O‘quv qo‘llanma



Download 1,03 Mb.
bet1/103
Sana12.04.2022
Hajmi1,03 Mb.
#546890
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
fayl 1999 20211006


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI

Z.S. Atadjanova


TEMIR YO‘L TRANSPORTI MENEJMENTI

O‘QUV QO‘LLANMA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta`lim vazirligi –


oliy oʻquv yurtining 5230200 – “Menejment” (temir yo‘l transporti)
yo’nalishi bakalavriyat 3,4-kurs talabalari uchun oʻquv qoʻllanma
sifatida tavsiya etilgan

Toshkent – 2019 y.



UDK: 658.012
BBK 65.290
M.502

Temir yo‘l transporti menejmenti. Oʻquv qoʻllanma. Z.S. Atadjanova –Toshkent: 2020. -319 b.


Taqrizchilar: S.A.Yuldasheva. – TAYLQEI, “Yo’l xo’jaligi iqtisodiyoti va uni tashkil etish” kafedrasi mudiri, i.f.n., dots.
R.A.Raxmanbaeva -ToshTYMI, – “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi, i.f.d., prof.
Ўқув қўлланмада замонавий транспорт ишлаб чиқаришни ташкил қилишда менежментнинг роли, темир йўл транспортида корпоратив менежмент асослари, темир йўл транспортининг иқтисодий фаолият бошқармалари, минтақавий темир йўл узеллари фаолияти, юк ва йўловчи ташиш фаолияти, темир йўл транспортининг саноат корхоналари фаолиятини бошқариш, темир йўл транспортида ахборот хавфсизлиги каби мавзуларнинг ўзига хос жиҳатлари ёритилган.

В учебном пособии освещены такие темы, как роль менеджмента в организации современного транспортного производства, основы корпоративного менеджмента на железнодорожном транспорте, деятельность управлений экономической деятельности железнодорожного транспорта, региональных железнодорожных узлов, деятельность грузовых и пассажирских перевозок, управление деятельностью промышленных предприятий железнодорожного транспорта, информационная безопасность на железнодорожном транспорте.


The textbook covers such topics as the role of management in the organization of modern transport production, the basics of corporate management in railway transport, the activities of the departments of economic activity of railway transport, regional railway hubs, cargo and passenger transport, management of industrial enterprises of railway transport, information security in railway transport.



Kirish

Bozor iqtisodiyotida turli mulkchilikka asoslangan minglab korxonalar faoliyatini tasavvurga sig‘dirish qiyin emas. Korxonalar faoliyatini u yoki bu darajadagi boshqaruvini tashkil etish, shu korxona rahbarining bosharuv qobiliyatiga bog‘liq. Uning qobiliyati esa menejment sohasidagi bilimlarni qanchalik darajada egallanganligi bilan o‘lchanadi. SHu nuqtai nazardan menejment so‘zi bizning hayotimizda bozor iqtisodiyoti bilan bog‘liq kirib kelgan so‘zlar qatoridan joy oldi.


