanayotgan sharoitda ravnaq topadi.
KULGILILIK haqidagi mavjud barcha nazariyalar kulgililikning predmetini obyektiv xususiyat sifatida yoki shaxsning sub’ektiv imkoniyatlari natijasi yohud sub’ekt va ob’ekt o’zaro aloqadorligining natijasi sifatida ko’rib chiqishadi. Mazkur uchta metodologik yondoshuv kulgililikdagi ko’pma’nolikning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng o’rganilgan. Jumladan, Aflotun ojiz va layoqaSizlarni kulgili odamlar, deydi. Nodonlik esa insonni kulgili qiladi. Biroq, kulgililikning mohiyati, uning kelib chiqishi sabablari haqida Aflotun biror-bir fikrni aytgan emas. Quldorlik tuzumi zodagonlarining namoyondasi bo’lgan Aflotun uchun kulgililikning demokratik mohiyati begona edi.
Arastuning fikriga ko’ra, kulgi ayrim xatoliklar hamda kishilarga ozor etkazmaydigan va zarar keltirmaydigan hunuklikni keltirib chiqaradi. Insondagi jahldorlik, suskashlik, qizg’onchiqlik, subuSizlik, izzattalablik, shuhratparrastlik kabi illatlar kulgililik uchun ob’ekt bo’ladi. Aristotel fikricha, kulgi-axloq hududlarini bezarar buzishdir
ESTETIKA - (yun.aistethikos - hissiy idrok, sezgi) 1)voqelikni hissiy ta’sirchan,emoSional o’zlashtirish; 2)estetik faoliyat qonuniyatlari to’hriidagi fan,nafosatlik.estetikaga oid dastlabki ta’limotlar miloddan avvalgi 2-3 ming yil muqaddam Qadimiy Misr, Hindiston, Xitoyda Aflotun, Arastu, rimlik LukreSiy, GoraSiy singari mutafakkirlarning asarlarida har tomonlama rivojlandi. Markaziy Osiyoda ham o’ziga xos estetik g’oyalar vujudga keldi. Tasavvufona qarashlar keng yoyildi. O’rta asrlar Evropasida Avgustin, Foma Akvinskiyning fikrlari keng yoyildi.Nemis mutaffakirlaridan Lessing, Gerder, Gyote, SHiller san’atda haqqoniylik g’oyasini ilgari surdilar. XVIII asr o’rtalarida nemis ma’rifatparvari Aleksandr Baumgarten (1714-1762) estetikani alohida fan deb hisobladi.va uning san’atda yorqin namoyon bo’lishini ko’rsatdi. Estetik fan sifatida estetik tafakkur tarixi, estetikaning metodologik muammolari va estetik tarbiya masalalarini o’z iiga oladi. Estetika milliy istiqlol g’oyasi, soSiologiya, san’atshunoslik, psixologiya, pedogogika kabi fanlar bilan uzviy bog’langan.
ESTETIK DID - voqea hodisalarning estetik sifatlarini idrok etish va baholash jarayonida olinadigan qoniqiy yoki qoniqmaslik tuyg’usi, estetik mezon. Estetik did insonning fikr mulohazalari, xulq atvori, xatti harakatlari, moddiy va ma’naviy ijod mahsulotlarida o’z ifodasini topadi. Estetik did zaminida go’zallikni hunuklikdan ajrata bilish va undan beg’araz shodlanish hamda lazzatlanish yotadi.estetik did odamlarning dunyoqarashidan, ayniqsa, estetik qarashlaridan ajralmagan holda amal qiladi. Estetik didning zidditli tabiati haqida dastlab Kant munosabat bildirgan edi. Estetik did badiiy did bilan bog’liq bo’lib, ko’p jihatdan uning ustiga quriladi, lekin u bilan qo’shilib ketmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |