Kapital bahosining o‘rtacha tortilgan qiymatini aniqlash tartibi*
№
Ko‘rsatkichlar
Kapital
miqdor
i (mln.
so‘m)
Kapita
lbahosi
(%)
Kapita
lulushi
(%)
Kapitalbahosiningo‘rt
achatortilganqiymati
(%)
-
R
i
K
i
WACC = R
i
×K
i
1
Oddiyaksiyaemissiyasihiso
biga shakllangankapital
100
25
40
10
2
Imtiyozliaksiyaemissiyasih
isobigashakllangankapital
20
20
8
1,6
3
Uzoqmudatliqarzlarhisobig
ashakllangankapital
70
20
28
5,6
4
Qisqamuddatliqarzlarhisob
igashakllangankapital
35
25
14
3,5
5
Kreditorlikqarzlarihisobiga
shakllangankapital
25
5
10
0,5
Kapitalbahosiningo‘rtachatortilganqiymati, WACC (%)
21,2
* Manba: shartli misol sifatida olindi.
Kapital bahosining o‘rtacha tortilgan qiymati mohiyatini masala ishlash orqali
yoritish maqsadga muvofiqdir. Shundan kelib chiqqan holda korporativ tuzilmalarda
kapital bahosining o‘rtacha tortilgan qiymatini aniqlashga doir masala ko‘rib
chiqamiz (1-jadval). Jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga muvofiq kapital bahosining
o‘rtacha tortilgan miqdorini 4.1-formulaga muvofiq quyidagicha aniqlaymiz:
WACC = ∑R
i
×K
i
= 25% × 40% + 20% × 8 % + 20 % × 28 % +
+ 25% × 14% +5% × 10 % = 21,2 % .
Kapital bahosining o‘rtacha tortilgan qiymatini aniqlash korporativ tuzilma
rahbarlari, shuningdek, moliyaviy menejer uchun quyidagilarda muhim ahamiyat
kasb etadi:
‒ korporativ tuzilmalarda kelgusi davrlarda rejalashtirayotgan umumiy
rentabellik darajasining minimal miqdori WACC miqdoridan kam bo‘lmasligiga
e’tibor qaratish lozim. Aks holatda korporativ tuzilmalarning xarajatlari
daromadlaridan oshib ketishi mumkin;
‒ korporativ tuzilmalarda kapital bahosining oshib ketishiga ta’sir ko‘rsatuvchi
moliyalashtirish manbalaridan moliyaviy resurslar jalb qilishni kamaytirish va
aksincha kapital bahosini kamayishiga ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy resurslardan
ko‘proq jalb qilishga katta e’tibor qaratish lozim;
112
‒ korporativ tuzilmalarda hisoblab chiqilgan WACC miqdori investitsion
loyihalar rentabellik (yoki foydalilik) ko‘rsatkichi bilan taqqoslash maqsadga
muvofiqdir. Agarda investitsion loyihaning rentabelligi WACC miqdoridan yuqori
bo‘lsa, korporativ tuzilma o‘z kapitalini ushbu investitsion loyihaga yo‘naltirishi
mumkin va bu orqali korporativ tuzilma nisbatan ko‘proq foydaga erishadi;
‒ korporativ tuzilmalarda hisoblab chiqilgan WACC miqdor ko‘rsatkichidan
ayrim holatlarda moliyaviy menejer tomonidan boshqa loyihalarning kelgusidagi
daromadlari va xarajatlarini joriy davrga diskontlash hamda korporativ
tuzilmalarning biznes qiymatini aniqlash maqsadida ham diskont stavka sifatida
foydalanishi mumkin.
Bugungi kunda korporativ tuzilmalarning biznes qiymatini aniqlash muhim
ahamiyat kasb etadi. Korporativ tuzilmaning biznes qiymat deganda koronalardagi
mavjad aktivlar miqdori bilan emas, balki korporativ tuzilma faoliyatining kelgusida
amalga oshiradigan xarajatlar va ular bo‘yicha olinadigan daromadlarning jami
summasini joriy davrga diskontlash orqali aniqlanishi tushiniladi. Korporativ tuzilma
biznes qiymati quyidagi formula asosida aniqlanadi:
n
i
i
i
WACC
FCF
V
1
)
1
(
(4.2)
Bu erda, V (value) – korporativ tuzilmatshtp biznes qiymati, FCF
(futurecashflow) – kelgusidagi pul oqimlari, ya’ni daromadlar yoki xarajatlar, i – i
inchi yil, n – yillar soni.