Fapb adabiyotlarida boshqarish nazariyasi va amaliyotiga te­gishli birinchi ishlar Platon, Mark Tulliy Sitseron, keyinroq, klassik siyosiy iqtisodchilar Adam Smit va David Rikardo nomlari bilan bog‘liq deyiladi. Ko‘pgina manbalarda boshqarishning fan sifatida shakllanishiga F. Teylor katta hissa qo‘shganligi ta’kidlanadi. Uning asosiy qilgan ishi jismoniy mehnatni hamda ishlab chiqarishni tashkil etishni tarkibiy qismlarga (elementlarga) ajratish bilan bog‘liq. Bozor iqtisodiyoti amal qilgan sharoitlarda ishlab chiqarishni boshqarish sohasidagi ko‘zga ko‘ringan nazariyotchilar G. Emerson, G. Cherch, A. Fayol, E. Meyolar Teylor ishini (g‘oyalarini) rivojlantirganlar qatoriga kirishadi.
Mamlakatimizda korxonalarni boshqarish va uning faoliyati samaradorligini oshirish nazariyasi va amaliyoti rivojlanishiga hissa qo‘shgan akademiklar S. S. G‘ulomov, M. Sh. Sharifxo‘jaev, qishlok. xo‘jalik fanlari akademiyasining a’zosi S. S. G‘ulomov, professorlar Yo.A.Abdullaev, K.A.Abduraxmonov va boshqa qator olimlarning mazkur sohadagi tadqiqotlari va ilmiy ishlarini o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi.
Temir yo‘l transporti yuk va yo‘lovchi tashishda yuqori o‘tkazuvchanlik va tashuvchanlik qobiliyatiga ega ekanligi uchun ham, milliy iqtisodiyot ho‘jaligida iste’molchilar ehtiyojini qondirishda katta ahamiyatga ega.
Transport menejmentini o‘rganish transport turlarining xar xilligi sababli boshqaruv jarayonlarining ham turlichaligi, transportda boshqaruv masalalarini umumlashtiruvchi ilmiy asoslar kamligidan bir qancha yillar dovomida murakab hisoblanib kelinar edi. Mavjud bo‘lgan adabiyotlarda ham transport turlarining eskpluatatsion ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash yo‘llari xaqida ko‘proq ma’lumotlar mavjud bo‘lgan. Lekin hozirgi kunga kelib transport faoliyatini boshqarish masalalari keng yoritilgan adabiyotlar soni bir muncha oshdi.
Transport menejmenti bo‘yicha xorijiy olimlardan Profillidis V. A., N. N. Gromov, V. A. Persianov, N. S. Uskov, o‘zbekistonlik olimlar G‘.M.Qosimov, G.A.Bublik, M.N.Nazarovlar tomonidan tayyorlangan adabiyotlarda transportda boshqaruvning o‘ziga xos xususiyatlari xaqida ko‘plab ma’lumotlar berilgan. Undan tashqari temir yo‘l transporti korxanalari boshqaruv samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha professorlar M.N.Belenkiy, N.I.Silaev, K.U.Uldjaboev, dotsentlar A.I.Ismailxodjaev, G.P.Bublik, A.S.Kryukovlar shug‘ullanishgan.
Temir yo‘l transporti bugungi kunda nafaqat murrakab, balki harakatdagi rivojlanib boruvchi tizimdir. Uning murakkabligi va rivojlanib berishi uni boshqarish tizimlarini qiyinlashib borayotganini ko‘rsatadi.
Boshqaruv - bu tashkilotda boshqarish sub’ektining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishishi uchun boshqaruv ob’ektiga ta’sir etishga yo‘naltirilgan jarayondir. Bu boshqaruv faoliyati harakatining ketma-ket bajarish jarayoni bo‘lib, korxonaning bir qator ishlab chiqarish va ijtimoiy masalalarini echish va ularni amalga oshirish uchun zarur. Bu harakat boshqaruv funksiyalari yoki vazifalarini bajarish deb ataladi.
Temir yo‘l transporti o‘z faoliyati davomida boshqaruvning barcha vazifalarini bir-biriga bog‘liq holda amalga oshiradi. Temir yo‘l transporti boshqaruvini tashkil etishga aniq va holisona baho berish uchun temir yo‘l transportini boshqaruv ob’ekti sifatida tasavvur qilish kerak. Uning tashkiliy jihatdan keng ko‘lamli bo‘lganligi uni boshqarishni murakkablashtiradi. SHuning uchun ham temir yo‘l transporti faoliyatini boshqarish o‘ziga yarasha yondashuvni talab etadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada temir yo‘l transportining ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish masalalari, korporativ boshqaruv va temir yo‘l transportining tarkibidagi turli mulkchilik shaklidagi korxonalar faoliyatini boshqarish masalari yoritilgan.
Bu qo‘llanma temir yo‘l transportining huquqiy-me’yoriy hujjatlariga asoslanadi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Temir yo‘l transporti» qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining temir yo‘l transporti bo‘yicha qarorlari, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ustavi, “O‘TY” AJ tarkibidagi boshqarma va korxonalar me’yoriy xujjatlari asosida tayyorlandi.



Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish