7.2. Mehnat jamoasining maqsadlari va natijalari
Ma’lumki bozor iqtisodiyoti muttasil o‘zgarib borish xususiyatiga ega, shunday ekan korxona ham (agar u bozorda raqobatbardosh bo‘ladigan darajada samarali faoliyat ko‘rsatishga intilsa) nafaqat bu tashqi o‘zgarishlarga, balki o‘zgarishlar sur’atiga ham tez moslasha olishga qodir bo‘lishi kerak.
SHu jihatdan yangi tipdagi korxona quyidagilarga javob berishi darkor.
korxona tuzilishi – tarmoq shaklida bo‘lishi;
boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari – moslashuvchan (organik) tuzilmalar, gorizontal kompaniyalar, virtual tuzilmalar bo‘lishi;
korxona faoliyatining asosiy tamoyili – integratsiya, eng avvalo gorizontal integratsiya, intellektual hamkorlikdan iborat;
raqobatda ustuvorligining asosiy xususiyati – intellektual aktivlar (bilim)dir
korxona personali – salohiyatli resurslar (qobiliyati aniqlash markazlari) – muvaffaqiyat asosi va manbaidir.
personal umidlari – mehnat resurslarining sifat jihatidan o‘sishi hisoblanishi;
asosiy shaxslar – guruhlar, komandalar, eng avvalo virtual komandalar bo‘lishi;
etakchilik – maqsadli yo‘naltirish hisoblanishi;
etakchilik uslubi – demokratik (xodimlarga o‘z salohiyatlarini namoyon etishga qaratilgan va bunga yordam ko‘rsatiladigan rahbariyat atrofida maslakdoshlarni jipslashtirishga intiladigan). Faqat birdamlik uslubi variantlari bo‘lishi;
muammo qo‘yilishi – “qanday qilib” degan savolga javob topishi;
hokimiyat manbai – bilim bo‘lishi
faoliyat – guruh manbai bo‘lishi;
xatolar – ta’lim manbai bo‘lishi
tashkiliy tuzilma bo‘linmasi maqomi – hamma uchun ochiq bo‘lgan muayyan resurslar bo‘lishi
manfaat – aniq iste’molchi ehtiyojini qondirish. Missiya hisoblanishi;
korxona faoliyati yo‘nalishi – imkoniyat darajasiga murosasiz erishish. Belgilab qo‘yilgan darajaga to‘liq mos kelish. Mijoz ehtiyojlarini qondirish hisoblanishi;
atrof – muhit bilan aloqadorlik – Imkoniyat darajasiga murosasiz erishish. Belgilab qo‘yilgan darajaga to‘liq mos kelish. Mijoz ehtiyojlarini qondirishga erishish;
ustuvorlik – inson. Natija insonga bog‘liq. Inson boylikning asosiy manbai. Mehnat resurslarini boshqarishning zamonaviy yo‘nalishlari korxona ichki muhitida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar (iqtisodiyotda, texnologiyalarda, ijtimoiy sohada, huquqiy munosabatlarda) bilan bog‘liqdir. YUqorida qayd etilgan barcha muammolarni hal etish va yangi yo‘nalishlarda muvaffaqiyatga erishish umumiy asosga ega. Buning diqqat markaziga mehnat resurslarini qo‘yish, xodimlar tomonidan yangi sharoitlardagi o‘z rollarini idrok etishlari va shaxsiy onglikdir.
K orxona mehnat jamoasining maqsadlari va natijalari
|
Mijozlar
|
|
Xodimlar
|
|
Tashkiliy tuzilma
|
-chizma. Korxona mehnat jamoasining maqsadlari va natijalari
Do'stlaringiz bilan baham: |