Korporativ tuzilma biznes qiymati shunday qiymatki, ushbu qiymatda
korporativ tuzilma moliya bozorida sotilsa korporativ tuzilma ta’sischilari foyda ham
zarar ham ko‘rmaydi. Demak, korporativ tuzilma ta’sischilari bunday korporativ
tuzilmani sotishi uchun korporativ tuzilma biznes qiymatidan yuqoriroq narxga
sotishga harakat qiladi. Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda aksiyadorlik
jamiyatlari tomonidan chet el investitsiyalarini jalb qilish sharoitida ularning kapital
bahosi minimal bo‘lishi va biznes qiymatining yuqori bo‘lishi muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimiz aksiyadorlik jamiyatlariga chet el
investitsiyalarining kirib kelishiga muhim ijobiy ahamiyat kasb etadi.
Umumiy xulosa sifatida aytish mumkinki korporativ tuzilma kapital bahosini
aniqlash biznes samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Korporativ tuzilma
moliyaviy menejeri korporativ tuzilma kapital strukturasini shunday shakllantirish
kerakki, uning natijasida kapital bahosi minimallashishi lozim. Bu esa o‘z navbatida
korporativ tuzilmalar biznes qiymatini maksimallashtirishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslarning asosiy turlari
hisoblangan moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarini qidirib topish, jalb qilish,
boshqarish va boshqa jihatlar ma’lum bir xarajatlarni talab qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korporativ moliyada turli xil moliyalashtirish
manbalaridan keng doirada foydalanish imkoniyati mavjud. Bunda moliyaviy
menejmentning asosiy vazifasi korxona bozor qiymatini maksimallashtirish va
mulkdorlar moliyaviy barqarorligi yanada oʻsishini ta’minlovchi faoliyatni
moliyalashtirish manbalarining optimal variantini topish hisoblanadi.
113
Kapitalni jalb qilish uchun toʻlov keng qamrovga ega hisoblanadi. Biror bir
korxonaga mablagʻ qoʻyishda mulkdorlar belgilangan daromadlarni dividend
koʻrinishida olish yoki kapital oʻsib borishini hisob-kitob qiladilar. Oʻz navbatida
kreditorlar olinadigan foizli daromadlarni hisob-kitob qiladilar.
Ma’lum bir kapital manbasidan foydalanish hisobiga toʻlanishi lozim boʻlgan
umumiy summa va kapital hajmi oʻrtasidagi nisbatning foizlarda aks ettiriladigan
miqdori kapital bahosi (Cost of Capital – CC) deb ataladi.
Taqdim etilgan kapitaldan foydalanish hisobiga kapital egasi tomonidan talab
qilinadigan toʻlovlar, jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlar (emissiya xarajatlari, kredit
shartnomasini rasmiylashtirish, sugʻurtalash, garov, maslahatchilar jalb qilish va
boshqa xarajatlar) korxona tomonidan aniqlanishi mumkin. Kapital bahosi
mablagʻlarni jalb qilish uchun sarflanadigan vaqt va risk omillari ta’sirini baholashni
ham taqozo etadi.
Kredit bahosi haqida soʻz yuritganda qarz oluvchi tomonidan kredit jalb qilish
va undan foydalanish uchun toʻlanadigan barcha xarajatlarni nazarda tutish lozim.
Nazariy jihatdan xususiy kapital bahosi korxona mulkdorlari tomonidan talab
qilinadigan daromadlilikka teng deb olinadi va dividend toʻlanish darajasidan kelib
chiqqan holda aniqlanishi mumkin. Lekin amaliyotda xususiy kapital elementlari
bahosini aniqlash yetarli darajada murakkab masalalardan biri hisoblanadi.
Muammoli tomoni shundaki, xususiy kapital elementlarining umumiy iqtisodiy
mohiyati bir-biridan farqli xususiyatlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |