DINIY-BADIIY QONUN - me’morchilikda ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Masalan, yirik masjid-jomening tashqi va ichki ko’rinishiga e’tibor qilaylik: kiraverishdagi peshtoqda Kalomullodan oyatlar, bir yonda mezona-minora, tomda gumbaz, hovlida tahorat uchun hovuz, ichkarida diniy va dunyoviy rahbarlarga atalgan maxsus joy-maqsura, fatvolar o’qiladigan, va’z aytiladigan minbar, qibla tomonda mehrob va hokazo. Bularsiz jome masjidni tasavvur qilish qiyin. Yoki nasroniylar cherkovida mehrob (altar), devor va shiftlarda Bibi Maryam, Iso alayhissalomning tasvirlari, gumbazlar, qo’ng’iroqxona singari unsurlar albatta bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |