O‘quv qo‘llanma toshkent – 2022 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


-topshiriq. Keltirilgan matnni o‘qib 5 minutlik esse yozing. Matn



Download 32,79 Mb.
bet51/114
Sana20.07.2022
Hajmi32,79 Mb.
#825415
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   114
Bog'liq
21.06.Ўқув қўлланма 2021 й.Азизова

4-topshiriq. Keltirilgan matnni o‘qib 5 minutlik esse yozing.
Matn:G‘aznachilikda avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini shakllantirish uchun maxsus kommunikatsiya tizimlari tashkil etiladi. Ma’lumotlar uzatilishi telefon va telegraf aloqa kanallari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatning ulkan hududi bo‘ylab tarqalgan tashkiliy strukturalar uchun korporativ kommunikatsion qarorlar tuzish doirasida telefon aloqa tizimi va umumiy foydalanishdagi regional komp’yuter-tarmoq qarorlari juda istiqbolli hisoblanadi. Hozirgi vaqtda xalqaro aloqa tizimi “Kvant” seriyali nisbatan zamonaviy kvazi elektron stansiyalar qo‘llanishiga asoslangan. Ular yagona xalqaro kodlardan foydalangan holda, operator ishtirokisiz abonent nomerini terishga imkon beradi. Bu stansiyalardan foydalanish kommutirlanuvchi kanallar bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot ayirboshlashni takshil etishga imkon hosil qiladi. Bunda telefon modemlari bilan jihozlangan va amaliy aloqa dasturiy ta’minotiga mutanosib komp’yuterlardan foydalaniladi. Ayir­boshlash tezligi ancha sezilarli kattalikda – 12000 dan 28 000 bod va undan yuqoriga erishadi (ajratilgan aloqa kanallarida ma’lumort uzatish tezligi 1,5 Mb ga etishi mumkin).
Masofaviy abonentlar o‘rtasida axborot ayirboshlashning sezilarli trafigida yoki ishtirokchilari o‘rtasida bog‘lanish mumkin. Bunda axborot uzatish bor-yo‘qligidan qat’iy nazar aloqa liniyasi fizik darajada krossirovka orqali jamlangan va doimo mavjud bo‘ladi. Shaharlararo va shahar (tuman) telefon ekspluatatsiyasi tashkilotlari ijara shartnomasi shartlarida doimiy foydalanishdagi kanal sig‘imini ajratib ko‘rsatadi. Bunday kanallar ijarasining salmoqli qiymatini hisobga olib, ularni texnik-iqtisodiy asoslash bilan tasdiqlangan zarur hollardagina qo‘llash talab etiladi.
Shaharlararo telefon asosining kommutatsiyalangan kanallaribo‘yicha axborot ayirboshlashni takshil etishdauzatish xarakteristikasi barqarorligiga obonentlarni bog‘lashda tizim tomonidan avtomatik ravishda ajratiluvchi fizik aloqa kanallari sifati sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, shuni e’tiborga olish kerakki, aloqa liniyasining g‘oyat uzunligi, uskunaning va alohida uchastkalarda uzatish liniyalarining jismoniy eskirishi kommutatsiyalanuvchi kanallar bo‘yicha telefon modem aloqasi ishonch­liligini ancha pasaytiradi. Hozirgi vaqtda sifatli modemlar va ixtisoslashtirilgan kom­mu­nikatsion amaliy dasturiy ta’minot bazasida Davlat g‘aznachilik organlari axborot texnologiyalarini shakllantirish uchun samarador maydon sifatida foydalaniladi. Bunda ular ma’lumot uzatishning yo‘naltirilgan virtual kanallarida real vaqt bo‘yicha ish yuritadilar, jumladan, masofaviy terminallardan markaziy ma’lumotlar serveriga ma’lu­mot uzatishdaaxborotni noqonuniy kirishdan himoyalash bilan shug‘ullanadilar.
Shunday qilib, g‘aznachilikning avtomatlashtirilgan axborot tizimi integratsiya­langan apparat-dasturiy tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, alohida axborot – texnologik apparat – dasturiy vositalarni va turli darajadagi Davlat g‘aznachilik organlari tizimini, jumladan. Lokal hisoblash tarmog‘, alohida avtomatlashtirilgan ish joylari va terminallar, bu muassasalar tasarrufida bo‘lgan kommunikatsion komp’yuter tizim va vositalarini birlashtiradi.
G‘aznachilikning avtomatlashtirilgan axborot tizimi byudjet jarayonining jami ishtirokchilari o‘rtasida kelishilgan formatdagi ma’lumotlar operativ va samarali axborot ayirboshlanishini amalga oshirish imkonini taqdim etadi.
Bunda Davlat g‘aznachiligi Bosh boshqarmasi, Respublika subyektlari bo‘yicha Davlat g‘aznachiligi boshqarmasi, Davlat g‘aznachilikning hududiy organlari kabi davlat g‘aznachiligi organlari, byudjet mablag‘larini olish, o‘tkazish va nazorat qilishda ishtirok etuvchi boshqa muassasa, tashkilot va korxonalar xam ishtirok etadi.

Download 32,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish