O‘quv-uslubiy majmua bilim soxasi: 100000 Gumanitar Ta'lim soxasi: 110000 Pedagogika Bakalavriat yo’nalishi: 5112300 Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya Tuzuvchi: Katta o’qituvchi D. Karimov jizzax–2021


mavzu: Moslashtiruvchi Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini dasturlash



Download 424,67 Kb.
bet56/70
Sana19.03.2022
Hajmi424,67 Kb.
#501342
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70
Bog'liq
Adaptiv Majmuva

21 mavzu: Moslashtiruvchi Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini dasturlash.

Organizmning adaptatsiyasi. Аtrof-muhitga moslashish jaraѐni


tugʼilgan paytdan boshlanadi hamda har soniyada, har daqiqada amalga
oshiriladi. Organizmni havo haroratining va atmosfera bosimining
tebranishlariga, mikroorganizmlarning, ovqatlanish faktorlarining,
psixologik, ijtimoiy va boshqa taʼsirlarning cheksiz hilma–xilligiga
moslashishiga toʼgʼri keladi.
Moslashishning mohiyati shundan iboratki, organizm oʼzida oʼtib
boraѐtgan jaraѐnlarning intensivligini, ritmini va xarakterini shunday
oʼzgartiradiki, ichki muhitning asosiy xarakteristikalari, tashqi
faktorlarning taʼsiridan qatʼiy nazar, fiziologik parametrlar doirasida
qatʼiy joylashgan boʼladi.
Tashqi muhit sharoitlariga ѐki oʼzgarishlarga moslashishning ushbu
jaraѐni organizmning oʼzida sodir boʼladi. Аdaptatsiya – organizm
morfofunktsional holatini muhit, uning uchun hosil qilaѐtgan faoliyat
sharoitlariga moslashishining natijasi hamdir (Davidenko D. N., 1996;).
Ilmiy jihatdan ѐritilishi kerak boʼlgan asosiy va printsipial masala,
bu qanday mexanizmlar ѐki hodisalar zanjirining qay biri hisobiga
adaptatsiya boʼlmagan (noadaptiv) organizmni moslashgan (adaptiv) organizmga
aylanishi masalasidir.
Bu masalalar F. Z. Meerson va uning shogirdlarini ( 1973 – 1986 )
tadqiqotlarida eng toʼla ѐritilgan.
Inson organizmi – bu murakkab, dinamik, koʼp funktsiyali tizim
boʼlganligi sababli, adaptatsiya umumtabiiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy
sharoitlarga moslashishning barcha koʼrinishlarini oʼz ichiga oladi. Shuning
uchun ham haroratga nisbatan adaptatsiya, sensor, kasallik, ruhiy, mehnat va shu
singari adaptatsiyalar toʼgʼrisida soʼz yuritiladi.
Genotipik va fenotipik adaptatsiya oʼzaro bir–biridan farqlanadi.
Ularning birinchisi, insonning evolyutsiyasi jaraѐnida, irsiy oʼzgaruvchanlik
tabiiy tanlov asosida shakllangan.
Uning yutuqlari geneti mustahkamlangan va nasldan-naslga oʼtib
boradi. Fenotipik adaptatsiya insonning individual haѐti, uning atrof-muhit
bilan oʼzaro taʼsiri jaraѐnida shakllanadi. Haѐti davomida egallangan
fenotipik oʼzgarishlar irsiy alomatlarga koʼchib oʼtadi va organizmning
morfofunktsional oʼzgarishlar toʼplamini xarakterlaydigan, uning ichki
muhitining– gomeostazning nisbatan barqarorligini saqlashga yoʼnaltirilgan
individual qiѐfasini shakllantiradi.
Ushbu jaraѐnni taʼminlaydigan mexanizmning hal qiluvchi boʼlagi,
(zvenosi) kletkalarda mavjud boʼlgan funktsiya va genetik apparatning oʼzaro
aloqasi hisoblanadi.
Mazkur oʼzaro aloqa orqali muhit taʼsirida vujudga kelgan
funktsional yuklama nuklein kislotalari va oqsillarni ortishiga va uning
oqibati sifatida tizimlarda strukturaviy iz deb ataladigan va muhitning
aniq bir faktoriga, adaptatsiyasiga masʼul boʼlgan narsani shakllanishiga olib
keladi.
Strukturaviy iz kletkalar funktsiyalarini chegaralaydigan zvenoning
kengayishini taʼminlaydigan va shu bilan birga organizmning mos
tizimlarini ekologik quvvatini oshiradigan struktura oʼzgarishlari
kompleksidan iborat. Muhitning har qanday sezilarli oʼzgarishida paydo
boʼladigan stress – reaktsiyaning mavjudligi strukturaviy iz vujudga
kelishining zaruriy sharti hisoblanadi.
Bu reaktsiya – adaptatsiyaning yaxlitlik mexanizmida muhim zveno boʼladi,
chunki strukturaviy iz, bir tomondan, yangi strukturaviy iz organizmning
safarbarlik zahiralari yoʼli bilan yaratilishini koʼrsatadi, adaptatsiyaga
masʼul tizimning mustahkamligini oshiradi, boshqa tomondan, biologik
ahamiyatini yoʼqotgan eski strukturaviy izlarni oʼchishiga sharoit yaratadi,
yaʼni muhit tomonidan ilgari surilaѐtgan yangi masalalarni yechishga organizm
imkoniyatlarini adaptatsion qayta dasturlashda ishtirok etadi.
Аdaptatsion reaktsiyalarning rivojlanishi natijasida organizm
gipoksiyaga, sovuqqa, jismoniy yuklamaga, yangi harakatlanish koʼnikmalariga va
shu singarilarga mustahkamlik koʼrinishidagi yangi sifatni qabul qiladi.
Ushbu yangi sifat, avvalom bor, adaptatsiya uchun olingan faktor orqali zarar
koʼrishi mumkin emasligida namoѐn boʼladi.
Bunday reaktsiyalar, oʼz mohiyatiga koʼra, jismoniy mashqlar bilan
36
sogʼlomlashtirish jaraѐnida chiniqishning, salomatlikni mustahkamlashning
va kasallikni oldini olishning (profilaktikaning) asosini tashkil etadi.
Profilaktika faktori sifatida adaptatsiyaning roli organizmning
mustahkamligi faqat bitta faktorning emas, balki bir nechta faktorning
taʼsiriga nisbatan ortishida namoѐn boʼladi. Bu yerda soʼz birlashgan –
kombinatsiyalashgan adaptatsiya toʼgʼrisida bormoqda.
Masalan, gipoksiyaga adaptatsiya oliy regulyator distantsiyalarni ham,
ijro organlarini ham oʼz ichiga oladi, fan ѐyilgan strukturaviy izni
shakllantiradi va mojaroli vaziyatlarda organizm uchun qulay tutishi bilan
kuzatiladi, Emotsional-ogʼriq sindromida yurak faoliyatidagi keskin
yertishmovchiliklarni oldini oladi, epilepsiyada tutqaloqlikni kamaytiradi,
gipertonik kasalliklar rivojlanishini tormozlaydi.
Sport faoliyatida, masalan changʼichilarning trenirovka va musobaqa
jaraѐnlarida, sovuqqa, gipoksiyaga, stressli vaziyatlarga chidamlilikkni talab
qiladigan jismoniy yuklamaga bir vaqtni oʼzida adaptatsiya (moslashish) sodir
boʼladi.
Jismoniy mehnatga adaptatsiya asosida ichki va tashqi muhit

Download 424,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish