YAXSHILIK VA YOMONLIK — asosiy ma’naviy axloqiy juft tushunchalardan. U yaqin yaqingacha E. va YO. ning sinonimi tarzida qo’llanib kelinar edi, aslida ular asos e’tibori b-n birqbiridan farq qiladi. E. va YO. o’zini cheksizlikda, YA. va YO. o’zini chegaralanganlikda ifoda etadi. E. ijtimoiylik xususiyatiga ega, YA. esa asosan shaxsning odobiga, xulqiga bog’liq bo’lgan ijobiy hodisa; unda mardlik, ochiqko’ngillilik, halollik singari axloqiy me’yorlar tajassum topadi. Biroq unga asos bo’lgan amaliy xattiqharakatlar qahramonlik, jasorat, vatanparvarlik kabi axloqiy tamoyillar darajasiga ko’tarila olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |